Ish mazmunini baholash va uning afzallik tomonlarini ko`rsatish:
Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo`lgan ma`lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o`rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o`zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya`ni nima noma`lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog`langan bo`ladi. Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo`lsak, u avvalombor talabalarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so`z bilan ifodalash, ya`ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o`rinda izchillik yorqin ko`rinadi: awalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so`ng o`quv muammosi shakllanadi.
Ishda foydalanilgan adabiyotlarga baho berish:
Kurs ishi loyihasini amalga oshirish davomida 9 ta fan adabiyotlari va 9 ta elektron resurslardan foydalanilgan.
Xulosa va takliflarning ochiqligi va dalillarni asoslanganligi:
Muammoli ta`lim jarayonida muayyan texnologiyalar qo`llaniladi. Bu kabi texnologiyalar orasida muammoli bayon, muammoli ma`ruza, evristik suhbat, muammoli namoyish, izlanishga asoslangan amaliy mashgulot, ijodiy topshiriq, hayoliy muammoli tajriba, muammo farazlarini shakllantirish, masalalarni muammoli yechishning optimal variantlarini tanlash, muammoli vazifa, muammoli o`yin kabilar muhim axamiyat kasb etadi. Ulardan o`rinli, maqsadli va izchil foydalanish ta`lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, shu bilan birga talabalarning o`quv-bilish faoliyatini faollashtiradi.
Ishdagi kamchiliklar:
Kurs ishi loyiasini yozish davomida juz`iy xatoliklarga yo`l qo`yilgan, bundan tashqari foydalanilgan adabiyotlar ko`rsatilgan bo`lsada, foydalanilgan manbaning sahifasiga aniqlik kiritilmagan.
Muallifning qaysi taklifini amaliyotga tatbiq etish maqsadga muvofiq:
Informatika fanlarini o`qitishda muammoli ta`lim texnologiyalaridan foydalanish ning ayrim usullari taklif qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |