O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana21.11.2020
Hajmi0.51 Mb.
#148762
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
matematika oqitish metodikasi


 

Abu Ali ibn Sino haqida ma’lumot 

Abu Ali ibn Sinoning  «Al-hisob» nomli asari. Ibn Sinoning «Ash-shifo» asari 

bo‘limlaridan biri  riyoziyot, hisob (arifmetik), handasa (geometriya), aljabr (algebra),  

(matematika) faniga kiradi. 

 

Ibn Sino arifmetikasi arab tilida yozilgan bo‘lib,  to‘rt bo‘limdan iborat. Birinchi 



bo‘limda turli ketma-ket sonlar xossalari bayon etilgan. Ibn Sino bularni yozishda yunon 

olimi Yevklidning kitobidan foydalangan. Ikkinchi bo‘limda sonlar  tengligini  tengsizligi 

bilan taqqoslash amallari ko‘rsatiladi. Uchinchi bo‘limda  arifmetikaning geometriya 

qonunlaridan ayrimlari bilan bog‘lanish ifodalanadi. 



Тo‘rtinchi bo‘limda  arifmetik va 

geometrik vositalar aniqlanadi. 



Sonlarning xossalari 

Ibn  Sino  fikricha, sonlarning tabiiy  qatori: 

1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13, ... . Bunday qatordagi har bir sonning boshqalariga 

turlicha bog‘lanishi xossalarini olim  ko‘rsatib beradi: 

l. Har bir son yonidagi kichigi bilan kattasi yig‘indisining yarmiga teng hamda 

o‘zidan shunday teng uzoqlikdagi sonlar yig‘indisining yarmiga teng. Masalan, 5 ni 

tanlasak, yonidagi kichigi 4, kattasi 6. Ko‘ramizki 5 = (4 + 6) : 2 bu 5 dan 3 va 7, 2 va 8 

dan teng uzoqlikda, shuning uchun 5 = (3 + 7) : 2 va 5 = (2 + 8) : 2. 

 2. Har bir son o‘zini-o‘ziga ko‘paytmasining 2 martasiga 2 qo‘shilgani ikki yonidagi 

qo‘shni sonlar ko‘paytmasining yig’indisiga teng. Berilgan son 6 bo‘lsin, yonidagi sonlar 

5 va 7.  6 • 6 • 2 + 2 = 74; 

5 • 5 + 7 •7 = 74.  Demak, 6 • 6 • 2 + 2 = 5 • 5 + 7 • 7. 

3. Sonlar sanog‘i toq bo‘lsin: 1 + 2 + 3 + 4 + 5 + 6 + 7 sanog‘i, 7 ta. Buni 

7 + 6 + 5 + 4 + 3 + 2 + 1 ko‘rinishda yozamiz. 

Тushunish osonki 7 •(7 + 1) : 2 = 28. 

Sonlar sanog‘i juft bo‘lsin: 1 + 2 + 3 + 4, sanog‘i 4 ta 4 + 3 + 2 + 1 ko‘rinishda yozamiz. 

Bundan 4 •(4 + 1) : 2 = 10.  

Hisoblashga doir (mantiqiy) masala va misollar. 

1. Stolda 6 ta stakan qator qilib qo‘yilgan.Ulardan 3 tasi bo‘sh, 3 tasiga suv qo’yilgan. 

Stakanlarni shunday joylashtiringki, suvli va bo‘sh stakanlar bir-biri bilan almashib 

ketsin. 


2. Uzunligi 78 metr bo‘lgan simni, 12 sm  va 15 sm.li bo‘laklarga shunday bo‘lingki, 

natijada sim ortib qolmasin.Buni qanday bajarish mumkin? 

3. Jamoa maydonida quyon va tovuqlar boqiladi.Ularning  hammasida  28 bosh va 88 

oyoq bor. Nechtasi quyon, nechtasi tovuq? 

4. Bir son o‘ylang, unga birni qo‘shing, 3 ga ko‘paytiring,yana birni qo‘shing. 

Natijaga o‘ylagan soningizni qo‘shing,qanday son hosil bo‘lganini ayting, siz o‘ylagan 

sonni topaman. 

5. Katta yarim doira, uzunligi kattami yoki 3 ta kichik yarim doira  yig‘indisimi? 

6. Kvadrat shaklidagi yer uchastkasi  (tomonlari 40 m) 16 ta kvadrat jo‘yaklardan 

iborat.100 metrlik quvurni A nuqtadan boshlab  o‘tkazing. Shunda maydon teng 2 ga 

bo‘linsin. 

aylana, kvadrat. 

Masalalar yechish  Mantiqiy fikrlash, ana 



liz va sintezni qo‘llash 

ga,  taqqoslash, 

umumlashtirish, 

aniqlashtirishga, 

yo‘naltirishga o‘rgatish 

Matematik bilimlarni 

amaliyotga tatbiq 

qilish. Masala 

yordamida tarbiya 

muammolarni hal 

qilish 

Qadimgi Misr pa 



piruslaridan boshlab 

hozirgi davrning turli 

manbalari 

 


7. 1, 2, 3,4,5,6,7,8,9,10. Bu sonlar yig‘indisini qisqa va tez topish usulini ayting. 

8. Men bir son o‘yladim, uni 3 ga bo‘lib,hosil bo‘lgan songa 3 ni qo‘shsam va yangi 

hosil bo‘lgan sonni 3 ga ko‘paytirsak 999 chiqadi. Men o‘ylagan sonni toping. 

9. Vali maktabga   velosipedda  ketyapti. Dars   soat 9 da  boshlanadi. Soat 8.40  da  u  

yarim yo‘lga yetdi. Agar shu tezlik bilan yursa u maktabga darsdan 10 minut  oldin yetib 

keladi. Vali maktabga necha minutda  yetib boradi? 

10. Kartoshka ekilgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yer maydoni bo‘yi 80 metr, eni 

20 metr qisqa har 100 kv.m yerdan 3 qop kartoshka kavlab  olindi. Maydondan necha qop  

kartoshka chiqadi? 

11. 9 sonini istagan songa ko‘paytiring va hosil bo‘lgan natija raqamlari yig‘indisi 9 

ga qoldiqsiz bo‘linishini isbotlang. 

12. Balandligi  6 metr bo‘lgan simyog‘ochga chumoli o‘rmalab chiqayapti. U bir 

kunda 4 metr chiqadi 3 metr qaytib tushadi. Necha kunda u simyog‘ochga chiqib 

ulguradi? 

13. 3 ta bir xil tarvuzni to‘rt kishiga teng bo‘lib bering. Buni qanday bajarish 

mumkin?. 

14. Bir son o‘ylang. U sondan 1 ni ayiring, ayirmani ko‘paytmaga o‘ylagan sonni 

qo‘shing. Qanday son hosil bo‘ladi? Siz natijani aytsangiz, men o‘ylagan soningizni 

topaman. 

15.Uchta gugurt cho‘pini shunday joylashtiringki, natijada 4 soni hosil bo‘lsin. 

      16.

Тo‘rtta gugurt cho‘pini shunday joylashtiringki, natijada 7 soni hosil bo‘lsin. 

17. Uchi ochilmagan olti yoqli qalamning yoqlari nechta? 

18. O‘zbek tilida shunday sonlar borki, ular harflar bilan yozilganda qo‘llaniladigan 

harflar soni raqamlar soniga teng. Ular qaysi sonlar? 

19. Samolyot 

Тoshkentdan Тermizga 1 soat-u 10 minutda uchib keladi, qaytishda esa 

shu yo‘lni 70 minutda bosib o‘tadi. Samolyot borishda tez uchganmi yoki qaytishdami? 

Bunday mashg‘ulotlar davomida ta’lim-tarbiya uzviyligini ifodalaydigan ijodiy 

uslublardan foydalanish O’quvchilar bilimini mustahkamlash uchun samarali bo‘ladi. 



 

Nazorat savollari: 

1. Hozirgi zamon darslarining mazmuni va o‘tkazish metodlariga qo‘yladigan asosiy 

talablar nimalardan iborat? 

2. Yangi pedagogik texnologiyalarning tatbig‘i deganda nimalarni tushunasiz? 



 

 

13- MA’RUZA 

Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil 

qilish. 

 

1. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mohiyati: 

    a) matematika to’garagi; 

    b) matematika ertaligi; 

    d) matematikadan fakultativ mashg’ulotlar; 

    e) matematik matbuot; 

    f) matematik viktorina va olimpiadalar. 

2. Sinfdan tashqari ishlarda foydalanish uchun tavsiyalar. 

 


1.  Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mohiyati. Sinfdan tashqari 

ishlar O’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab 

misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan 

tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan   tanishtirishni maqsad 

qilib oladi. 

 Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud:matematika to’garagi, 

matematika ertaligi, matematikadan fakultativ mashg’ulotlar, matematik matbuot, 

matematik viktorina va olimpiadalar. 



 

 

 

 

Quyida sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasini keltiramiz.  

№  Тadbir 

shakli 

Тadbir 


mavzusi 

Тadbir 


maqsadi 

O’qituvchi faoliyati 

O’quvchi 

faoliyati 

 



Matemat



ik 

o‘yinlar 

Sehrli kvadrat 

Тez va aniq 

hisoblash 

O‘yinni boshqarish, 

O’quvchilarni qiziqtirish 

va sehrli kvadrat tarixi 

bilan tanishtirish 

Mantiqiy 

fikrlash 

Qiziqarli 



matema 

tik 


soatlar 

Rebuslar, 

fokuslar, 

Krossvordlar 

Matematika da 

rslarida olin 

gan bilimlarni 

chuqurlashtiris

Тurli rebuslarni, 



krossvordlarni 

tayyorlash 

Rebuslar va 

krossvordlarni 

topish 



Matemat



ik vikto 

rina 


Hamma 

narsalarni 

bilishni 

istayman 

Murakkab 

masalalar 

yechish. 

Тurli murakkab 

masalalarni tayyorlash 

va viktorinani 

boshqarish 

Hamma 


masalalarni 

bilishga 

intiladilar 

Matema 



tika 

ertaligi 

Тarixiy 

masalalar 

Тarixiy 

misollarni 

o‘rganish 

Misollarni tayyorlash va 

ertaliklarni boshqarish. 

Тarixiy misollarga 

qiziqtirish. 

Misollarni 

yechishga 

harakat qilish 

Matema 


tik 

to‘garakl

ar 

Mashhur 


matematik 

olimlarning 

hayoti va 

faoliyati 

Olimlarning 

matematikaga 

qo‘shgan 

hissasi, 

matematika 

tarixini chuqur 

o‘rganish 

Matematika to‘garagini 

boshqarish va senariy 

yozish 


Тarixiy 

materiallar 

to‘plamiga ega 

bo’lish. 

Matema 


tik 

matbuot 


Qiziqarli 

tarixiy hiko 

yalar, olim 

larning ha 

yoti   va 

ijodidagi 

yangiliklar 

O’quvchilar 

ning 

dunyoqara 



shini 

shakllanti 

rishga erishish 

Devoriy gazeta uchun 

material to‘plash 

Devoriy 


gazetalarni 

chiqarish va 

tarixiy 

materiallarni 

o‘rganish 


 

Matematika minutliklarida  topshiriqlarga qiziqish uyg‘otish va quvvatlash uchun bu 

topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o‘xshash   bo‘lmasligi 

kerak. 

Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli 



masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, nostandart masalalar, qiziqarli kvadratlar, 

rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib xizmat qiladi. 



Matematika to‘garagi  matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko‘p 

tarqalgan turi. Uning asosiy vazifasi –  matematikaga alohida qiziqadigan O’quvchilar 

bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. 

Matematika to‘garagi ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq 

qiladi: 

 Matematika to‘garagiga  o’quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan 

alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak. 

Mustaqil ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, ba’zi o‘yinlar uchun misollar 

yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga 

tayyorgarlik  ko‘radilar va hokazo.    

 Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish  rejasini tuzish kerak. 

Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o‘tkazilgan ba’zi to‘garak 

mashg‘ulotlarining taxminiy  rejalarinini keltiramiz. 

I mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 

100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. 

Тopqirlikni talab qiladigan 

masalalar. 5. Hazil masala. 6. 

Тopishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o‘yini. 

II mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. 

Тopqirlikni talab qiluvchi she’riy 

masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. 

“Sonni to‘ldir” o‘yini. 

III mashg‘ulot.    Dars tipidagi to‘garak mashg‘uloti.  

Matematik tanlovlar.Tanlovlar har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli 

fikrlaydigan masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar bo‘lib  hisoblanadi. 

Asosan  O’quvchilarning xohishi bo‘yicha masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan, 

yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. Tanlovlar o‘tkazishni 2-sinfdan boshlash 

maqsadga muvofikdir.  

Quyida 2- sinflarda tanlovlar o‘tkazishga misollar keltiramiz. 2-sinf (3-chorak).  

№1. Ikki o‘ram jun ipdan 3 ta qolpoq tO’qish mumkin. Shunday 9 ta qolpoq tO’qish 

uchun necha o‘ram ip kerak?   

№2.  Vali  va  Salimning  30  ta  konfeti  bor  edi.  Ular  baravardan  yeyishgandan  keyin 

Valida 9 ta, Salimda 5 ta konfet qoldi, ular  qanchadan eyishgan?  

№3. Shaklda nechta uch bor?       

№4.  1,  2,  3,  4,  5,  6,  7,  8,  9  sonlari  berilgan.  Bu  qatordagi  sonlardan  uchtalab 

qo‘shganda 15 soni chiqadigan nechta misol keltirish mumkin. 

 Matematik olimpiadalar. Olimpiadalar tanlovlarga  qaraganda keng mashtabda 

o‘tkaziladigan va matematika o‘rganishda O’quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni 

namoyish qiladigan ishdir.  

Olimpiada qatnashchilarining  tarkibiga bog‘liq holda maktab ichida, tuman va 

shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 3 -  sinfdan boshlab o‘tkazib, g‘oliblar 

maktabning devoriy gazetalarida va  o’quvchilar yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi. 



Matematik matbuot va viktorinalar  

Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o‘z ichga olgan topishmoq, 

misol va topshiriqlar  rasmlarda berilib, qiziqish xarakterida bo‘ladi. 

 Viktorinada esa o’quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. 

Javoblar belgilangan vaqtda o’quvchilarga yetkaziladi.  

Matematik tanlovlar va viktorinalar. Tanlov  mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan 

belgilanadi. 

Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan, taqqoslash yordamida hisoblash 

2. Mantiqiy masala va mashqlarni, 

3. 

Тopqirlik, ziyraklikka oid mashqlar, 



4. Hisoblashlari murakkab   bo‘lgan masalarni 

5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik shakllar 

mazmunini yoritishga oid topshiriqlar. 

 Matematik viktorinalar –  gazetalardan farqli ravishda faqat  o’quvchilarga yechish 

uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum 

vaqt ichida  o’qituvchi tomonidan g‘olib  o’quvchi aniqlanib e’lon qilib boriladi. 

Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi 

joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar 

ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:     

1. Odamning  bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin. 

2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l  9302 km ni tashkil etadi. 

3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika 

burchagini tashkil qilishni  o’quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga 

oshirilishi mumkin. 



Fakultativ mashg’ulotlar.  Boshlang‘ich sinflarda fakultativ mashg‘ulotlarni tashkil 

etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Fakultativ mashg‘ulotlarda o‘rganiladigan 

materiallar darslik materiallarini takrorlamagan holda o‘rganilib, boshlang‘ich sinf 

O’quvchilarining bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim. 

Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o‘rganish va  matematika darslari samaradorligini 

oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir mashg‘ulotda tavsiya etiladi. 

Masalan, 1-mashg‘ulotda  Abu Rayhon Beruniy, 2-mashg‘ulotda Abu Ali ibn Sino, 

keyingisida al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek kabi mutafakkirlar merosidan boshlang‘ich 

sinfga xos tomonlari o‘rganiladi. 

2.  

Мaktabdan tashqari ishlarda foydalanish uchun tavsiyalar. 

Mavzu:O`zb

еkiston faxridir Farg’onalik Farg’oniy 

Mashg’ulot maqsadi:O’quvchilarni Farg’oniyning hayoti va ijodidan foydalanib 

mat


еmatikaga qiziqtirish haqida ma'lumotlarni yеtkazish hamda qiziqarli matеmatikadan 

saboq b


еrish. 

Mashg’ulot turi: Sahlanishtirilgan dars. 

Mashg’ulot ko`rgazmasi:  A. Farg’oniyning portr

еti, topqirlik mashqi, usturlob hamda 

nilom

еtr chizilgan ko`rgazmalar, Farg’oniy haqidagi videotasma. (Farg’oniy hayoti va 



ijodi aks etgan topqirlik mashqi O’quvchilarga oldindan e'lon qilinadi va g’oliblar 

mashg’ulotga taklif etiladi.  



Mashg’ulotning borishi: 

I. Tashkiliy qism. 

Xonaning va O’quvchilarning mashg’ulotga tayyor ekanligini nazorat qilish, davomatini 

aniqlash. 

II. Yangi mavzuning bayoni. 

1. Farg’oniyning hayoti va ijodi haqidagi ma'ruza. 



Ma'ruzachi: To`garak rahbari. 

Ahmad Farg’oniy arab xalifalari Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma'mun (813-833) 

nomlari bilan bog’liq Donish uyida faoliyat ko`rsatgan. Ma'lumki, Ma'mun Xuroson 

noibi bo`lib turgan yillardayoq, Marvda o`z atrofiga ilmli, fozil kishilarni chaqirtiradi va 

o`z Akad

еmiyasini tashkil etadi. Mazkur Akadеmiya tarkibida ilmiy-tatqiqot ishlarini 

olib borgan markaziy osiyoliklar qatorida Sharqda Xosib (mat

еmatik), fanda falakiyot 

ilmi asoschisi nomi bilan mashhur vatandoshimiz Ahmad Farg’oniy ham bor edi. Uning 

to`liq ismi sharifi Abul-abbos Axmad ibn Muhammad ibn Kasir Farg’oniydir.  

Agar Ma'mun bilan birga Marvdan k

еlgan olimlar tеngqur bo`lganlar, dеb faraz 

qilsak, u holda 819 yilda Ahmad Farg’oniy 40 yoshlar chamasida bo`ladi. D

еmak, u 


taxminan 778 yili tug’ilgan. 861 yildan k

еyin uning nomi manbalarda qayd etilmaydi. Bu 

esa u mazkur yildan biroz k

еyin. 865 yilda vafot etgan, dеb taxmin qilishimizga asos 

bo`ladi.  

Ahmad Farg’oniy asarlarining qayta-qayta nashr etilgani ularning umrboqiyligidan 

dalolatdir. Butlimus Olam sakkiz qavat osmondan: Quyosh, Oy b

еshta sayyora-Utorid, 

Zuhra, Mirrix, Mushtariy, Zuxal va 1022 ta yulduzli sf

еra (falak) dan tashkil topgan dеb 

ta'lim b

еrgan. Axmad Farg’oniy ilm-fan tarixida birinchi bo`lib sfеralarning radiuslarini 

aniqlab b

еrdi.  


Butlimus Quyosh va Oyning yerdan uzoqlik masofalarini b

еradi. Ahmad 

Farg’oniy sayyoralar va yulduzlar masofasini aniqlaydi. Oy va Quyosh tutilishlarini 

tadqiq etib, ularning vaqtini b

еlgilab bеrdi.  

Ahmad Farg’oniy yer yoyining qaysi bo`lagi bir darajaga to`g’ri k

еlishini o`lchab, 

bu miqdorni aniqladi va uni 360 ga ko`paytirib, 40 ming 800 km ni hosil qildi. yer 

m

еridianining hozirgi zamon ilmiy asboblari yordamida o`lchangan uzunligi 40 ming 8 



km chamasidir. 

Ahmad Farg’oniy yer ekvatorida Quyosh ikki marta (bahorgi va kuzgi t

еnglikda) 

z

еnitda bo`lishi, osmon qutblari ufq tеkisligida yotishini, qutblarda kеcha qishga, kunduz 



yozga olti oydan t

еng bo`lishini tushuntirib bеradi. 

Ahmad Farg’oniy o`sha vaqtgacha yaratilgan Yunon, Eron, Suriya, Kopt, O`rta 

Osiyo xalqlarining barcha taqvimlarini o`zaro taqqoslab tadqiq qildi. Bu hol Butlimusda 

yo`q edi. 

Osmonning k

еlajak manzarasini tadqiq etish uchun gеomеtrik-kinеmatik usulning 

qabul qilinishida usturlob asbobining ahamiyati katta bo`lgan. U kosinuslar, tang

еnslar 

sf

еrik tеorеmalarini yaratdi. 



Ahmad  Farg’oniyning st

еrеografik loyixalar nazariyasini XVIII asr matеmatigi 

Eyl

еr jug’rofiy xaritalar tuzish nazariyasiga tatbiq qildi.  Komplеks o`zgaruvchan 



miqdorlar t

еkisligi, noevklid gеomеtriyalar, Lobachеvskiy tеkisligining Bеlrami-Klеyn 

pro

еktsiyasi, kosmik gеodеziya va kosmografiyalar zaminida ham Ahmad Farg’oniyning 



shu nazariyasi mavjud.  

Ahmad  Farg’oniy hayoti davomida ko`plab asarlar yaratgan. L

еkin ularning faqat 

sakkiztasi bizgacha 

еtib kеlgan. 

Uning 832 yilda yozib tugallangan «Az zijul-Ma'mun almumtahan» («T

еkshirib 

chiqilgan Ma'mun jadvali») da falakiyot va g

еografiyaga oid ma'lumotlar jamlangan. 

(«Kitobul-harakotus-samoviya va javom

е'i ilmun-nujum» («Osmon jismlari 

harakati va yulduzlar to`g’risidagi bilimlar yig’indisi»). Bu asar «Al-Majistiyga 

bag’ishlangan astronomiya risolasi», «Ilm ul-hay'at» d

еb ham kataloglarda qayd etilgan.  

«Kitobi komil lil Farg’oni fil-usturlob», «Kitobi fi san'atul-usturlob val-burhonu 

ilayhi» («Usturlob san'ati to`g’risidagi kitob va uning dalillari»). 



«Kitobi amalir-ruxomot» («Marmarning ishlatilishi haqida kitob»). Astronomik 

asboblarda marmarning ahamiyati haqida. 

«Risola fi ma'rifatul-avqot illatiy yakunulqamar fiho favqal-arz av tahtiho» («Oy 

еr ustida yoki uning ostida bo`lgan paytdagi vaqtlarni o`rganish haqida risola»).  

«Risolatul-fusul madxal fil-Majistiy va huva salosul-faslan» («O`ttiz bobdan 

iborat «Majistiy» ga kirish fasllari risolasi»). «Kitobul-harakotus-samoviya . . .» asarning 

nusxasi. 

«Hisobul-aqolimus-sab'a» («

Еtti iqlim hisobi») bitik nusxasi Olmoniyada va 

Qohirada saqlanadi.  



2. Farg’oniy ijodiga bag’ishlangan kompozitsiya. 

Ahmad Farg’oniy haqida sh

е'rlar:  

1-O’quvchi.   

Bu olam sahnida ko`pdir elatlar, 

 

 

 



Yurtlar mamlakatlar, turli elatlar. 

 

 



 

Ilmu ma'rifati, ma'naviyati, 

 

 

 



Ularning har birin o`z urf odati 

2-O’quvchi.   

To`ronimdan chiqqan buyuk Farg’oniy 

 

 

 



Qaytdi yana yurtiga asrlar osha. 

 

 



 

Olloh eshitgandir, aning fig’onin, 

 

 

 



O`zb

еgim tug’ildi qaytadan yana. 



3-O’quvchi.   

D

еngizning sadafi, gavhari bordur, 



 

 

 



Har yurtning o`z fazli, z

еvari bordur. 

 

 

 



L

еkin olloh bizga aylagan tortiq, 

 

 

 



Ilmu ma'rifatdan davlat yo`q ortiq. 

4-O’quvchi.   

Yurtimizda shunday gavhar porlabdur, 

 

 

 



Bu Ahmaddir, uni Bog’dod chorlabdur. 

 

 



 

Bunga oq yo`l tilang ahli ulamo! 

 

 

 



Xush borsin, ko`rk bo`lsin «Baytul-Hikmatga». 

Hammasi birgalikda. Buyuk olimlar b

еshigini tеbratgan, 

 

 

 



       Sizga ta'zim d

еymiz buyuk Turkiston. 

 

3. Ahmad Farg’oniyning ijodi haqida kichik sahna ko`rinishi.  

«Kitob sotuvchisi va Farg’oniy». 

Farg’oniy: Amaki. Sizda Butlimusning jug’rofiyasi bormi? 

Sotuvchi:   Butlimus qayda? Tur bor o`yna. 

Farg’oniy: Unday bo`lsa Al-Majustiysi k

еrak. 


Sotuvchi:   Al-Majistiy? U kitobni nima qilasan? 

Farg’oniy: M

еn Butlimusning boshqa asarlarini o`qib chiqdim.  

               Endi uning Al-Majustiysini o`qib chiqmoqchi edim. 

Sotuvchi.   Yo hayron, 70-yil yashab, dunyo k

еzib, kitob sotib, bu kabi    

donishmand bolani ko`rgan emasm

еn. 


                Isming kim? 

Farg’oniy:  Ahmad. 

Sotuvchi.   Yo Ahmad! Shu y

еr, shu quyoshga bo`lsinkim, qasam! Albat    

               s

еn buyuk olim bo`lursеn! 

 

III. Qiziqarli mat



еmatika sahifasi. 

1. Zanjir. 

T

еmirchiga zanjirning 5 bo`lagi kеltirildi, har qaysi bo`lakda 3 tadan xalqa bor. Ana shu 

zanjir uzuqlarini bir-biriga ulab, bir butun zanjir qilib b

еrish buyuriladi. 

T

еmirchi ishni boshlashdan oldin buning uchun nеchta xalqani ochish va qaytadan yopish 



k

еrakligini chamalab ko`rdi. 

U to`rtta xalqani ochish va qaytadan yopish to`g’ri k

еlar dеb o`ylaydi. Biroq bu 

usulni kamroq xalqalarni ochish va qaytadan yopish bilan bajarib bo`lmasmiking’ 

J: Atigi 3 ta xalqani ochib, talab etilgan ishni bajarmoq mumkin. Buning uchun bir 

bo`lak zanjir xalqalarini ajratib olish, ular bilan qolgan to`rt bo`lak uzuq zanjir uchlarini 

bir-biriga ulash lozim. 



2. Pul sovg’a. 

Ikki ota o`z o`g’illariga pul sovg’a qilishdi. Otalaridan biri o`g’liga 150 so`m, 

ikkinchisi 100 so`m b

еrdi. Biroq ikkala o`g’ilning kapitallari atigi 150 so`m bo`ldi. Buni 

qanday izohlash mumking’ 

J: Otalardan biri ikkinchisining o`g’lidir. Ular hammasi 4 kishi emas, uch kishi: 

bobo, o`g’il, nabira. Bobo o`z o`g’liga 150 so`m b

еrgan, o`g’il shu puldan 100 so`mini 

otasining nabirasiga b

еrgan. Shuning uchun ota va bolaning kapitallari atigi 150 so`mga 

ko`paygan. 

3.Uzunligi qancha? 

Bir kvadrat m

еtrdagi kvadrat millimеtrlarning hammasini yonma-yon zich qilib 

tuzishdan hosil bo`lgan poloskaning uzunligi qancha bo`lishini miyangizda o`ylab 

ko`ring. 

J: 1 km 


4. Bir million buyum. 

Bitta buyumning og’irligi 89,4 g. Shunday buyumlardan bir millioni n

еcha tonna 

k

еlishini miyangizda o`ylab ko`ring. 



J: t.  

5. Qattiq sovuqda. 

Katta kishi bilan bola ikkisi qattiq sovuq havoda turibdi, ularning kiyimi bir xil. 

Qay biri qattiqroq sovuq y

еydi? 


J: Narsalar sirtidan soviy boshlaydi. Shuning uchun bola qattiqroq sovuq y

еydi. 

 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling