Ilmiy rahbar: f.f.d. prof. B.Umurqulov
Kafedra mudiri: f.f.d. prof. B.Umurqulov
Termiz davlat universiteti magistratura bo`limi lingvistika
(o`zbek tili) yo`nalishi II kurs magistranti
Yakubova Dilafruzning 2022-yil oktabr oyi davomida
bajargan o`quv va ilmiy ishlari haqidagi
HISOBOTI
Ilmiy rahbarimning topshirig’i asosida magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga oid bo’lgan adabiyotlarni va ilmiy ishlar: dissertatsiyalar, avtoreferatlar va metodik qo’llanmalar, monografiyalarni yig’ib, ular bilan tanishib chiqdim.
Mavzu yuzasidan olgan tushunchalarim va fikrlarim haqida ilmiy rahbarim bilan bog`lanib, ma’lumot berdim. Mavzuyimga tegishli bo’ldan dissertatsiya, ilmiy maqolalarni ko’rib o’rganib chiqdim. To’plagan ma’lumotlarin asosida “Образование и наука в XXI веке” xalqaro ilmiy jurnalida “Xorijiy sotsiolingvistika” nomli maqolam bilan ishtirok etdim va sersifikat bilan taqdirlandim. Ushbu maqolada til va jamiyat munosabati, tilning sotsial farqlanishi, jamiyatdagi lisoniy vaziyat, til va ijtimoiy munosabatlar haqida bayon etilgan.
O`zbek tilining badiiy asarlarida tarkibidan hurmat ma`nosidagilarini badiiy asarlardan olingan misollari bilan aniqlashga harakat qildim.
Shuningdek, holat so'zlarning badiiy asar matnlarida keltirilgan misollarida ichki lesik-semantik guruhlanishiga e’tibor qaratdim.
Ilmiy rahbar: f.f.d. prof. B.Umurqulov
Kafedra mudiri: f.f.d. prof. B.Umurqulov
Termiz davlat universiteti magistratura bo`limi lingvistika
(o`zbek tili) yo`nalishi II kurs magistranti
Yakubova Dilafruzning 2022-yil noyabr oyi davomida
bajargan o`quv va ilmiy ishlari haqidagi
HISOBOTI
Ushbu oy davomida dissertatsiyaning asosiy qismi uning to‘liq hajmining 40% dan kam bo‘lmagan qismini tashkil etish bilan shug’ullandim. Ilmiy ish bayonining mantiqiy strukturasidan kelib chiqib boblar va paragraflarga ilmiy rahbar yordamida bo’lib chiqdim.
Dissertatsiyaning mantiqiy strukturasi haqida nazariy bilimlar oldim. U batamom aniq bo‘lishi uchun uni himoyaga olib chiqilayotgan holatlarning batafsil isboti ko‘rinishida qurilgan mantiqiy butunlik sifatida fikran maketlashtirishga harakat qildim. Avval bunday "maket”ni reja shaklida, har bir paragrafini to‘g‘ri nomlab, to‘g‘ri joylashtirib chiqdim.
Ishni boblar va paragraflarga bo‘lish mavzuni yoritish mantig`iga xizmat qilishga qaratdim. Shuning uchun, bir tomondan, rejaga mavzu doirasidan chiqib ketadigan yoki u bilan bilvosita bog‘langan strukturaviy birliklarni kiritmaslik ustida, ikkinchi tomondan esa punktlar mavzuni to‘liq yoritish ustida ishladim. Dissertatsiya rejasi- bayonning mantiqiy skleti bo‘lib, unda hamma narsa joy-joyida bo‘lishi kerakligi haqida ilmiy rahbardan tushuncha oldim.
Rejaning qoralamasini tuzib chiqdim va ilmiy rahbarga ko’rib chiqish uchun taqdim etdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |