O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 297.96 Kb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI TOPSHIRDI: UROZOVA M. QABUL QILDI: TURSUNOV A.
- Kirish. Asosiy qism 1.Fizikani muammoli o’qitish usullari. 2.Fizika fanini dasturiy o’qitish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA TA’LIM YO’NALISHI III-BOSQICH 302-GURUH TALABASI UROZOVA MUYASSARNING FIZIKA O’QITISH USLUBI FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI TOPSHIRDI: UROZOVA M. QABUL QILDI: TURSUNOV A. TERMIZ-2020 MAVZU:Fizikani muammoli o’qitish, dasturiy o’qitish va kompyuterda ishlash dasturlarini tuzish Reja: Kirish. Asosiy qism 1.Fizikani muammoli o’qitish usullari. 2.Fizika fanini dasturiy o’qitish 3.Fizika o’quv mavzularini tushuntirishda axborot texnologiyalarini qo’llash usullari. III.Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH Bugun Vatanimizga nafaqat yuqori malakali mutaxassislar, balki umumbashariy meros va kadriyatlarni zamonaviy bilim va tafakkur bilan boyitishga qodir huquqiydemokratik jamiyatda odamlarning ozod va erkin yashashini mustaqil fikr yuritib, har tomonlama asoslangan qarorlar qabul qilishini hayotiy zarurat deb biladigan barkamol yoshlar kerak. I.A.Karimov. Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodi va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarib, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasida davlat ta’lim dasturi ishlab chiqilgan. Unda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilangan . Kishilik jamiyati necha ming yillar davomida evolyustion rivojlanish davrlarini boshdan kechirdi. Bu rivojlanishlarning asl negizini faylasuflar aytganidek qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniyati tashkil qiladi va belgilaydi. Madomiki shunday ekan, qarama-qarshiliklarsiz taraqqiyot bo’lmaydi. Falsafaning o’zida ham bir-biriga qarama-qarshi g’oyalar kurashi barcha jabxalarda, narsa va hodisalarga ob’yektiv va sub’ektiv baho berishda ko’rinadi. Insoniyatning jamiyatni rivojlantirish yo’lidagi hatti-harakatlari ham mana shu qonuniyatdan kelib chiqqan holda bajarilgan. Barcha hatti-harakatlar zamirida «Manfaat» tushunchasi yotadi va jamiyat manfaatlarqarama-qarshiligiga asoslangan holda rivojlanadi. XX asr insoniyat taraqqiyotining evolyutsionrivojlanish darajasini nihoyatda tezlashtirib yubordi. Insoniyatning necha ming yilliklar jarayonida erishgan fan texnika sohasidagi yutuqlar shu bir asr davomida misli ko’rilmagan darajada taraqqiy topdi. Buning boisi esa, ijtimoiy tuzimlar o’rtasidagi qarama-qarshilik edi. Barcha fanlar rivoji zamirida ham qaramaqarshilik yotadi va bu esa, fanlarning o’sishi, rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun bosh omil bo’lib hisoblanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng jamiyatimizning taraqqiyot yo’li va bosh maqsadi belgilandi. Ya’ni, rivojlangan, demokratik huquqiy jamiyat qurish jamiyatning asosiy ko’zlagan maqsadiga aylandi. Bu jamiyatni qurish uchun shu jamiyat quruvchilarini, ya’ni har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni, komil insonni tarbiyalab etishtirish zaruriyati paydo bo’ldi.
Download 297.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling