O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo`limi 70510101-biologiya
Download 31.5 Kb.
|
1-semestr hisobot umumiy.....
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. O’QUV METODIK ISHLAR
- II. ILMIY TADQIQOT ISHLARI
- III. ILMIY-PEDAGOGIK ISHLAR
- IV. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI TAYYORLASH
- Magistrant Ismoilova Ruxsora
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO`LIMI 70510101-BIOLOGIYA (botanika va o’simliklar fiziologiyasi) 1-BOSQICH MAGISTRANTI Ismoilova Ruxsora Ravshan qizining 2021/2022 O’QUV YILI 1- SEMESTRI DAVOMIDA ILMIY PEDAGOGIK ISHLARNING YAKUNI BO’YICHA HISOBOTI TERMIZ – 2022 I. O’QUV METODIK ISHLAR 1.1. 2021-2022-o’quv yili 1-semestr mobaynida o’quv rejada belgilangan “Bioxilma-xillik”, “Ilmiy tadqiqot metadalogiyasi”, “Biostatistika ” fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlariga qatnashib, semester bo’yicha “4” baholarga o’zlashtirdim. 1.2. Shaxsiy ish rejada rejalashtirilgan ishlar ijrosi bo’yicha kafedraga har oyda bajargan ishlarim bo’yicha hisobot berib bordim. II. ILMIY TADQIQOT ISHLARI 2.1. 2021-2022-o`quv yili 1-semestrda kafedraning ilmiy va innovatsion tadqiqotlar, xo’jalik ishlarida ishtirok etish rejalarida faol ishtirok etdim. 2.2. Tasdiqlangan grafik asosida 1-semestr mobaynida ilmiy seminarlarda dissertatsiya mavzuyim bo’yicha 1- marta (yig’ilgan ma’lumotlar bo’yicha) ma’ruza bilan ishtirok etganman. 2-kurs magistrlar dissertatsiya ishlarining bajarilishi bo’yicha ilmiy smenarida ishtirok etdim. 2.3.Kafedra qoshidagi “yosh botaniklar” ilmiy to’garagi faoliyatida ishtirok etdim. Jumladan, 2022-yil yanvar-fevral oylarida dissertatsiya mavzularida ilmiy seminarda ma’ruza qildim. III. ILMIY-PEDAGOGIK ISHLAR 3.1. “Botanika” fani bo’yicha o’quv jarayonlarini tashkil etishga bog’liq meyoriy hujjatlar, jumladan, DTS 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu fan bo’yicha o’quv reja oliy Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 2021-yil 28-avgustda tasdiqlangan, fan dasturi esa 2021-yil 30-avgustda o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan. Ishchi o’quv reja esa TerDU rektorati tomonidan 2021-yilda tasdiqlangan. 3.2. 2021-2022-o‘quv yili 1-semestr mobaynida “Botanika” kafedrasi professor o’qituvchilaridan dots.Sattarov A, dots.Xayitova Sh, Sharipov A, dots.Begmatov Alarning darslariga kirib, dars o’tish mahoratlarini o’rgandim va ilmiy rahbarimning dars o’tish bo’yicha tahliliy fikrlarini, takliflarini o’rganib chiqdim (12 ta dars tahlili bo’yicha xulosa ilova qilinadi) 3.3. Fanlar bo’yicha innovatsion pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va kafedrada tayyorlanadigan o’quv uslubiy adabiyotlar hamda to’plamlarni tayyorlashda ilmiy rahbar tavsiyasi asosida ishtirok etdim. 3.4. Ilmiy-pedagogik ishlar bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlarni ilmiy rahbar bilan birgalikda amalga oshirdik. IV. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI TAYYORLASH 4.1. Dissertatsiya mavzuyim “Surxondaryo viloyati sharoitida Zig’ir Linum usititassimum L. ning bioekologiyasi va yetishtirish texnologiyasi” deb nomlanadi va 1-semestr mobaynida 1 va 2-boblarni yakunlash shaxsiy ish rejamda rejalashtirilgan. Bu borada belgilangan grafik asosida ilmiy seminarlarda har bir paragrafni muhokamadan o’tkazdim va belgilangan tartibda rasmiylashtirishni amalga oshiryapman. Fevral oyi yakunida ilmiy rahbarim b.f.d Omonov M boshchiligida dissertatsiya mavzusi metodlari bilan yaqindan tanishdim va amaliy ko’rsatmalar oldim. Semestr davomida laboratoriya sharoitida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordik va davom etyapmiz. 1-semestr yakunida shaxsiy ish reja bo’yicha 1-bobini yozib tugatdim. Magistrant Ismoilova Ruxsora Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling