O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 4.35 Mb.
bet52/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil. 11–12-son, 295-modda.

  1. M. Aripov, A. Xaydarov. «Informatika asoslari».— Toshkent. «O‘qituvchi» 2002-yil. 429 b.

  2. U. Sh. Begimqulov. Oliy ta’lim muassasalarining yagona axborot makonini tashkil etish va uni rivojlantirish istiqbollari //«Xalq ta’limi» jur. №4, 2006 — 4–7 betlar.

  3. A. A. Abduqodirov, A. X. Pardayev. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. — T.: Fan, 2009.

  4. http://elearning.zn.uz/2013/04/08/courselab

7-Amaliy mashg’ulot: Animatsion lavhalar yaratish usul va vositalari.
Mashg’ulotning maqsadi: Macromedia Flash da animatsion lavha yaratish.
Macromedia Flash quyidagi imkoniyatlarga ega:
Yaratilayotgan faylning hajmi kichikligi va Flash dasturining tarmoqdan tez yuklanuvchanligi. Flash da vektorli format qo’llanganligi sababli, unda fayllar siqiladi va shuning uchun fayl hajmi kamayadi;
Brauzerlar orasidagi bog’liqlik, ya’ni Flash IE, NN lar bilan birga ishlaydi;
Boshqaruv tilining qudratliligi. Micromedia Flashda maxsus dasturlash tili ishlatilinib, bunda bajaruvchi o’z sahifasi uchun qulay imkoniyatlardan foydalanishi mumkin, ya’ni massivlar, takrorlanish, formulalar va shartlardan to’liq foydalanish mumkin;
Go’zalligi. Flashda oddiy shar yoki ixtiyoriy shakl ham juda chiroyli ranglar bilan tasvirlanishi mumkin.
Qulayliligi. Flashdan oddiy rasm chizishni bilgan har qanday o’quvchi foydalanishi mumkin;
Bajaruvchilarning ko’pligi. Agar foydalanuvchiga grafikli, tovushli va kichik hajmli fayllar kerak bo’lsa, unda Flashning tengi yo’q. Flash dasturi Windows XP/Vista/7/8 lar uchun ishlaydi.
Flash interfeysi juda qulay va oson. Macromedia kompaniyasi tomonidan Flashning bir qancha versiyalari yaratildi. Macromedia kompaniyasi Flashni yanada takomillashtirib uning yangi imkoniyatlarini yaratib berishmoqda.
Flash dasturida ishlash uchun biz bir nechta yangi tushunchalar (quyida kalit so’zlar orqali keltiriladi) bilan tanishishimiz zarur. Bular: Flash belgisi, grafik tasvir (simvol), animasion klip, aktiv tugma, sahna, kadr, boshqaruv kadr, vaqt-chizg’ichi va qatlam. 10.4-rasm.



Macromedia Flash dasturi oynasi.



  1. Vaqt diagrammasi

Ish sohasini yuqori qismida vaqt diagrammasi (Timeline) paneli joylashgan. Ish stoli kabi vaqt diagrammasi ham filmning konkret bir sahnasiga tegishli bo’ladi. Vaqt diagrammasi sahnadagi qatlamlar joylashuv tartibi, obyektlar holatini o’zgarish ketma- ketligi, va boshqa amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Vaqt diagrammasi animatsiyani yaratishda va filmni interaktiv elementlarini holatini tavsiflashda asosiy ish quroldir.
Vaqt diagrammasi paneli juda murakkab strukturaga ega va juda ko’p boshqaruv elementlarini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, vaqt diagrammasiin tashki ko’rinishi o’rnatilgan parametrlarga qarab juda keng diapazonda o’zgarishi mumkin. Shunday bo’lsa ham, vaqt diagrammasidan foydalanish bilimlari Flash bilan ishlash samarasini oshiradi Bu bo’limda biz vaqt diagrammasi paneliin faqat asosiy komponentlarini ko’rib o’tamiz. Keyingi bo’limlarda diagramma bilan bog’liq savollar aniklashtiriladi va konkretlashtiriladi.
Shunday qilib, umumiy holda vaqt diagrammasi panelida quyidagi elementlar namoyon bo’lishi mumkin (2-rasm):
filmni ayni vatdagi sahnasining qatlamlarini ta’rifi; bu ta’rif o’ziga xos bir nechta ustunchalardan iborat jadval ko’rinishida bo’ladi, bu ustunchalarda qatlamlar nomi va ularni atributlari ko’rsatiladi; vaqt diagrammasini bu qismi «Animatsiyalar yaratish» bo’limda ko’rib o’tiladi.
kadrlar shkalasidan iborat vaqt diagrammasi, «o’qish kallagi» va sahnani har bir qavati uchun vaqt diagrammasi;
vaqt diagrammasida kadrlar namoyish etish formatini tanlash menyusi; vaqt diagrammasi oynasini holat satri, bu satrda filmni bir necha parametrlari to’g’risidagi ma’lumot va ish stolidagi animatsiya kadrlarini boshqarish tugmalari bo’ladi Vaqt diagrammasini elementlarini ko’rib chiqamiz:
Ushbu sohaning chap tomonda qatlamlar sohasi, o’ng tomonida esa shu qatlamlardagi kadrlar sohalari joylashgan.
Alohida qatlamni vaqt diagramasi kadrlar ketma- ketliigini grafik tasviri ko’rinishda bo’ladi. Vaqt diagrammasida kadrlar tasviridan juda ko’p ma’lumot olish mumkin. Masalan, kadrlar tasviridan qaysi qatlamga animatsiyani qay usuli qo’lanilaganligini bilish mumkin. Quyida qatlamning (aniqrogi, unda joylashgan obyektlarning) vaqt diagramasini turli formatlari qisqacha xarakteristikasi keltirilgan.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling