Ilmiy rahbar: f.f.d. prof. B.Umurqulov
Kafedra mudiri: f.f.d. prof. B.Umurqulov
Termiz davlat universiteti magistratura bo`limi lingvistika
(o`zbek tili) yo`nalishi II kurs magistranti
Yakubova Dilafruzning 2022-yil dekabr oyi davomida
bajargan o`quv va ilmiy ishlari haqidagi
HISOBOTI
Ushbu oy davomida dissertatsiyaning asosiy qismi uning to‘liq hajmining 60% dan kam bo‘lmagan qismini tashkil etish bilan shug’ullandim. Ilmiy ish bayonining mantiqiy strukturasidan kelib chiqib boblar va paragraflarga ilmiy rahbar yordamida bo’lib chiqdim. “Nafrat” tushunchasining matniy ifodasini o‘rganar ekanmiz, milliy madaniyat doirasidan nariga o‘tmasligimizni ta’kidlaymiz. Shu bilan birga, ushbu yondashuv, bir tomondan, muallifning talqinini olgandan so'ng, badiiy kontekstda qayta ko'rib chiqishga to'g'ri keladigan kontseptual xususiyatlarni aniqlashga imkon beradi, ikkinchi tomondan, ushbu kontseptsiyaning ma'nosini aniqlashga imkon beradi. o’zbek mentaliteti uchun ayniqsa muhimdir.
Badiiy asarlardan olingan parchalarda qay tarzada berilishi va ularning lingvostilistik xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qildim.
Ilmiy rahbar: f.f.d. prof. B.Umurqulov
Kafedra mudiri: f.f.d. prof. B.Umurqulov
Termiz davlat universiteti magistratura bo`limi lingvistika
(o`zbek tili) yo`nalishi II kurs magistranti
Yakubova Dilafruzning 2022-yil yanvar oyi davomida
bajargan o`quv va ilmiy ishlari haqidagi
HISOBOTI
Ushbu oy davomida dissertatsiyaning seminarini o’tkazish bilan shug’ullandim. Ilmiy ish bayonining mantiqiy strukturasidan kelib chiqib boblar va paragraflarga ilmiy rahbar yordamida bo’lib chiqdim.
Dissertatsiyaning mantiqiy strukturasi haqida nazariy bilimlar oldim. U batamom aniq bo‘lishi uchun uni himoyaga olib chiqilayotgan holatlarning batafsil isboti ko‘rinishida qurilgan mantiqiy butunlik sifatida fikran maketlashtirishga harakat qildim. Avval bunday "maket”ni reja shaklida, har bir paragrafini to‘g‘ri nomlab, to‘g‘ri joylashtirib chiqdim.
Ishni boblar va paragraflarga bo‘lish mavzuni yoritish mantiqiga xizmat qilishga qaratdim. Shuning uchun, bir tomondan, rejaga mavzu doirasidan chiqib ketadigan yoki u bilan bilvosita bog‘langan linvostilistik birliklarni kiritmaslik ustida , ikkinchi tomondan esa, punktlar mavzuni to‘liq yoritish ustida ishladim. Dissertatsiya rejasi- bayonning mantiqiy skleti bo‘lib, unda hamma narsa joy-joyida bo‘lishi kerakligi haqida ilmiy rahbardan tushuncha oldim.
Yanvar oyi davomida talabalardan mustaqil bilim olishining tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta’minotini o‘rganish jarayonida talabalar uchun mustaqil ishlarni tashkil qilish va ularni qabul qilish jarayonlarida ishtirok etdim. Shuningdek, guruh murabbiyi sifatida tarbiyaviy ishlar olib borish, axborot soatlari, davra suhbatlari tashkil etish yuzasidan tyutorlar faoliyati bilan tanishdim.
Ilmiy rahbar: f.f.d.prof. B. Umurqulov
Kafedra mudiri: PhD N.Amonturdiyev
Do'stlaringiz bilan baham: |