O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 1.52 Mb.
bet34/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#237780
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Bog'liq
2 5199505026493449831

n-TOLUOL SULFOKISLOTA



a) Toluolsulfokislotaning natriyli tuzini olish.

Reaktivlar.

Toluol 21 ml yoki 18 g (0,2 mol)

Sulfat kislota(d=1,84) 12,6 ml (0,2 mol)

Natriy bikarbonat; natriy xlorid.


200 ml sig‘imli yumaloq tubli kolba qaytarma sovitkich bilan jihozlanadi; unga ko‘rsatilan miqdorda toluol va sulfat kislota solib, bir necha bo‘lak qaynatgich tashlanadi, so‘ngra asbestli setka ustida aralashtirib turilgan holda qaynaguncha qizdiriladi. Toluol qaynab chiqqandan so‘ng qizdirishni pasaytirib, aralashma kuchsiz qaynatib qo‘yiladi va har 2-3 minutda suyuqlik qatlamlari aralashtirib turiladi. Bir soatlardan so‘ng toluol qatlami yo‘qolib, sovitkichdan tushayotgan kondensat ham siyraklashadi, so‘ng yo‘q bo‘ladi; bu esa reaktsiyani oxiriga yetganini ko‘rsatadi.

Hali sovib ulgurmagan reaktsion aralashmani 80 ml suvi bo‘lgan stakanga quyiladi va kolbaning yuqini ham ozroq suv bilan chayqab olinadi (agar bunda reaktsion aralashma kristallana boshlasa u isitilishi kerak). Kislotali muhitga ega bo‘lgan eritmaga 10 g natriy bikarbonat oz-ozdan qo‘shilib muhitni qisman neytrallanadi. So‘ngra 30 g natriy xlorid qo‘shib, aralashma qaynaguncha qizdiriladi; agar kerak bo‘lsa, tuzni batamom eritib yuborish uchun ozroq suv qo‘shiladi. Eritma filtrlanib, muzli suv bilan sovitiladi va cho‘kmaga tushgan toluolsulfokislotaning natriyli tuzi Byuxner voronkasida filtrlanadi. So‘ngra 15 ml natriy xloridning to‘yingan eritmasi bilan yuviladi.

Hosil bo‘lgan moddaning (ozroq natriy xloridning qoldiq aralashmasi bilan) miqdori 10 g.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling