Termiz davlat universiteti magistratura bo`limi lingvistika (o`zbek tili yo`nalishi) I kurs talabasi Nazarov Zokirning 2019-yilning oktabr oyi davomida bajargan o`quv va ilmiy ishlari haqidagi
Hisoboti
O’quv yili boshlangandan so’ng kafedra o’qituvchilari hamda boshqa katta o’qituvchilar bilan maslahatlashgan holda hozirgi kunda tilshunoslikning o’rganilishi kerak bo’lgan soha bo’yicha ilmiy dissertatsiya mavzulari taqdim etilib, rahbar tayinladim. Shundan so’ng so’nggi yillar mobaynida mavzum bo’yicha qilingan dissertatsiyalar, avtoreferatlar haqida ilmiy rahbarimdan ma’lumot oldim. Mavzum bo’yicha rahbarimdan tegishli ko’rsatmalarni olib, yuqoridagi avtoreferatlar bilan tanishib chiqdim. Bundan tashqari mavzum hozirgi kunda tilshunoslikning yangi yo’nalishiga oid bo’lganligi bois unga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni ko’rib o’rganib chiqishga harakat qildim.
Magistratura to’g’risidagi Nizomga ko’ra: “Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy ta’lim muassasalari kafedralarida professor o’qituvchilari tarkibi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari tomonidan shakllantiriladi. Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari qoidaga ko’ra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bag’ishlanadi”. Shunga muvofiq o’z izlanishlarim va qiziqishlarim bo’yicha ariza asosida mavzu tanladim.
Shuningdek, mavzuga doir adabiyotlar ro’yxatlari bo’yicha adabiyotlar to’pladim.
Mavzu bo’yicha internet saytlari
http://www.edu.uz
http://www.uzneolcom.uz
http://www.ziyonet.uz
http://www.referatlar.uz
Ilmiy rahbar: f.f.d. Sh. Maxmaraimova
Kafedra mudiri: f.f.n. B. Umrqulov
Termiz davlat universiteti magistratura bo`limi lingvistika (o`zbek tili yo`nalishi) I kurs talabasi Nazarov Zokirning 2019-yilning noyabr oyi davomida bajargan o`quv va ilmiy ishlari haqidagi
Hisoboti
Ilmiy dissertatsiyamni tanlashda Magistratura to’g’risidagi Nizomda ta’kidlanganidek, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga e’tibor qaratgan holda shu yo’nalishdagi ilmiy ishlar bo’yicha bir necha avtoreferatlar bilan tanishdim.
Bundan tashqari Magistratura to’g’risidagi Nizomda ko’rsatilgan magistr talabaning shaxsiy papkasini shakllantirish bo’yicha quyidagi hujjatlarni taqdim etdim:
Ilmiy ish bo’yicha yillik ish reja.
Shaxsiy ish reja.
Shaxsiy ma’lumotnoma.
3x4 rasm (4 dona)
Chop etilgan ilmiy maqolalar va tezislar ro’yxati va boshqa hujjatlar jamlanmasi
Magistratura Nizomiga ko’ra magistr talabaga ilmiy rahbar tayinlanayotgan vaqtda qo’shimcha tarzda maslahatchi rahbar ham tayinlanadi va maslahatchi ham ilmiy rahbar singari mas’ul shaxs hisoblanadi. Men ilmiy rahbarim hamda ilmiy maslahatchi ustozim bilan birgalikda mavzum yuzasidan kerakli ko’rsatmalar bilan tanishib, qaysi yo’sinda yondashishim kerakligi haqida maslahatlashdik.
Shuningdek, mavzuga doir adabiyotlar ro’yxatlari bo’yicha adabiyotlar to’pladim. Ular quyidagilar:
Sof ko'makchilar. 1991. T.Rustamov
O'zbek tili grammatikasi. 1996. G'.Abdurahmonov
Tilshunoslik_terminlarining_izohli_lug'ati_2002_A_Hojiyev
Ilmiy rahbar: f.f.d. Sh. Maxmaraimova
Kafedra mudiri: f.f.n. B. Umrqulov
Termiz davlat universiteti magistratura bo`limi lingvistika (o`zbek tili yo`nalishi) I kurs talabasi Nazarov Zokirning 2019- yilning dekabr oyi davomida bajargan o`quv va ilmiy ishlari haqidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |