IV. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI TAYYORLASH
4.1. Dissertatsiya mavzum “O‘zbek tilida nafrat ma’nosining ifodalanishi” deb nomlanadi va 1-semestr mobaynida 2-bobni yakunlash shaxsiy ish rejamda rejalashtirilgan. Bu borada belgilangan grafik asosida ilmiy seminarlarda har bir paragrafni muhokamadan o’tkazdim va belgilangan tartibda rasmiylashtirishni amalga oshiryapman.
1-semestr yakunida shaxsiy ish reja bo’yicha 2-bobni yozib tugatmoqdaman (bob bo’yicha ilmiy rahbar xulosasi ilova qilinadi).
Magistrant: Yakubova Dilafruz
Termiz davlat universiteti magistratura bo`limi lingvistika
(o`zbek tili) yo`nalishi II kurs magistranti
Yakubova Dilafruzning 2022-yil sentabr oyi davomida
bajargan o`quv va ilmiy ishlari haqidagi
HISOBOTI
Men nazarda tutilgan oy mobaynida ilmiy rahbarim, qolaversa, kafedradagi o’qituvchilar ko’magida magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va uning mazmuniga qo`yiladigan talablar hamda yozish texnalogiyasi haqida tushunchaga ega bo’ldim. Bu jarayonda bir nechta dissertatsiya ishlarini ko’rib chiqdim va tanishdim. Shunga muvofiq magistrlik dissertatsiyasini yozishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerakligini bildim :
1. Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi kerakligi: titul varaq; dissertatsiyaning QR kodli manzili, foydalanilgan bo’lsa qistartmalar ro’yhati, ikki tilda (o`qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi; mundarija; kirish; asosiy qism; xulosa; adabiyotlar ro`yxati; ilovalar (mavjud bo`lsa) bo’lishi kerakligi haqidagi;
2. Kirish quyidagilarni qisqacha o`z ichiga olishi lozim: magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; tadqiqot obyekti va predmeti; tadqiqot maqsadi va vazifalari haqidagi ; ilmiy yangiligi; tadqiqot mavzusi bo'yicha adabiyotlar sharhi (tahlili); ish tuzilmasining tavsifi.
3. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo`lib, boblar hajm jiqatidan o`zaro mutanosib bo`lishi va quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim: tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili; tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni; tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining shaxsiy hissasi ko`rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni bo’lishi haqidagi ;
4. Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bo`yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak haqidagi ;
5. Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo`lgan qo`shimchа ma`lumotlarni o`z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismdan oshmasligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |