O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika talim yo’nalishi 2-kurs 221-guruh talabasi Sheraliyeva Muxlisaning kursi sh I


Download 0.58 Mb.
bet1/5
Sana24.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1291739
  1   2   3   4   5
Bog'liq
muxlisa




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika talim yo’nalishi 2-kurs 221-guruh talabasi Sheraliyeva Muxlisaning
K U R S I SH I
Mavzu: Fizikadan turli xil ma’ruzalarni o‘tkazish usullari
T
Tekshirdi: Tursunov Alisher
Bajardi: Sheraliyeva Muxlisa
MUNDARIJA
KIRISH.................................................................................3
I-BOB OLIY O‘QUV YURTLARIDA FIZIKA O‘QITISH.................................................... 5
1.1 MA’RUZA - MATERIALNI BAYON QILISHNING
ASOSIY SHAKLI………………………………................ 5

1.2. MA’RUZA KURSLARI BO‘YICHA SEMINARLAR…................................................................ 11
II-BOB OLIY O‘QUV YURTLARIDA FIZIKA O‘QITISH AMALIY BO’LIMI…11
2.1 MASALA YECHISH BO‘YICHA AMALIY
MASHG‘ULOTLAR ...........................................................13

2.2 LABORATORIYA PRAKTIKUMINI TASHKIL QILISH VA O‘TKAZISH ………………………………18
XULOSA ......................................................................23
Foydalanilgan adabiyotlar ..........................................25
Elektron resurslar..............................................................25
Ilovalar..............................................................................26
KIRISH.
'' Dunyoqarashni nima oʻzgartiradi-ilm, daromad, manfaat ʼʼ
Shavkat Mirziyoyev.
Kurs ishining dolzarbligi:Hozirgi vaqtda ilm olish uchun barcha imkoniyatlarga egamiz: Xohlagan badiiy yoki ilmiy asarni, qiziqqan kitobimizni topishimiz mumkin. Buning uchun ozgina intilish, qiziqish va istakning oʻzi yetarli. Yurtboshimizning taʼlim sohasiga qaratayotgan eʼtibori, yaratayotgan imkoniyatlari yanada faol boʻlishga va oʻzimizni anglashga, teran fikrlashga undaydi.Bundan tashqari hozirgi vaqtda matematika sohasiga qaratilgan eʼtibor juda tez fursatda oʻz ifodasini topib, iqtidorli yoshlarga ulkan zafarlar eshigini ochmoqda.
Maktabda fizika fanini oʻqitish jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanish oʻqitish samaradorligini oshirishning yaqqol omili sifatida koʻzga tashlandi. Chunki yoshlar ongida bu fanga boʻlgan muhabbatni oshirish uchun ularning dunyoqarashiga hamohang tarzda ish koʻrish maqsadga muvofiq boʻladi. Fizika faqat sonlardan emas balki harflar, ularning majmui kabi tushunchalar orqali oʻquvchilarni hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtira borib, fizika tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli oʻzlashtirilib borilishiga, bu fanni oʻzlashtira olishga intilishlariga turtki beradigan fikr va mulohazalar yuritish zarur deb hisoblayman.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin uning kelajagi bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash, unga bilim berish masalasiga alohida ahamiyat berila boshlandi. Shu sababdan istiqlolning birinchi kunlaridayoq, ma’naviyatimizni tiklash, uni yanada yuksaltirish, zamonaviy talablar bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va talablari darajasiga chiqarishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda.
Bular ichida eng muhim qadamlardan biri O’zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonundir. Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish va kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. U har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling