O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


-rasm. Asosiy adabiyotlar


Download 4.35 Mb.
bet49/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

8.3-rasm.



Asosiy adabiyotlar

  1. Evans V., Dooley J., Wright S. Information Technology. Express Publishing

  2. Gromov Yu.Yu. Informatsionnыe texnologii. Tambov 2015

  3. Zaxarova I.G. Informatsionnыe texnologii v obrazovanii. Moskva ACADEM'A 2003

  4. David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered trademark of Cambridge International Examinations. Buyuk Britaniya/Hodder Education. An Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.

  5. Stelle Cottrell, Neil Morris Study Skills Connected. Buyuk Britaniya/Palgrave Macmillan

  • 183p.

4-Amaliy mashg’ulot: Mytest dasturi yordamida test yaratish va uni sozlash.

Mashg’ulotning maqsadi: ARM rahbarlaridan iborat 10 kishilik guruh tashkil qilindi. Mashg‘ulotlar boshlanmasidan av­val ularning avtomatlashtirilgan tizim to‘g‘risidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida, har bir modul bo‘yicha alo­hida test o‘tkazildi. Test o‘tkazish uchun dastlab, modullar bo‘yicha test savollari «My test» dasturiga alohida fayllar asosida kiritildi.


Dasturda har bir modul bo‘yicha testlarni shakllanti­rishda testning qiyinlik darajasi, belgilangan vaqti, savol-javoblar tartibi (tasodifiy, odatiy) hamda testga doir rasm va diagrammalar mavjud bo‘lsa.
Shunday qilib, mavzular bo‘yicha 5ta moduldan test savollari joylashtirildi. Kataloglashtiruvchining AIO‘ moduli bo‘yicha 36ta test savollari, Kutubxonachining AIO‘ uchun 20ta test savollari, Kitobxonning AIO‘ moduli bo‘yicha 15ta test savollari, Administ­ratorning AIO‘ moduli bo‘yicha 20ta test savollari va Komplektatorning AIO‘ moduli bo‘yicha 10ta test savollar va javoblar tartibi «tasodifiy» berildi. Baholash tizimi 100 ballik tizim asosida olib borildi. Test vaqti cheklangan bo‘lib, tinglovchilar shaxsiy elekt­ron kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tgach, belgilangan test natijalari to‘g‘­ridan-to‘g‘ri dastur serveriga kelib tushadi (3-rasm). Demak, ARM rahbarlaridan iborat 10 kishilik guruhni mashg‘ulotlar bosh­lanmasidan avval kataloglashtiruvchining avtomatlashti­rilgan ish o‘rni moduli bo‘yicha o‘tkazilgan test natijalari 1-diagramma­dagidek amalga oshiriladi. Diagrammadan ko‘rinadiki, Atamu­hamedova Nargiza 40 foizlik natijaga erishgan. Bu bosh­qa ting­lovchilarga qaraganda, ajralib turibdi. Aniqlanishicha, Atamuha­medova Nargiza Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi bo‘yicha avval bo‘lib o‘tgan seminar-treninglarda ishtirok etgan ekan. Qolgan tinglovchilarning erishgan natijalari deyarli bir xil. Adminsratorning avto­matlashtirilgan ish o‘rni moduli bo‘yicha o‘tkazilgan test natijalari 2-diagrammadagidek amalga oshirildi.
Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimini o‘rgatish bo‘yicha 48 soatlik maxsus kurs tashkil qilindi. Avtomatlashtirilgan tizimning har bir moduli bo‘yicha alohida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Kataloglashtiruvchining AIO‘ modulini o‘rganish bo‘yicha 16 soat, Adminstratorning AIO‘ moduli uchun 6 soat, Kutubxonachining AIO‘ moduli uchun 6 soat, Kitobxonning AIO‘ uchun 4 soat va Komlektatorning AIO‘ uchun 4 soat, mustaqil ishlarni bajarishga 12 soat ajratildi. Mashg‘ulot davomida an’anaviy va interfaol ta’lim metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, Power Point taqdimot dasturida ishlab chiqilgan slaydlar yordamida dars berildi. Har bir modul o‘qi­tilgandan so‘ng, tinglovchilarning mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish darajasi test o‘tkazish usulida aniqlandi. Kataloglashtiruvchining AIO‘ bo‘yicha olingan test natijalari 6-diagrammada berildi.
Olingan natijalarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, «Kataloglashtiruvchining AIO‘» moduli to‘g‘risida mashg‘ulotlarda ishtirok etgan tinglovchilardan sakkiz nafari qoniqarsiz baholangan. Ikki nafar tinglovchi berilgan savollarga qoniqarli javob bergan. O‘qituvchi tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yetarlicha ijobiy natija bermagani uchun tinglovchilarga «Kataloglashtiruvchining AIO‘» bo‘yicha tayyorlangan multimediali o‘quv-dasturidan mustaqil ra­vishda foydalanish topshirildi. Ulardan biri bir, ikki, uch va undan ortiq bo‘lgan muallifli kitoblarning bibliografik tavsifini yaratish­ga mo‘ljallangan elektron multimediali qo‘llanma bo‘lib, u Flash Player dasturi yordamida gipermurojaat orqali ishga tushirilishi yoki o‘rnatilishi mumkin. Misol uchun, bir muallifli kitob bibliogra­fik tavsif elementlarini kiritish bo‘yicha yaratilgan multimediali qo‘l­lanmani 4-rasmda ko‘raylik.
Shuningdek, tinglovchilarga avtomatlashtirilgan axborot-kutub­xona tizimida ishlashni o‘rgatuvchi elektron multimediali qo‘llanma ham mustaqil ravishda foydalanishlari uchun berildi. Multimediali qo‘llanma ishga tushirilgandan so‘ng, uning titul varag‘i sahifasi ochiladi. Titul varaqasi sahifasida elektron multimediali qo‘llanmani ishlab chiqishdan maqsad, institut to‘g‘risida ma’lumot, qo‘llan­ma nomi, mundarija va mualliflar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan (5-rasm). Multimediali qo‘llanmalardan tashqari ARM faoliyatiga oid soha mutaxassislarining elektron kitoblari va Power Point taqdimot dasturida ishlab chiqilgan slaydlar majmuasidan iborat elektron kutubxona ham foydalanishga topshirildi. Bunda asosan korporativ axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi, elektron kutubxona tarmoqlarida ilmiy-texnikaviy, ilmiy-ta’limiy axborotlar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyalari, davriy nashrlar elektron katalogini yaratish texnologiyasi, elektron bibliografik resurslar yaratish texnologiyasi va manbalari kabi elektron kitoblar hamda taqdimotlar gipermurojaat shaklida berilgan 9.1-rasm.

9.2-rasm.



9.3-rasm. “My test” dasturining “Test tahrirlagichi” ish o‘rni

2-rasm. Testning qiyinlik darajasi, vaqtini belgilash, rasmlar joylashtirish



Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling