O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


АRОMАTIK UGLЕVОDОRОDLАRNI SULFОLАSH BO`YICHА SINTЕZ


Download 1.52 Mb.
bet31/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#237780
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
Bog'liq
2 5199505026493449831

АRОMАTIK UGLЕVОDОRОDLАRNI SULFОLАSH BO`YICHА SINTЕZ

Naftion kislota sintezi (natriyli tuzi)

100 ml sig’imli tubi yumaloq kolbaga 20 ml konsentrlangan sulfat kislota va 7,2 g α-naftalamin solinadi. Kolba suv hammomida 1200 C da 3-4 soat davomida qizdiriladi. Reaksiyaning nihoyasiga yetganligini namuna yordamida aniqlanadi: probirkaga reaksion aralashmadan oz miqdorida solib, unga suyultirilgan o’yuvchi natriy eritmasidagan qo’shiladi (ishqoriy muhit hosil bo’lguncha) va probirkadagi aralashma bilan birga chayqatiladi. Efirli so’rimdan soat oynachasiga tomizib bug’latilganda oynachada α-naftilamin dog’i qolmasligi kerak. Reaksion aralashma sovuq suvga quyilganda yomon eriydigan naftion kislota ajraladi. Cho’kma filtrlanadi, sulfat kislotani yo’qotish maqsadida sovuq suv bilan yuviladi va neytral muhit hosil qilguncha o’yiuvchi natriy eritmasidan qo’shiladi. Natriyli tuz eritmasini osh tuzi bilan to’yintirib, ma’lum vaqtga qoldiriladi. Naftion kislotaning natriyli tuzi oq kristallar ko’rinishida ajraladi. Olingan mahsulot filtrlanadi va avval g’ovak plastinkasida, so’ngra quritish shkafida 1000C da quritiladi, naftilamindan esa efir yordamida tozalanadi. Naftion kislota miqdori 10 g.



Naftion kislota (natriyli tuzi) rangsiz kristall modda. Molekulyar massasi 317,23; suyuqlanish temperaturasi 1300C (kristallizatsiya suvsiz), suvda, spirtda qiyin eriydi, efirda erimaydi, ishqorlarning suvdagi eritmasida eriydi.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling