O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- N A Z O R A T U CH U N S A V O L L A R
- Tayanch so‘zlar: Ishlab chiqarish travmatizmi, ishlab chiqarish va texnik xizmatlari, instruktaj. Adabiyotlar:1,5,7,15,24,28,40,42 1)
- 3) Mehnat xavfsizligi hamma ishchi-xodimlar, talabalar va o‘quvchilarning
- Birlamchi instruktajni o‘q
- Rejadan tashqari instruktaj
- Adabiyotlar:2,3,4,5,15,22,30,40 1)
- 1.Baxtsiz xodisalarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar;
- 2.Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tadbirlar
- 3.Mehnat sharoitlarini umumiy yaxshilashga qaratilgan tadbirlar;
- N A Z O R A T U CH U N S A V O L L A R
- Adabiyotlar:4,5,6,15,18,28,30,31,40,42 1)
javobgarlikka tortish, davlat nazorat organlari tomonidan yozma ogohlantirish yoki jarimalar solishda ifodalanadi. Jarima solish haqidagi qaror ustidan tuman (shahar) xalq sudiga, jarima solingandan so‘ng 10 kun muddat ichida shikoyat qilinishi mumkin. Moddiy javobgarlikka yuqori xavf manbai keltirgan zarar bilan belgilanadi. Agar ko‘rilgan moddiy zararning yuzaga ketishiga yoki ko‘payishiga aybdorning qo‘pol extiyotsizligi sabab bo‘lsa, aybdor aybining darajasiga qarab, jarima to‘lash miqdori kamaytirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 198-202 moddalari). Jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 257-moddasiga binoan mehnat muhofazasining qoidalariga amal qilmagan holda mehnatkashlarning hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘dirsa, eng kam ish haqining 25% dan 50 % gacha jarima solish yoki 5 yilgacha muayyan xuquqdan mahrum etish yoki 3 yilgacha ahloq tuzatish ishiga yuborish. Agar shu hatti-harakatlar natijasida odamlar bilan baxtsiz hodisalar yuz bersa, ozodlikdan maxrum qilinadi. N A Z O R A T U CH U N S A V O L L A R : 1.Davlat nazorat organlarining vazifalari. 2.Intizomiy va moddiy jazo choralari qay tarzda beriladi? 3.Ma’muriy va jinoiy jazo choralari qay tarzda beriladi. 12 3 – M A ‘ R U Z A. MAVZU: TASHKILOTLAR VA KORXONALARDA, XALQ TA’LIMI TIZIMIDA MEHNAT MUXOFAZASIGA OID ISHLARNI TASHKIL QILISH. R E J A : 1.Tashkilot va korxonalarda xavfsizlik texnikasi xizmatini tashkil qilish. 2. Xalq ta’limi tizimida mehnat muhofazasiga oid ishlarni tashkil qilish. 3.Instruktaj berish va mehnatning xavfsizlik usullariga o‘qitish. Tayanch so‘zlar: Ishlab chiqarish travmatizmi, ishlab chiqarish va texnik xizmatlari, instruktaj. Adabiyotlar:1,5,7,15,24,28,40,42 1) Korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasining umumiy holatiga uning direktorlari, boshliqlari javobgardirlar. Ishlab chiqarish sohalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xavfsizlik texnikasi xizmati tashkil qilingan. Xavfsizlik texnikasi xizmatining asosiy vazifalari tashkilot va korxonalarda ishlab chikarish jarohatlanishining sabablarini bartaraf etish ishlarini bajarish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xavfsizlik texnikasi va ximoya vositalarini takomillashtirish, ishlab chiqarish madaniyatini ko‘tarish, tashkiliy-texnik va sanitariya-gigiena tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ishlarni nazorat qilishdan iborat . Tashkilotlarda va qishloq xujaligi korxonalarida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va yong‘indan muhofaza qilishni tashkil qilish bo‘yicha injenerlik lavozimi bor. Bu injenerning vazifasiga korxona ishchilariga xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasidan ta’lim berishni tashkil qilishda ishtirok etish va ularning bilimlarini tekshirish kiradi. U jamoaning kasaba uyushmasi bilan birgalikda mehnat sharoitini yaxshilashga oid tadbirlar ishlab chiqadi va ularning bajarilish chorasini ko‘radi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha injener ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar yuz bergan vaziyatni va uning sabablarini tekshirishda ishtirok etadi, jarohatlanishlar to‘g‘risida hisobotlar tuzadi, uning sabablarini o‘rganadi va ularni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqadi. 2) Xalq ta’limi tizimida mehnat muhofazasining umumiy holati o‘quv muassasalarining rahbarlariga yuklatiladi. Ular quyidagilarni amalga oshirishlari shart: - butun o‘quv jarayonida o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash; - maktabda, litseyda va kollejlarda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha plakatlar, yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlar bilan ta’minlash; - ishlab chiqarishda va o‘quv jarayonida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni tekshirish va unga sabab bo‘lgan kamchiliklarni tuzatish. - har kanday og‘ir yoki ommaviy baxtsiz hodisalarni tezda viloyat xalk ta’limi boshqarmasiga, prokuraturaga va viloyat kasaba uyushmasiga xabar etkazishni tashkil qilish kerak; 13 - kasaba uyushmasi bilan birgalikda har chorakda mehnat muhofazasi bo‘yicha tadbirlarning bajarilishini tekshirib boradi; - mehnat muhofazasi holati bo‘yicha javob beruvchi shaxsning hisoboti tinglanadi va sodir bo‘lgan kamchiliklar tuzatilib boriladi; - doimiy o‘quv xonalarining havo iqlimini, changlanganligini va zaharli gazlarning bor-yo‘qligini tekshiradi, shuningdek dizenfeksiya qilishni tashkil qiladi; - har yili elektr qurilmalarining erga ulab muhofazalanishini hamda izolyasiyasini tekshirtirib boradi; - o‘z vaqtida o‘quv xonalarining remontini tashkil qiladi (potolok, pollar va xokazolar). 3) Mehnat xavfsizligi hamma ishchi-xodimlar, talabalar va o‘quvchilarning xavfsizlik qoidalarini bilishlariga bog‘liq. SHuning uchun ishga yangi qabul qilingan barcha ishchilar ish o‘rinlarida kirish instruktaji va birlamchi instruktajdan o‘tganlaridan keyingina ishlashga ruxsat etilishi mumkin. Bundan tashqari davriy instruktaj, rejadan tashqari instruktaj, qo‘shimcha instruktaj va oylik o‘qish kurslardan iborat. Kirish instruktajini tegishli sohaning bosh mutaxassisi o‘tkazadi. U mehnat muhofazasiga oid qonunchilik tg‘grisidagi asosiy ma’lumotlarni, ichki tartib- qoidalar va korxonadagi xavfsizlik qoidalari to‘g‘risida gapirib beradi. Kirish instruktaji suhbat yoki ma’ruza ko‘rinishida o‘tiladi. Kirish instruktajini o‘tishda ko‘proq texnika asboblari, ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘tish kerak. Instruktaj o‘tgandan keyin albatta jurnal tutish kerak va bu jurnalga o‘quvchilar va talabalar instruktaj o‘tganligi haqida imzo qo‘yishi kerak. Birlamchi instruktajni o‘qituvchi yoki uchastka boshlig‘i har bir talaba bilan yoki ishchi bilan olib boradi. Birlamchi instruktajga ishchining o‘z ixtisosligi bo‘yicha vazifalari, ish o‘rnini xavfsiz tashkil qilish tartibi bilan tanishtirish, asbob-uskuna va ximoya vositalarini ishlatish hamda ulardan foydalanish qoidalari, xavfsiz ishlash usullari, yong‘inni o‘chirish vositalari va signalizatsiyaning turar joyi hamda ishlatish usullarini, shuningdek, xavf tug‘ilgan taqdirda o‘zini qanday tutish kerakligi bilan tanishtiriladi. Instruktaj o‘tuvchi shaxs ishchining yoki talabaning xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilimini tekshirib ko‘radi, agar u mehnat muhofazasining asosiy talablarini, qoidalarini o‘rgangan bo‘lsa, uni ishlashga ruxsat beradi va jurnalga qayd qilib qo‘yadi. Davriy instruktaj – ishchi-xodimlarga va talabalarga kamida yarim yilda bir marta ish joyida o‘tkaziladi. Uning maqsadi – ishchilarning xotirasida xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi kurashish koidalaridan bilimlarini mustaxkamlash uchun, hamda elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun esa kamida 3 oyda bir marta bevosita ish o‘rinlarida o‘tkaziladi. Rejadan tashqari instruktaj – xavfsizlik qoidalari yoki asbob-uskuna va xavfsiz ishlashga ta’sir qiluvchi boshqa har qanday omillar o‘zgarganida, 14 shuningdek biror xodim tomonidan jarohatlanish, avariya yoki yong‘in chiqishiga olib keladigan darajada xavfsizlik qoidalari buzilganda o‘tkaziladi. qo‘shimcha instruktaj esa baxtsiz hodisadan keyin, so‘nggi instruktaj berilgan sanadan qat’i nazar hamma xodimlar bilan o‘tkaziladi. Oylik o‘qish kurslarida kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, balandlikda ishlovchi montajchilar, izolyasiyalovchilar, elektr-gaz payvandchilar va yuqori xavf manbaida ishlaydigan ishchilar o‘qiydi. Ular tashkilot bosh injeneri tasdiqlagan dastur asosida ishlarning xavfsiz ishlash usullariga o‘qitadi. O‘qitish tugagandan so‘ng ishchining ko‘rsatilgan ishlarning usullari va ishlab chiqarish sanitariyasi talablarini o‘zlashtirganligi yuzasidan olgan bilimi tekshirilib, unga guvohnoma beriladi. Normal ish rejimidan chetga chiqish, ishlab chiqarishda zararli muhitning borligi, xavfsizlik qoidalari va mehnat intizomining buzilishi natijasida ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin. N A Z O R A T U CH U N S A V O L L A R : 1. Xavfsizlik texnikasi xizmatining asosiy vazifasi nimadan iborat? 2. Xalk ta’limi tizimida mehnat muhofazasining umumiy holatiga kim javobgar va ular nimalarni tashkil qilishlari kerak? 3.Talaba va o‘quvchilarga beriladigan instruktajning kanday turlarini bilasiz? 15 4 – M A ‘ R U Z A MAVZU: MEHNAT MUHOFAZASINI YAXSHILASH BO‘YICHA REJALI TADBIRLAR. R E J A : 1.Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari. 2.Mehnat xavfsizligi psixologiyasi. Tayanch so‘zlar: Mehnat Kodeksi, imtiyoz, kafolat, qo‘shimcha ta’tillar, ishlab chiqarish normalari, ijtimoiy sug‘urta, qisqartirilgan ish vaqti va kuni. Adabiyotlar:2,3,4,5,15,22,30,40 1).Ishchilarning sog‘lom va bexatar mehnat qilishlari hamda ularning ish sharoitlarini yaxshilashga faqat yuksak darajadagi, xavfsizlik texnikasi talablariga javob beradigan zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy qilish bilangina erishish mumkin. Bu borada mehnat muhofazasini yaxshilash maqsadida rejali tadbirlar ishlab chiqiladi. Kasaba uyushma ustaviga asosan har yili ma’muriyat bilan ishchi- xizmatchilar o‘rtasida o‘zaro mehnat munosabatlari to‘g‘risida jamoat bitimi tuziladi. Bu bitimda ishchi va xizmatchilarning mehnat qilishi va madaniy, maishiy dam olishi tadbirlari haqida ketishib olinadi.Xuddi shu bitimda mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlari, mehnat sharoitini yaxshilash masalalari ham hisobga olinadi va bu masalalar ma’lum tartibga keltirilib, mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari sifatida bitimga tirkab qo‘yiladi. Nomenklatura chora-tadbirlari planini kasaba uyushmasi bilan ketishgan holda ma’muriyat xodimlari turadi. Unga ushbu korxonada hozirgi mehnat sharoiti, kasb kasalliklari va sanoat korxonasida inson organizmiga ta’sir qiluvchi zararli omillarning mavjudligi asos qilib olinadi. Bu reja kasaba uyushma bilan ketishilgandan keyin ishchilarning umumiy majlisida muxokama qilinadi. Nomenklatura chora-tadbirlariga asosan ish sharoitini yaxshilashga olib keladigan chora-tadbirlar kiritilib, ularni shartli ravishda quyidagi uch guruhga bo‘lib qarash mumkin. 1.Baxtsiz xodisalarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar; bunga qo‘shimcha saqlovchi va muhofaza qiluvchi to‘siq tizimlarini o‘rnatish, blokirovka qilish, muhofazaning avtomatik sistemalarini qo‘llash, uzoqdan turib boshqariladigan asboblar joriy qilish, signal tizimlarini, mexanizatsiyalashtirish masalalarini va boshkalar kiradi. 2.Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tadbirlar; bunga ishchilar har xil zararli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalardan muhofaza qiluvchi qurilmalar tayyorlash yoki sotib olish, yaxshi shamollatish va xavoni tozalash tizmlarini o‘rnatish, 16 suv ichadigan fontanchalar o‘rnatish va ichimlik suvini tozalash hamda gazlash uchun asbob-uskunalar sotib olish. 3.Mehnat sharoitlarini umumiy yaxshilashga qaratilgan tadbirlar; bunga oqilona yoritish, sanitariya-maishiy xonalar holatini yaxshilash, maxsus kiyim bosh va oyoq kiyimlarini vaqtida sifatli remont kilish, mehnatni muhofaza qilish kabinetlari va burchaklari tashkil qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga oid instruksiyalar, eslatmalar chikarish. Nomenklatura chora-tadbirlari ish bitimiga kiritilganligi va ishchilarning umumiy majlisida tasdiqlanganganligi sababli, bu chora- tadbirlar bajarilishi shart bo‘lib qoladi va uning bajarilishi haqida ma’muriyat ishchilarga axborot berib turishi kerak. Unga sarflanadigan mablag‘ ishlab chiqarish korxonasining asosiy fondidan olinadi va bu mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanish mutloqo taqiqlanadi. 2) Har yili ishlab chiqarish jaroxatlanishining olidini olishga yuz million so‘mlab mablag‘ sarflanadi, biroq ko‘pgina korxonalarda jaroxatlar sodir bo‘lib turadi. Baxtsiz hodisa yuz bergan sharoitlarni tekshirish shu narsani ko‘rsatadiki, uning sodir bo‘lishiga ko‘pincha jarohatlanuvchining o‘zi, uning shaxsiy sifatlaridagi etishmovchilik sabab bo‘lar ekan. Ko‘pincha ishni bajarishda ishlovchiga bog‘liq bo‘lgan psixologik faktorlarning katta ta’siri borligini ko‘rsatadi. Mehnat xavfsizligi psixologiyasining asosiy xollari quyidagilar: 1. Mehnat xavfsizligi ishlovchining jismoniy va biologik sifatlarining katta kompleksiga bog‘liq: yangi ishchilarni qabul qilishda asosiy e’tiborni ularning o‘z kasblarini to‘g‘ri tanlashiga va ishning xavfsiz usullarini o‘zlashtirishlariga jalb qilish lozim. Ishlovchilarning hatti-harakatida intizom va o‘zini tuta bilishiga erishish ham asosiy faktorlardan biridir. Bu narsa xavfsizlik texnikasi talablarini sistematik ravishda bajarishda namoyon bo‘ladi. Ishlovchilarni sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar bilan tanishtirishda, uning barcha sodir bo‘lish sabablarini tushuntirish va shu erning o‘zida uning oldini olish yo‘llarini ko‘rsatish lozim. 2. Texnikaviy kamchiliklarning ta’siri. Insoning psixtik hayoti asosan tashki muhitga bog‘liq va ishni bajarish paytida bu muhitdagi zararli faktorlar insonga butunlay yomon ta’sir ko‘rsatadi. Bu zararli faktorlarga quyidagilar kiradi: gaz va chang bilan ifloslanganlik, yomon yoritilganlik, juda past (- 4 , - 6 S 0 ) yoki juda yuqori (] 30 S 0 ) xarorat, shovqin. Bu omillar ishlovchining tez charchashiga, sergakligining yo‘qolishi kabilarga sabab bo‘ladi, bular esa tajribasizlik va extiyotsizlik bilan birgalikda baxtsiz hodisaga olib keladi. 3. Ishlovchilarning jarohatlanishiga sabab bo‘luvchi shaxsiy sifatlari. Ishga qabul qilinayotgan ko‘pchilik kasbdagi kishilar uchun majburiy bo‘lgan meditsina ko‘rigini o‘tkazish vaqtida 17 (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 214-modda) ishga qabul qilinayotgan kishining shaxsiy sifatlarini, shuningdek uning sog‘ligidagi jarohatlanishga chalinishini kuchaytiradigan etishmovchiliklarni kompleks ravishda hisobga olish zarur. Bularga quyidagilar kiradi: 1. Asab kasalligi tizimi yoki boshqa organlardagi doimiy funksional o‘zgarishlar; 2. Sezgi organlarining turli kamchiliklari, ko‘rishning qisman yo‘qotilishi, garanglik va hokazo; 3. Harakatlarning moslashuvidagi nuqsonlar (epchilmaslik, ishonchsiz harakatlar); 4. Emotsional jarayonlarning muvozanatlashmaganligi (xursandchilik, arzimagan tashqi ta’sirga darxol berilishi), bular engiltaklik, o‘ylamasdan ish qilish, shoshma-shosharlikda namoyon bo‘ladi; 5. Alkogolь va narkotik moddalarga ruju qo‘yish; 6. Ishdan ko‘ngli to‘lmaslik va unga qiziqishning yo‘qligi, bundan esa xardamxayollik, qiziqmaslik kelib chiqadi. YUqorida aytilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, tibbiy ko‘rikning salbiy xulosasiga yoki bajarayotgan ishiga o‘zining shaxsiy xislatlari mos kelmasligiga qaramasdan ishga kirgan kishi, boshqalarga nisbatan o‘zining baxtsiz hodisaga uchrashiga doimo sababchi bo‘ladi. N A Z O R A T U CH U N S A V O L L A R : 1. Mehnat muhofazasiga oid nomenklatura chora tadbirlariga nimalar kiradi? 2. Mehnat muhofazasini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga mablag‘ qanday ajratiladi? 3. Mehnat xavfsizligi psixologiyasining asosiy xollarini aytib bering. 18 5- M A ‘ R U Z A. MAVZU: BAXTSIZ XODISALAR VA KASB KASALLIKLARINI TEKSHIRISH. R E J A : 1. Baxtsiz hodisalar haqida umumiy ma’lumotlar. 2. Kasb kasalliklari haqida tushunchalar va jarohatlanish sabablarini taxlil qilish uslublar. Tayanch so‘zlar: Bahtsiz hodisalar, statistik, topografik, iqtisodiy va monografik metod. Baxtsiz hodisalarga travmalar, shikastlanishlar, sinish, kuyish, issiq urishi, sovuq urishi. Adabiyotlar:4,5,6,15,18,28,30,31,40,42 1).Baxtsiz hodisa – inson organizmi ish qobiliyatini yo‘qotishga olib keladigan to‘satdan jarohatlanishidir. Baxtsiz hodisalarga jarohatlar, tok urishi, shikastlanishlar, sinish, kuyish, issiqlik urishi, sovuq urishi, kuchli zaharlanishlar kiradi. Baxtsiz hodisalar ishlab chiqarish bilan, ish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan, ishdan tashqari yuz bergan (maishiy) baxtsiz hodisalarga bo‘linadi. 1. Baxtsiz hodisa quyidagi xollarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘ladigan hisoblanadi: a) tashkilot xududida sodir bo‘lsa; b) tashkilot topshirig‘ini bajarayotgan vaqtda tashkilot xududidan tashqarida, shuningdek, tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transportda ishchi va xizmatchilarni ish joyiga olib borish vaqtida va boshqa xollarda sodir bo‘lsa; v) ish vaqti davomida, ish boshlanishidan oldin va tugallanganidan so‘ng, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlarni bajarishda, dam olish va bayram kunlarida; g) ish vaqti mobaynida korxona yaqinida yoki boshqa ish o‘rnida, ya’ni bunga ko‘zda tutilgan tanaffuslar kiradi. 2. Baxtsiz quyidagi xollarda ish bilan bog‘liq deb hisoblanadi: a) davlat va jamoat vazifalarini bajarishda, shuningdek, kasaba uyushma yoki boshqa jamoat tashkilotlarining maxsus topshiriqlarini bajarish vaqtida, inson hayotini qutqarishda, davlat mulki va jamoat tartib-intizomini muhofaza qilish bo‘yicha fuqarolik burchini bajarishda; b) ishga borish va ishdan qaytish yo‘lida. 3. Baxtsiz hodisa quyidagi xollarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq emas deb hisoblanadi: a) ma’muriyatning ruxsatisiz shaxsiy maqsadlarda kandaydir buyumlar tayyorlash yoki korxonaga tegishli transport vositalaridan foydalanishda; b) tashkilot xududida sport o‘yinlari vaqtida; v) material, asbob-uskuna yoki boshqa buyumlarni o‘g‘irlash vaqtida; g) mast bo‘lish natijasida yuz berganda. 4.YUqorida sanab o‘tilgan toifalarga kirmaydigan barcha boshqa baxtsiz hodisalar ishdan tashqari yuz bergan ya’ni maishiy baxtsiz hodisalar hisoblanadi. 19 O‘lim bilan tugagan, og‘ir jarohatlanish va guruh bilan baxtsiz hodisaga uchragan xollardan tashqari hamma baxtsiz hodisalarni tekshirishnissex boshlig‘i, xavfsizlik texnikasi muxandisi va jamoat inspektori tarkibida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi. Bir kundan kam bo‘lmagan ish kunini yo‘qotgan baxtsiz hodisalar 24 soat davomida tekshirilib, maxsus shakl bo‘yicha (N - 1) to‘rt nusxadan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada baxtsiz hodisaga uchragan inson haqidagi axborotdan tashqari, aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz hodisalar qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilganligi haqida axborot beriladi. Dalolatnomani korxonaning bosh muxandisi tasdiqlaydi. Uning bir nusxasissex boshlig‘iga yuboriladi va u bosh muxandis belgilagan muddat davomida dalolatnomada ko‘rsatilgan mehnatni muhoaza qilish masalalarini amalga oshirishi kerak, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmaga, uchinchisi tegishli kasaba uyushmaning texnik inspektoriga va turtinchisi mehnatni muhofaza qilish bo‘limiga nazorat o‘rnatish uchun yuboriladi. Ma’muriyat baxtsiz hodisaga uchragan insonga aktning tasdiqlangan nusxasini berishi shart. Baxtsiz hodisaning asoratlari keyinchalik ham kelib chiqishini hisobga olib, aktlar 45 yilgacha saqlanishi kerak. Baxtsiz hodisaga uchragan insonni hisobga olib, unga ma’lum davolanish kursi belgilanadi. Agar zarur bo‘lsa kasb kasalligiga uchragan xodimni vrachlar tibbiy ekspert komissiyasi (VTEK) ga yuboriladi va unda uning kasb kasalligining oqibati natijasida nogironlik guruhi aniqlanadi. Xodimlarga zararli mehnat sharoitlari ta’sir etishi natijasida yuzaga kelgan kasallik kasbiy kasallik deb ataladi. Kasbiy zaharlanish – kasbiy kasallikning xususiy xolidir. 2). Jarohatlanish va kasbiy kasallanishlarni taxlil qilish baxtsiz hodisa va kasallanishlarni yuzaga keltirgan qonuniyatlarni ilmiy jihatdan asoslashga imkon beradi. Jarohatlanish sabablarini taxlil qilishning statistik, topografik, monografik, iqtisodiy uslublari bor. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling