O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat pedagogika instituti pedagogika va san’at fakulteti «umumiy psixologiyа»


-rasm. Bosh miya va uning tuzilmasi


Download 1 Mb.
bet22/158
Sana31.01.2024
Hajmi1 Mb.
#1829490
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   158
Bog'liq
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-fayllar.org

1-rasm. Bosh miya va uning tuzilmasi
Yarim sharlarning miya po‘sti deb ataladigan butun yuzasi tekis bo‘lmay, balki g‘ijim-g‘ijim, burmachalar bilan qoplangandir, bular go‘yo egat va pushtalarga o‘xshaydi. Shu bilan birga, hayvon biologik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa, yarim sharlar yuzasidagi bu egatlar shuncha chuqurroq va pushtalari ko‘proq bo‘ladi. Odam miyasining yarim sharlaridagi pushtalar juda ko‘p va egatlari ko‘p darajada chuqurdir.

tepa bo’lagi

ensa bo’lagi

Bosh miya po‘sti miyaning kul rang moddasidan iborat 9-rasm. Miyaning turli qismlarida po‘stning qalinligi 1 mm dan. 4-5 mm gacha boradi. Odamning bosh miya po‘stining butun yuzasi o‘rta hisob bilan 2000 kv.sm keladi. Bosh miya yarim sharlari po‘stining yuzasi odatda to‘rtta katta qismga – peshona qismi (yeng kattasi), tepa qismi, ensa qismi va chakka qismiga bo‘linadi 2-rasm. Ba’zi bir olimlarning hisobiga qaraganda, bosh miya po‘sti va yarim sharlarida 15 milliardga yaqin nerv hujayrasi bor. Katta yarim sharlar po‘sti shakli va funksiyasi bilan bir-biridan farq qiladigan olti qavat nerv hujayralaridan tuzilgan 4-rasm. Oltinchi qavat o‘z navbatida ikki qatlamga bo‘linadi. Ammo bosh miya po‘stining turli qismlari olti qavat hujayradan. iborat emas, balki ikki, uch, to‘rt qavatdan, ba’zi qismlari esa olti qavatdan iborat. Bosh miya po‘stining hujayralar qavati bir xilda bo‘lgan uchaskalari maydon hosil qiladi. Odam bosh miyasining po‘stida hammasi bo‘lib 52 ta maydon bor Tuzilish jihatidan bir-biriga o‘xshaydigan maydonlar sohalarni tashkil etadi; bunday sohalar 11 tadir. Bosh miya po‘stining uchinchi va beshinchi qavatlari katta-gan, qolgan qavatlari esa mayda (donasimon) hujayralardan, uchburchak va dugsimon hujayralardan tuzilgan. Bosh miyaning po‘sti otsidagi qismlari po‘st otsidagi soha deb ataladi


5. Ijtimoiy xulq-atvor
Shaxs ijtimoiy psixologik mavjudot sifatida hamisha ijtimoiy muhit ta’sirida bo‘ladi va ularni anglaydi. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning axloqi, ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o‘ziga ham bog‘liqdir. Odamning o‘z-o‘zini anglashi, bilishi va o‘z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o‘ziga, o‘z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni o‘rab turgan odamlar, ularning xulq-atvoriga e’tibor berishdan tashqari, o‘zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
Xalqaro kommunikatsiya kanalining kengayishi, turli shakldagi informativ axborotlar, syujetlar, kino va video filmlar yoyilishining kuchayishi munosabati bilan odamlar xatti-harakatida, nutq manerasida, imo-ishorasida, harakatlanish maromida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Yoshlar shaxsiyatida shakllanayotgan ko‘pgina xatti-harakat ko‘nikmalari ham ijobiy, ham salbiy xususiyatga ega. Ijobiy tomoni shundaki, madaniy aloqalar negizida millatlar urf-odati yuzasidan ma’lumot olish, mamlakatlar tabiati bilan tanishish, yangi texnologiya mohiyatini anglash, jahon sivilizatsiyasini egallash, sport turlarini o‘zlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratilishidir. Bu ijtimoiy taraqqiyparvarlik ko‘rinishining ro‘y-rost ifodasi bo‘lib, millatlararo baynalminalchilik tuy g‘usini tarkib toptiradi. Ba’zi jihatlari bilan insonning jasurlik, mardlik, botirlik sari undaydi, vatanparvarlik tuy g‘usining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Tabiatning to‘ g‘ri idrok qilishga nafosat xusnini egallashga, fan va texnikaga qiziqish uy g‘onishiga, saviyani kengaytirishga olib keladi, kamolot jarayonini tezlashtiradi. Insonni zukkolikka, topqirlikka, epchillikka o‘rgatadi, uni yashash va kurash yo‘llari bilan tanishtiradi. Hozirgi zamon odamlari xulq-atvorida keksa avlod malakalariga rioya qilish xohishlari kamayib, ularning o‘rniga zamonaviy shakllarni yaratishga, o‘zining dag‘alligi bilan keskin ajralib turishiga alohida e’tibor berishga qaratmoqda. Tomoshabin yoshlar xulq-atvorida vulgarlik, harakatida qo‘pollik, nutq faoliyatida dag‘allik, yurish-turishida ibosizlik, sharm-hayosizlik illatlarini shakllantirmoqda. Milliy urf-odatlarga salbiy ta’sir etib, olamlarni nomussizlik, jaholat, shafqatsizlik, shahvoniy hayot namunalari bilan tanishtirmoqda. Bularning barchasi balo g‘atga yetmagan o‘g‘il-qizlar xulqining buzilishiga olib kelmoqda, shaxslararo munosabat maromini o‘zgartirib, sharqona tarbiyaga putur yetkazmoqda. Ularning salbiy ta’sirlari quyidagilarda o‘z ifodasini topmoqda:
  1. Kinoyalarning dag‘alligi, hazillarning qo‘polligi;


  2. Nutq faoliyatida til madaniyatidan uzoqlashish, jargonlarga serobligi;


  3. Sharm-hayosiz qiliqlar namoyish qilish, kiyinishdagi me’yordan chiqish;


  4. Shahvoniy hayot to‘ g‘risida ochiq parchalarni ko‘rsatish, zo‘rlash (nomusiga tajovuz qilish) usullari bilan tanishtirish;


  5. Zo‘ravonlik va ta’sir o‘tkazish yuzasidan namunalar berish;


  6. Kishilarni jismoniy haqoratlash jarayonini to‘laligicha tomoshabinlar hukmiga havola etish;


  7. Urish, o‘ldirish haqidagi epizodlarga ko‘proq ahamiyat qaratish;


  8. Sharq yakka kurashlaridagi holat ifodasining aks etishi;


  9. Hayotga yengiltaklik bilan qarash namunasini ifodalash;


  10. Shaxslararo munosabatlardagi diyonatsizlik, adolatsizlik ko‘rinishlarining haddan ziyod ekanligi.





Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling