O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


b) Izoamilatsetatni sirka kislotaga izoamil spirt ta‘sir ettirib olish


Download 1.52 Mb.
bet4/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#237780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
2 5199505026493449831

b) Izoamilatsetatni sirka kislotaga izoamil spirt ta‘sir ettirib olish



Reaktivlar:

Izoamil spirt 26 ml (0,25 mol)

Muz sirka kislota 17, 1 ml (0,3 mol)

Sulfat kislota 0,5 ml

Natriy bikarbonat;

Natriy sulfat


Qaytarma sovitkich va suv ajratkich bilan jihozlangan (rasm) 200 ml sig‘imli yumaloq tubli kolbada 26 ml izoamil spirt, 17,1 ml muz sirka kislota va 0,5 ml sulfat kislota olinib, kolba qum hammomida suv ajratkichda ikki qavat (suvli va efirli qavat) hosil bo‘lib, unda suvning miqdori o‘zgarmay qolguncha qizdiriladi. Bunda hosil bo‘layotgan efir reaktsiyaga kirishmagan sirka kislota va izoamil spirt bilan suv ajratkichning yuqori qismidan yana reaktsion kolbaga qayta tushib turadi, uning pastki qavatida esa reaktsiya natijasida ajralayotgan suv yig‘iladi. Reaktsiyaning tamom bo‘lganligini ajralayotgan suvning miqdoriga (4,5 ml) qarab yoki suv ajratkichda yig‘ilayotgan suvning miqdori ortib borishdan to‘xtab qolishi bilan aniqlanadi.

Efir ajratkich voronkada suvdan ajratilib, oldin 50 ml suv, so‘ngra 20-25 ml natriy bikarbonatning suyultirilgan eritmasi bilan efir neytral muhitga kelguncha chayqaltirilib ishlanadi va yana 25-30 ml suv bilan yuviladi. Suvdan ajratilgan izoamilatsetat suvsiz natriy sulfat bilan quritilib Vyurts kolbasiga solinadi va 139-142°Sda haydaladi.



Toza izoamilatsetatning qaynash temperaturasi 142°S;

Miqdori 27 g atrofida.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling