O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

Sharqiy Avstraliya : Bu o'lkaga katta suvayirg'ich tizma va materikning 
sharqiy sohili kiradi. O'lkada tektonik yoriqlar va errozon yoriqlar tog'larni alohida
massivlarga bo'lib yuborgan. Bu tog'lar sharqiy sohilida eng baland (1600 m ga cha) 
ko'tarilgan va sohilga taqalib turadi. Tog'larning sharqiy etagi yaqinida kengligi 50 
km ga cha yetadigan sertepa sohil cho'zilgan. Janubroqda tog'larni xantar 
daryosining ko'ndalang tektonik botig'i kesib o'tgan. Janubi sharqda tog'larning eng 
baland qismi avstraliya Alp tog'lari (qorli tog'lar) bor. Bu tog'larning o'rtacha 
balandligi 1500 m bo'lgan gorstdan iborat. Bu massivlar butun materik bo'yicha eng 
baland ko'tarilgan bo'lib,haqiqiy tog' qiyofasiga ega. Ulardan eng baland Kosyushka 
tog'i 2230 m ga kutarilgan. Sharqiy Avstraliyaning t0 sharoiti o'lkaning shimoldan 
janubga uzoq cho'zilganligi va tog' Relyefiga bog'liq. Shimolda va sohilning o'zida 
harorat yil davomida uncha ko'p o'zgarmaydi, u yerda iyulning o'rtacha xarorati Q 
180 ga yaqin yanvarning o'rtacha harorati esa Q200 S. Tog'larda eng sovuq 
oyning o'rtacha harorati
-
100 ga tushadi. Sharqiy Avstraliyadan materikning 
suvayirg'ichi o'tadi. Tinch okeanga qisqa serostona daryolar oqib tushadi. Ularning 
eng yiriklari berdekin Klorene Fisroy daryolari. Janubda Avstraliyaning eng yirik
daryolari Murrey darlingdir sharqiy Avstraliya materikning eng sero'rmon o'lkasi 
lekin shu bilan birga halqlar ta'sirida ko'p o'zgargan. Tog'larda o'simliklardan 
evkliptlar igna bargli daraxtlar bor. Tog'larning yuqori qismida passat o'rmonlari
o'sadi. Tog'larda turli hil qopchiqlilar Olmaxon,Kuskus, daraxtda yashovchi kengru 
xarakterlidir. Turli qush turlari ham mavjud. 
Janubiy Sharq: Materikning janubi sharqida avstraliya asosiy tog' sistemasi
kenglik bo'ylab cho'zilib Viktoriya tog'lari deb ataladi. Janubiy tog' tizmalari. Port 
fillip qo'ltig'i shimol tomondan o'rab turadi. Janubi sharqiy Avstraliya subtropik
iqlim mintaqasiga joylashganligidan tabiiy sharoitiga ko'ra sanoat va qishloq 
xo'jaligini rivojlantirish uchun eng qulaydir. Bu joy mamlakatning axolisi eng zich
joylashgan o'lkasidir. YOg'inlar sharqdan ham g'arbdan ham keladi,lekin ularning 
asosiy qismi yonbag'irlarda ayniqsa janubi sharqda yog'adi. Eng ko'p yog'in g'arbda
qish oylarida sharqda yoz va kuz oylariga to'g'ri keladi. Xaroratning nisbatan 1 tekis
borishi iyulda 150 Q 100 yanvarda Q 15 Q 200 janubdan sovuq xavo 
massalarining tushib kelishi bilan buzilad, janubdan keladigan shamollar qishda 
haroratning 00 dan past tushishiga sabab bo'ladi. Jigar rang va sur jigar rang 
tuproqlarda bir vaqlar o'sgan quruq siyrak o'rmonlar va butazorlar urnini bug'doy
zorlarga o'rmon zaytunlar egallagan. Daryo vodiylardagi alyuvial tuproqlarda
sholi ekish rivojlangan. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling