O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat pedagogika instituti pedagogika va san’at fakulteti «umumiy psixologiyа»


Download 1 Mb.
bet63/158
Sana31.01.2024
Hajmi1 Mb.
#1829490
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158
Bog'liq
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-fayllar.org

Klassifikatsiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o‘xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni “Elementlarning davriy tizimi” jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom og‘irligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. O‘rganish uchun qulaylik tug‘dirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda ko‘pchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik narsalarni hodisalarni guruhlarga bo‘lish klassifikatsiyalash yoki turkumlarga bo‘lish deb ataladi. Masalan, kutubxonada kitoblar muqovasiga, farmoyishning mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab turkumlariga bo‘lish mumkin. O‘quvchilarning odatda yoshi yoki jinsiy belgilari bo‘yicha va shu kabilarga qarab turkumlarga bo‘ladilar.
Sistemalashtirish -tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o‘rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o‘tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo‘la oladi. O‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bo‘la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir. Maktab ta’limida o‘zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari bo‘yicha, so‘ng yaxlit holda o‘quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga o‘xshash predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha predmetlar yuzasidan to‘plangan bilimlar ma’lum tartibga tushadi, ularning o‘xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to‘rtinchi bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda egallangan bilimlarni tizimlashtirish nazarda tutiladi. Demak, insoning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy rivojlanishning dastlabki pog‘onasi hisoblanadi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling