O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo`limi lingvistika : O`zbek tili ta`lim yo`nalishi


Download 106 Kb.
bet1/4
Sana07.02.2023
Hajmi106 Kb.
#1173260
  1   2   3   4
Bog'liq
Yakubova D.hisobot 1-semmestr


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO`LIMI LINGVISTIKA : O`ZBEK TILI TA`LIM YO`NALISHI
2-BOSQICH 121-GURUH MAGISTRANTI
Y AKUBOVA DILAFRUZ TOG’AYMURATOVNANING 2022/2023 O’QUV YILI 1- SEMESTRI UCHUN TAYYORLAGAN
SHAXSIY ISH REJA BAJARILISHI BO’YICHA
HISOBOTI

TERMIZ – 2023
I. O’QUV METODIK ISHLAR
1.1. 2022-2023-o’quv yili 1-semestr mobaynida o’quv rejada belgilangan “Matn tilshunosligi”, “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi”, “Xorijiy sotsiolingvistika” fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlariga qatnashib, ijobiy o’zlashtirdim.
1.2. Shaxsiy ish rejada rejalashtirilgan “Ilmiy pedagogik ish” fani bo`yicha barcha berilgan topshiriqlarni bajardim va ilmiy ish rejalarini ilmiy rahbarim bilan ishlab chiqdik va kafedraga har oyda bajargan ishlarim bo’yicha hisobot berib bordim (asos bo’luvchi xujjat ilova qilinadi).
II. ILMIY TADQIQOT ISHLARI
2.1. 2022-2023-o`quv yili 1-semestrda kafedraning ilmiy va innovatsion tadqiqotlar, xo’jalik ishlarida ishtirok etish rejalarida faol ishtirok etdim. “Образование и наука в XXI веке” xalqaro ilmiy jurnalida “Xorojiy sotsiolingvistika” nomli maqolam bilan ishtirok etdim va sersifikat bilan taqdirlandim.
2.2. Tasdiqlangan grafik asosida 1-semestr mobaynida ilmiy seminarlarda dissertatsiya mavzuyim bo’yicha 4 marta ma’ruza bilan ishtirok etganman. (Ilmiy seminarlar bayonnomalari ilova qilinadi)
2.3. Kafedra qoshidagi “Yosh tilshunoslar” ilmiy to’garagi faoliyatida ma’ruzalar bilan ishtirok etdim. Jumladan, 2022-yil oktabr, noyabr, dekabr oylarida dissertatsiya mavzularida ma’ruzalar qildim.
III. ILMIY-PEDAGOGIK ISHLAR
3.1. “Ona tili va uni o’qitish metodikasi” fani bo’yicha o’quv jarayonlarini tashkil etishga bog’liq me`yoriy hujjatlar, jumladan, DTS 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu fan bo’yicha o’quv reja oliy o’quv o’quv reja Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 2019-yil tasdiqlangan, fan dasturi esa TTPU tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomondan 2019-yil tasdiqlangan. Ishchi o’quv reja esa TerDU rektorati tomonidan 2019-yilda tasdiqlangan.
3.2. 2022-2023-o‘quv yili 1-semestr mobaynida “O`zbek tilshunosligi” kafedrasi professor o’qituvchilaridan F.f.d.prof. B.Umurqulov, F.f.d dots. S.Maxmaraimova, PhD N.Amonturdiyev, PhD N.Kurbanazarovalarning darslariga kirib, dars o’tish mahoratlarini o’rgandim va ilmiy rahbarimning dars o’tish bo’yicha tahliliy fikrlarini, takliflarini o’rganib chiqdim (12 ta dars tahlili bo’yicha xulosa ilova qilinadi)
3.3. Fanlar bo’yicha innovatsion pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va kafedrada tayyorlanadigan o’quv uslubiy adabiyotlar hamda to’plamlarni tayyorlashda ilmiy rahbar tavsiyasi asosida ishtirok etdim (ilova taqdim etiladi).
3.4. Ilmiy-pedagogik ishlar bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlarni ilmiy rahbar bilan birgalikda amalga oshirdik.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling