O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana21.11.2020
Hajmi0.51 Mb.
#148762
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
matematika oqitish metodikasi


 

 

5-MA’RUZA 

 

Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda matematika  o’qitish metodikasining didaktik 



tamoyillari 

Reja: 

 1. Matematika  darslarida asosiy didaktik maqsadlar.  

  2. Matematikadan dars turlari.    

  3. Boshlang‘ich  sinflarda   matematika  darsiga tayyorlanish. 

  4. Matematika  darsini o‘tkazish.   

  5. Matematika  darsini  tahlil qilish. 

F

оydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti: 



 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,16,17,18 

Har bir talaba bilishi kerak: 

1) Onglilik tamoyili; 

2) Ko‘rsatmalilik tamoyili; 

3) Ilmiylik tamoyili; 

4) Ketma-ketlik tamoyili; 

5) Puxta o‘zlashtirish tamoyili va hokazolar; 

1. Matematika  darslarida asosiy didaktik maqsadlar. 

Har bir darsdan turli xil didaktik maqsadlar ko‘zlanadi. Ular orasida bittasi bosh 

maqsad bo‘lib hisoblanadi va  uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi. 

Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning 

yordamida  o’qitilayotgan mavzuning mazmunini o’quvchilarga  ochib beradi. Bu holda  

yangi tushunchalar bilan o’quvchilarni tanishtirish bo‘lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan 

tushunchani  kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida, biror malaka va 

ko‘nikmalarni hosil qilish, to‘rtinchisida, bilim, malaka  va ko‘nikmalarni tekshirish va 

h.k. bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi 

mumkin.O‘tilganlarni  takrorlash oldin o‘tilgan darslarni yangi tizimga solish, shu  bilan 

bilimlarni tekshirishni o‘z ichiga oladi. Yangi materialni bayon qilish har doim mashqlar 

bajarish bilan davom ettiriladi. 

Maktablar tajribasi darsning ma’lum tizimini  yaratdiki,  ko‘pchilik o’qituvchilar bu 

tizimga rioya qilib, ma’lum yaxshi natijalarga erishmoqda.  Odatda darsning boshida uy 

vazifasi tekshiriladi yoki o‘tgan mavzu takrorlanadi, so‘ngra o‘tgan mavzu yuzasidan 

savol-javob o‘tkaziladi.  Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni 

mustahkamlash uchun  o’quvchilarga misol va masalalar yechdiriladi yoki nazorat 

savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa va unga ko‘rgazmalar beriladi. 



Ba’zan, bu maqsadlardan bittasiga bag‘ishlanishi mumkin.  Ana shu bitta maqsadni 

darsning asosiy  didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar  unga bo‘ysinadi. 



2. Matematikadan dars turlari.    

Boshlang‘ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko‘rsatish mumkin. 

1)  O’quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko‘nikmalarni  

hosil qilish darslari (Bu darslarda hisoblash,  grafik yoki  masala yechish  bilimlari hosil 

qilinadi); 

2) turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, ko‘nikmalarni mustahkamlash 

darslari; 

3) o‘tilganlarni takrorlash, umumlashtirish darslari; 

4) keyingi bosqichda  xatolarning oldini olish maqsadida bilim, malaka va 

ko‘nikmalarni tekshirish darslari.Har bir darsda  turli xildagi didaktik maqsadlar amalga 

oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish; darsning  va mavzuning maqsadini bayon 

qilish; oldin o‘tilganlarni takrorlash yoki  bolalarning hayot tajribasini esga tushirish yo‘li 

bilan O’quvchilarni yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlash; og‘zaki hisoblash uchun 

maxsus mashqlar, yangi materialni o‘rganish (darsning asosiy bo‘limi); bolalarning   

oldin o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash; o‘rganilgan bilimlarni 

hisoblash; mashq, bilim va malakalarni qo‘llash (darsning asosiy bo‘limi); o’quvchilarni 

mustaqil ishlatish va uni tekshirish; oldin o‘zlashtirilgan materiallarni takrorlash; uyga 

vazifa berish; darsni xulosalash.  

Darsning asosiy qismlarini turli xilda va  turli metodlar bilan birga qo‘shib olib borish 

mumkin. 


O’qituvchi dars rejasini tuzishda  quyidagilarni e’tiborga olishi kerak. Shu dars 

qanday qismlardan iborat bo‘lishi, ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish, ular 

o‘rtasida  O’quv materialini qanday taqsimlash, bu qismlar bir-biriga qanday 

bog‘lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli miqdorda 

yordam berishini hisobga olishi kerak.  

Boshlang‘ich sinfda matematika darsining har bir qismi umumiy didaktik masalalarni 

bajarishga qaratilmog‘i kerak. Darsning qismlari asosiy didaktik maqsadga qarab o‘zaro  

bog‘langan bo‘lishi kerak. Alohida dars turlarining  tarkibini qarab chiqamiz. 

Masalan:  O’quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va 

ko‘nikmalarni hosil qilish darslari.  

Darsning borishi.  Darsni maqsadga muvofiq shunday boshlash kerakki, barcha 

O’quvchilarni ,o’quv vazifalarini faol bajarishga darhol  tortadigan bo‘lsin. Shu 

maqsadda uncha katta bo‘lmagan mustaqil ishlarni kartochkalarga yozib borish kerak, bu 

esa  O’quvchilardan masala shartini yozmasdan hisoblash natijalarinigina yozishni talab 

qiladi. Bunday mustaqil ishlar o’quvchilarni yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlaydi. 

Darsning birinchi qismida agar uy vazifasi mazmun jihatdan yangi materialga bog‘liq 

bo‘lsa, uni tekshirish  ham mumkin. Agar uy vazifasi yangi mavzuga bog‘liq bo‘lmasa, 

yangi mavzuni o‘tishda o’quvchilar uni qo‘llamasa, u holda yangi bilimlarni bayon qilish 

darsida uy vazifasini tekshirish shart emas. Shunday qilib darsning birinchi qismi 

o’quvchilarning faolligini va diqqatini yo‘naltirishga qaratilmog‘i lozim, bu bosqichga 

uncha ko‘p vaqt sarf qilmaslik kerak. 

O’quvchilar diqqatini yo‘naltirish usullaridan  yana biri darsning mavzusi va 

maqsadini aniq tushunarli e’lon qilishdir. Bunda albatta o’quvchilarning qiziqishini 

orttirish va  muammoli  vaziyat yaratish zarur. Masalan: O’quvchilar faqat hisoblashning 

og‘zaki usuli bilan tanish bo‘lsalar, ularga ikkita  uch xonali sonlarni qo‘shish tavsiya 

qilinsa, bunday holatda o’quvchilar o‘zlarining ortiqcha bilim va malakalarini 



qo‘llaydilar.  O’quvchilar ma’lum qiyinchiliklardan o‘tadilar.Shunday qilib, oldindan 

o‘rganilgan hisoblash jarayonlari bilan bu misolni bajarish qiyin emasligiga ishonch hosil 

qiladi. Yangi og‘zaki usulni o‘zlashtirish kerak. Dars ana shu usulga bag‘ishlangan 

bo‘ladi.  

     Ikkinchi holda darsda  o’quvchilar bilan qisqacha suhbat bilan olib borilishi 

mumkin. Bunday darsdan bir xonali sonlarni  ko‘paytirishni tushuntirishda foydalanish 

mumkin.  

      Yangi  o’quv materialini o‘zlashtirishga o’quvchilarning faol tayyorlash 

maqsadida oldin o‘zlashtirilgan materiallar takrorlanadi, takrorlash xarakteridagi 

materiallar ko‘pincha og‘zaki hisoblash orqali bajariladi. Shuningdek, yangi materialni 

o‘zlashtirishga qaratilgan misol va masalalarni mustaqil yechish ham mumkin.  

Darsning ikkinchi qismida yangi matematik tushuncha beriladi yoki arifmetik 

misollarning yangi turi yechiladi. Bu o’quvchilarning  bayoni yoki suhbati orqali olib 

boriladi. Bazan o’quvchiga buni mustaqil tanlab olish ham tavsiya qiladi. Masalan, oldin 

o‘tilgan mavzuga bog‘liq  holda masala yoki misol yechish maqsad qilib olingan bo‘lsa, 

u holda o’quvchilar bu misollarni  mustahkamlash, mustaqil yechish orqali o‘zlarining  

bilim va malakalarini oshirishlari mumkin.  

Yangi materialni mustahkamlash.Bu bosqichda o’quvchilarga keltirib chiqarilgan, 

xulosa, muhokamalarni esga olish, undan keyin mustahkamlash xarakteridagi vazifa 

berilishi kerak. Bu vazifani bajarish yordamida o‘tilgan yangi bilim mustahkamlanadi va 

birinchi bor amaliyotga tatbiq qilinadi. Birinchi vazifalar odatda jamoa bo‘lib bajariladi. 

Ba’zan esa misol-masalalar mustaqil bajarilgandan keyin, o’quvchilardan birortasi 

doskaga chiqib shu qoidaning to‘g‘riligini misol, masala yechish orqali ko‘rsatib beradi.  

O’quv materialining murakkabligiga qarab har qaysi bosqichda rasional bo‘lgan yo‘l 

topiladi. 

        3. Boshlang‘ich  sinflarda   matematika  darsiga tayyorlanish. 

 Matematika darsiga tayyorlanishda birinchi navbatda o’quvchilarga yangi dars 

materiali yuzasidan qanday me’yorda  tayyorlanganligini,  buning uchun nimani 

takrorlash zarurligini aniqlash kerak. 

O’qituvchi matematika  dasturini, ishchi rejasini, darslik va o’quv qo‘llanmalarini, 

metodik adabiyotlarni  va ko‘rsatmali qurollarni  hozirlagandan keyin navbatdagi darsga 

tayyorgarlikni boshlaydi. Eng avvalo  navbatdagi dars matematika  dasturida  qaysi 

o‘rinda, qaysi mavzular bilan bog‘liq holda,  tushunchani nimalarga bog‘lab tushuntirish 

kerakligini aniqlaydi. Bu savollarning hammasi bayon qilinganidan keyin darsning asosiy  

didaktik maqsadini va uning tipik xususiyatini  qat’iy o‘rnatish kerakligi kelib chiqadi. 

Bu esa darsning mazmunini aniqlashga yordam beradi. Darsning didaktik maqsadida 

uning mazmunidan darsning bir tizimga  kiladi, ya’ni darsning alohida bo‘limlarining 

birlashashi, ularning organik  birligi darsning qismlarini to‘ldiradi va o‘zaro bir-birini 

bog‘laydi.  Darsning  reja yoki matnini tuzishda mavzuning  didaktik maqsadiga  javob 

beruvchi asosiy qismlarni  tuzishdan boshlash kerak. Agar dars yangi bilimlarni bayon 

qilishdan iborat bo‘lsa, masalan:  uch xonali sonlarni yozma  qo‘shish haqidagi mavzu 

bo‘lsa, o’qituvchi oldin o’quvchilarga yozma qo‘shish algoritmini bayon  qilishni, undan 

keyin esa o‘tgan darsdan  nimalarni takrorlash kerakligini, bu asosda yangi mavzuni 

yaxshi  o‘zlashtirish mumkinligini, ya’ni, mavzudan oldin uy vazifasini tekshirish 

zarurmi yoki yo’qmi, yangi mavzuni o‘zlashtirish uchun o’quvchilarga qaysi topshiriqni 

tavsiya qilishligini  o‘ylab  ko‘rishi kerak. Shundan keyin o’qituvchi qaysi o’quv 

materiali bilan darsning ayrim  qismini  to‘ldirish zarurligini, o’qitishning qaysi  metod 



va usullarini qo‘llash, qanday  ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash va  qo‘llash 

mumkinligini hisobga oladi. 

Darsning har bir bo‘limini  bajarish uchun qancha vaqt talab qilishni aniqlash zarur. 

Тabiiyki, darsning eng katta qismi  darsning asosiy didaktik maqsadini yechadigan 

bo‘limga qaratilishi zarur. 

Darsga tayyorgarlik ko‘rishda o’quvchilarga  beriladigan vazifani  bajarish usularini  

ko‘rsatish, ya’ni misol va masalalarni yechib qo‘yish, sxematik yozuv va grafik ishlarini 

tayyorlab qo‘yish,  

o’qituvchining o‘zi uchun foydalidir. Darsning maqsadi, uning tizimi  va  mazmuni  

aniqlangandan keyingina  darsning rejasi yoki matni yoziladi. 

Darsning rejasida mavzu va didaktik maqsad, foydalaniladigan ko‘rgazmali qurollar  

ko‘rsatiladi. 

Тartib bo‘yicha dars bo‘limlarining  tarkibiy nomi va  uning mazmuni

mumkin qadar taxminiy vaqt  ko‘rsatiladi. 

Dars matnida  barcha  detallar mumkin qadar to‘laroq  yoritiladi. Suhbat olib borishga 

yordam beradigan savollarning hammasi  ko‘rsatiladi,  

o’quvchilardan kutadigan javoblar yoziladi.  

Misol va masalalar yechish, shuningdek, boshqa ishlarni bajarishda ko‘rgazmalar 

yoziladi.  Shunday qilib o’qituvchi quyidagi ishlarni  bajarishi  lozim. 

1.O’quv dasturi va o’qituvchi rejasida  darsning o‘rnini aniqlash. 

2. Darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash. 

3. Dars mazmunini aniqlash. 

4. Dars bosqichlarini tuzib chiqish. 

5. Dars  rejasini tuzish. 

6. Dars matnini yozish. 

7. Dars o‘tish metodlarini aniqlash. 

8. Har bir bosqichga sarflanadigan vaqtni aniqlash. 

9. Darsda va uyda beriladigan misol masalalarni bajarish. 

10. Ko‘rgazmali qurollarni  tayyorlash va h.k. 

  4. Matematika  darsini o‘tkazish. 

 Matematika darsining reja yoki matni o’qituvchiga  o’quvchilar bilan bajaradigan ish 

turining umumiy yo‘nalishi   va ketma-ketligi, misollar, algebraik ifoda  namunalarini 

ko‘rsatib  turadi.  

O’qituvchi dars o‘tishda tuzgan reja yoki konspektidan erkin foydalanadi, ba’zan 

tuzgan rejasidan chekkaga chiqish zarurati tug‘iladi. Masalan, o’quvchilar  

o’qituvchining bayonini yomon tushungan bo‘lsalar, qo‘shimcha tushuntirish o‘tkazadi, 

o’quvchilar  qiynalgan bo‘lsalar zaruriy yordam  ko‘rsatadi.  Bilimlarni mustahkamlash 

uchun bajarilgan  mashqlar  yetarli bo‘lsa, ba’zilarini qoldirish mumkin.  Bilimlarni 

o’quvchilar  qanday tushunganligini bilish maqsadida so‘rash, topshiriqlarni bajarishini 

tekshirib ko‘rish mumkin.  

5. Matematika  darsini  tahlil qilish. 

 Boshlang‘ich sinflarda matematikadan darsni tahlil qilish va baholash birinchi 

navbatda  uning ta’lim-tarbiyaviy  ahamiyatini ko‘rsatadi.  Shuning uchun darsni qay 

darajada tuzilganligini  va  o‘tilganligini, hozirgi zamon psixologik-pedagogik  talablar 

darajasida qanday bajarilganligini va  asosiy didaktik tamoyillarini qanday 

qo‘llanganligini  ko‘rsatish kerak. Dars tahlilida  uning mazmuni, tizimini,  vaqtning 

taqsimlanishi,  ish bajarish usullari, qo‘llanilgan  ko‘rgazma va boshqa didaktik 

vositalarni ko‘rsatish zarur. Darsning har bir tomoni  o’quvchilar  faoliyatini qanday  



yo‘naltirishini,  undan qaysi o‘rinda faollik va mustaqillik buzilganini, hayajonlanish 

bo‘lganligini,  boshqa tarbiyaviy  tomonlar amalga oshirganligini e’tiborga olish kerak. 

        Dars tahlili quyidagi  yo‘nalishda yoritilishi mumkin: 

     1. Darsning asosiy didaktik maqsadini  tushuntirish va asoslash. Bunda mavzu  

bo‘yicha darslar tizimida tahlil qilingan  darsning  o‘rni va ahamiyati, boshqa darslar 

bilan bog‘liqligi, darsning mazmunini baholash va to‘g‘ri tushuntirilishi, uning tizimi, 

ishdagi metod va usullari ko‘rsatiladi. 

   2. Dars mazmunining tahlili. 

Dars  mazmunini tahlil qilishda hisoblash mashqlarini qanday qo‘llaganligi, 

 

matematik tushunchalarni arifmetik masalalar yechishga qaratilgan  va boshqa 



mashqlarni bajarishga beriladigan metodik bahoda  quyidagilarni  e’tiborga olish zarur: 

a)  berilgan bilimlarning ilmiyligi va yetarlicha  qat’iyligi, 

b) o‘rganiladigan materialning puxtaligi va tushunilish darajasi, ish jarayonida 

o’quvchilarning yetarlicha vazifa bilan taminlanganligi, 

d) dars materialining ta’lim-tarbiyaviy maqsadga  taalluqliligi, 

e) o’quv materiali  mazmuni darsning barcha qismlarini ta’minlash darajasi. 

3.o’quvchilar faoliyatini ijodilikka  yo‘naltirish. 

Darsda  nechtao’quvchi  faol qatnashganligini va mustaqil  faoliyat ko‘rsatganligi, 

unga qanday yo‘l bilan erishish zarurligini aniqlash: 

a)  o’quv materialini, shuningdek, ish metodini va usullarini tanlash,  o’quvchilarning 

yoshi, ulardagi bilim, malaka va  ko‘nikmalar darajasini hisobga olish;  

b) o’quvchilarning individual va jamoa bo‘lib bajargan ishlarini hisobga olish; 

d) o’qitishda differensial yondoshish; 

e) yangi matematik tushuncha, yangi hisoblash qismlari, masalalar yechishning  yangi 

usullari  bilan tanishtirish, bilim va malakalarni ishlab chiqishda o‘tilgan materialni  

mustahkamlashga  yo‘naltirilgan ishlar e’tiborga olinadi; 

f)  darsning  har bir qismiga vaqtning taqsimlanishi; 

4.Darsda qo‘llaniladigan ko‘rgazma va didaktik qo‘llanmalarning  ahamiyatini 

ko‘rsatish; 

5. Dars natijasini reytingi baholash. Baholashning muhim belgilaridan biri shuki, dars 

o‘z maqsadiga erishganligi,  har bir o’quvchiga  to‘laligicha mustaqil ish bajartirilganligi,  

ular barchasi o’qituvchi rahbarligida amalga oshirilganligi ko‘rsatiladi. Darsni tahlili 

qilishda  shu narsani e’tiborga  olish  zarurki,  o’quvchilarni o’qitish  va tarbiyalashning 

pedagogik jaryonlari  bir maqsadga qaratilgan bo‘lsa, dars to‘g‘ri baholanadi. 

Boshlang‘ich matematika kursining eng muhim xususiyati uning amaliy 

yo‘nalganligidir. Agar yuqori sinflarda matematika dasturining ba’zi masalalari nazariy 

xaraktyerda bo‘lsa, boshlang‘ich maktabda har bir yangi tushuncha, xossa, qonun amaliy 

faoliyat natijasida va amaliy faoliyat uchun kiritiladi. Masalan, VII sinfda, 

o’quvchilarning to‘g‘ri to‘rtburchak tushunchasini o‘zlashtirishlari, ular endilikda to‘g‘ri 

to‘rtburchak ta’rifini bilishlarini, uning alomatlarini mantiqiy keltirib chiqarishni va ba’zi 

xossalarini isbotlashni bilishlarini, ta’rifi, alomatlari va xossalariga  doir amaliy 

masalalarni yechish uchun foydalana bilishlarini bildiradi. Boshlang‘ich sinflarda 

o’quvchilar to‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari tengligini o‘lchash yo‘li 

bilan aniqlaydilar va to‘g‘ri to‘rtburchakni yasash, uning perimetri va yuzini o‘lchash va 

hisoblashni o‘rganadilar. 

O’quvchilarda boshlang‘ich maktabda shakllanadigan amaliy uquvlardan ko‘pchiligi  

maktab matematika kursi uchun asosiy ahamiyatga ega, lekin tasavvurlar haqida bunday 

deyish mumkin emas. Masalan, son haqida III va IV sinflar o’quvchilari ega bo‘lgan 



tasavvurlar tubdan farq qiladi. Biroq quyi sinflarda shakllanadigan arifmetik amallarni 

yozma va og‘zaki bajarish uquvlaridan o‘rta sinflarda ham, yuqori sinflarda ham 

foydalaniladi.  

 

Nazorat uchun savollar. 

 

1.Didaktik tamoyillarning mohiyati va mazmuni nimadan iborat? 



2. Dars va dars tahlilidan namunaviy parcha keltiring. 

3. Dastur va darslikning uzviyligini tahlil eting. 

4.D

ТSning maqsad va vazasi nimadan iborat? 



 

 

 



6- MA’RUZA 

Mavzu: Bolalar bog‘chasida va boshlang‘ich sinflarda matematika fani 

o‘rgatilishi orasidagi uzviylik. 

Reja:  

1. Bolalar bog‘chasida va boshlang‘ich sinflarda matematika fani  

o‘rgatilishi orasidagi uzviylik. 

2. 


Тayyorlov guruhlarda matematikani o‘rgatish metodikasi. 

3. 0 dan 9 gacha raqamlar bilan tanishtirish. 

F

оydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti: 



 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,16,17,18 

 

1. Bolalar bog‘chasida va boshlang‘ich sinflarda matematika fani  



o‘rgatilishi orasidagi uzviylik. 

Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish vazifalari va bolalar 

bog‘chasida arifmetika asoslarini tarkib toptirish, miqdor, makon va zamonga oid 

tasavvurlarni rivojlantirish  o’qitishning asosiy shartidir. 

Har bir mashg‘ulotda tarbiyachi mavzu mazmunining asosiy masalalari va uni darsda 

ishlash metodikasini ochib beradi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, berilayotgan 

tavsiyalar, odatda, bolalarga berilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar, mashqlar, savollarning 

tipik namunalaridir. Bunday mashqlar sonini o’qituvchi sinf bilan ishlashning aniq shart-

sharoitlarini hisobga olib, mustaqil ravishda  aniqlashi kerak. 

Katta  guruhladi bolalar o’qitishda didaktik ko‘rsatma materiallardan keng 

foydalanish xarakterlidir. Amaliy ishlar, ko‘rgazma tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 

topshiriqlar ham namunalar sifatida qaralishi mumkin. O’qituvchi ularga o‘zida bo‘lgan 

ko‘rsatma-qo‘llanmalarni hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda 

tavsiya etilayotgan og‘zaki mashqlar materialini o’qituvchi turli variantlarda berishi, 

ba’zan esa sinfning tayyorgarligiga qarab almashtirishi ham mumkin. O’qituvchi tavsiya 

etilayotgan didaktik o‘yinlarga ham ijodiy yondashish kerak.Bunda o‘yinlarni 

o‘tkazishda foydalaniladigan, har bir mashg‘ulotning aniq vazifalarini hisobga olib, o‘zi 

o‘yinlardan foydalanishi mumkin. 



2.

Тayyorlov guruhlarda matematikani o‘rgatish metodikasi 

Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruhida bir haftada ikkita, bir yilda 72–74 

mashg‘ulot o‘tkazish rejalashtiriladi. 

Mashg‘ulotlar sentabrdan may oyining oxirigacha har biri 25–30 minutdan 

o‘tkaziladi. 


Mashg‘ulotlarda didaktik o‘yinlar, ko‘rgazmali materiallardan keng foydalaniladi. 

Bolalar mashg‘ulotlarga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi talablarga 

rioya qilishi lozim: 

1. Dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtirib olishi. 

2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash. 

3. Bolalar faoliyatini o‘zgartirib turishga va ularning qiziqishlariga e’tibor qilish. 

4. Mashg‘ulot o‘rtasida harakatli o‘yinlar o‘tkazishni rejalashtirish. 

5. Mashg‘ulot davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish. 

6. Bolalarning xilma-xil javoblarini rag‘batlantirish. 

Dastur materialini mashg‘ulotlarga taqsimlashda bolalarning bilim va 

 

ko‘nikmalariga, ularning tayyorgarligiga e’tibor berish lozim. 



Maxsus atamalarni to‘g‘ri qo‘llay bilish katta  ahamiyatga ega. Masalan, son va 

raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak. 

Bolalar ma'lum bilimlar tizimini egallab olishlari, dasturda b

еlgilangan malakalarni 

hosil qilishlari va maktabda o`qishga tayyor  bo`lishlari k

еrak. 


Bu mashg`ulotlarda har bir boladan doim o`rgatilgan tartiblarga amal qilishni talab 

etiladi. Bolalar biror narsa d

еmoqchi bo`lganlarida qo`llarini ko`tarishlari, javob 

b

еrayotganidan o`rnidan turishi, o`rtog`ining javobini diqqat bilan tinglashi va uning 



xatosini tuzatishi, tarbiyachining ko`rsatmasini aniq bajarishi k

еrak. 


6-7 yoshli bolalarda bilimlarning o`sganligi va aqliy faoliyatlarining 

murakkablashishi  hisob  mashg`ulotlarida  ham yaqqol ko`rinadi. Maktabga boradigan 

bolalardan faqat 10 gacha sanash talab etilmaydi, balki ulardan aytilgan sonni narsalardan 

sanab ko`rsata bilishni talab etiladi.  

Bolalarning mat

еmatik tafakkuriga maktab talablarining kеskin o`zgarishi 

munosabati bilan asosiy e'tiborini ularda to`g`rimat

еmatik tasavvurlar yaratishga va ular 

bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilishga qaratish k

еrak.    Maktabga borgandan kеyingi 

dastlabki kunlardanoq o`quvchi duch k

еladigan asosiy matеmatik tushunchalaridan biri 

t

еnglik va tеngsizlikdir. Agarda kichik bolalar narsalarni katta kichiklik bеlgisi bo`yicha 



solishtirib hissiy tajriba to`plagan bo`lsalar, kattalari xuddi shu tushunchaga sonlarni 

taqqoslash asosida erishadilar. Eng avvalo, tarbiyachi bolalarning  mavhum  sonlar  bilan   

ishlashga o`tishga shoshilmasligi k

еrak. Bolalar dilida va qog`ozda 1+2=3, 5-1=4 kabi 

misollarni y

еchishni o`rgatishdan oldin ularni turli konkrеt narsalar bilan ishlashga 

o`rgatish zarur; qo’nib turgan qushchalarga yana bitta yoki 2 ta qushcha uchib k

еlib 


qo`shildi (kabi). 

Mahum sonlar bilan ishlashga juda erta o`tish k

еyingi matеmatik tushunchalarni 

egallashlarida bolalarni qiynab qo`yadi, bolaning tizimli bilimlarga o`tishini 

umulashtirish tomon o`sib boruvchi qobiliyat bilan bog`lab olib borish zarur. 

6-7 yoshli bolalarning umumlashtirish xususiyati ularning mavhum narsalarni 

tushuna olishga qobiliyatliligidir.Bu yoshdagi balalar ba'zi bir tushunchalarni egallab 

boradilar. 

Masalan, «transport», «m

еbеl», «kiyim», «idish tovoq» kabi tushunchalarni egallab 

olish  uchun ular po

еzd, tramvay, avtobus kabilarning ayrim xususiyatlarini bilish va ular 

uchun muhim va umumiy bo`lgan birgina b

еlgini ajratib olishi zarur bo`ladi. Bunday 

b

еlgi avvalo narsaning vazifasi hisoblanadi. 



S

еnsomotorikaning rivojlanishi bolaning  o`qishga tayyorligining zaruriy shartidir. 

Ular rasm solishi, qirqib olish, qog`ozni bir – biriga y

еlimlashi, tikish va boshqa ishlarni 

ko`z va qo`l bilan aniq bajarishi zarur. 


Bundan tashqari, bog`chada ularning diqqati, xotirasi, tafakkur va nutqini 

rivojlantirish o`ta muhim vazifalar hisoblanadi. 

«Qaysi son katta, qaysinisi kichik” deb so‘raladi. (qaysi raqam katta deyish mumkin 

emas.) 


Mashg‘ulotda hamma bolalarning faol ishtirok etishlariga erishish maqsadida har bir 

bolaning  oldida tarqatma materiallar bilan bir qatorda signalli kartochkalar   bo‘lishi 

tavsiya etiladi. 

Bunda hamma bolalar o‘rtoqlarini javobini diqqat bilan eshitishga harakat qiladilar, 

intizom buzilmaydi, shu bilan bolalarni test sinovlariga tayyorgarlik ham hisobga olinishi 

lozim. 


3. 0 dan 9 gacha raqamlar bilan tanishtirish. 

Son va miqdor  bog`lanishlarini tushunish barcha arifm

еtik amallar asosini tashkil 

etadi. Bolalar narsalar sonini oshirish yoki kamaytirish bilan tanishayotganlarida bu 

bog`lanishni mustahkamlaydilar.Raqam  –  sonning shartli belgisidir.Bolalarga sonni 

tushuntirishda raqam qo‘shimcha, yordamchi bosqichdir. 

Bolalarni raqamlarni yozishga o‘rgatilmaydi, faqat bosma  ko‘rinishi bilan 

tanishtiriladi. Bolalar har bir raqam qaysi sonning belgisi ekanligini ajrata bilishlari 

lozim. 

Hammasi   bo‘lib 10 ta raqam bor: 



0,1,2,3,4,5,6,7,8,9. 10 raqami yO’q. 10 soni ikkita raqam: 1 va 0 bilan belgilanadi. 

Bitta mashg‘ulotda bitta yoki ikkita raqam bilan tanishtirish mumkin. 

Masalan “1” raqami bilan tanishtirishda tarbiyachi sanoq kartochkasiga bitta 

o‘yinchoq qo‘yadi, ularning oldiga 1 ta doirali kartochkani qo‘yadi. 

2 ta bolani chaqirib, biriga bir marta sakrash, ikkinchisiga bir marta stolga 

taqqillatishni taklif etadi. Bolalar sanab, hammasi bittadan degan xulosa qiladilar. 

Keyin “1” raqamini  ko‘rsatib bu sonni  ko‘rsatuvchi shartli belgidir, har bir son o‘z 

belgisiga egadir deb tushchuntiradi. Bolalar bog‘chasi bilan boshlang‘ich sinf orasida 

uzviylik shundan iboratki bular bir-birini to‘ldirib boradi. 

Bolalar ustma-ust, tagma-tag terib qo‘yish, sanash orqali to‘plamlarning teng, 

notengligini aniqlaydilar  

Тenglik  –  notenglik munosabatlarini aniqlashda ishora belgilari simvollaridan 

foydalaniladi. 

Qaysi qatorda  ko‘proq, qaysi qatorda kamroq? 5 soni 6 dan  kamroq 5<6, 

tengsizlikdan tenglik hosil qilish uchun nima qilish kerak, deb so‘raladi. 

1 ta qo‘shib tenglik hosil qilinadi va birni ayirib barobarni yozish yo‘li tushuniladi. 

6=6... 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling