O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish: Fanning predmeti, maksadi va vazifalari, tadkikot obyekti.
3 MAVZU: KIRISH FANINING PREDMETI,MАSADI VA VAZIFALARI, TADKIKOT OBYEKTI REJA: Kirish. 1. Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi fanining predmeti,maksadi va vazifalari. 2. Fanning tadkikot ob'yekti. Adabiyotlar: 1. I.A.Karimov «Uzbekiston XXI asr busagasida xavsizlikka taxdid,barkarorlik shartlari Toshkent Uzbekiston» 1997 yil. 2. T.V.Vlasova, «Materiklar tabiiy geografiyasi». Toshkent «Ukituvchi» nashriyoti, 1981 y. (4-8 betlar). 3. A.Kozokov, «Okeanlar tabiiy geografiyasi» Toshkent «Ukituvchi» nashriyoti 1992 yil. 4. O. Muminov «Materiklar tabiiy geografiyasidan studentlarning mustakil ishlari». 5. A.Kozokov, X.Ma'sudov. «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursidan amaliy mashgulotlar va mustakil ishlar». Toshkent «Ukituvchi» nashriyoti 1992 yil. Kirish: Fanning predmeti, maksadi va vazifalari, tadkikot ob'yekti. Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursi geografiya fanlari tizimidagi ukuv fani bulib, yerning geografik kobigi va tabiiy majbualarini urganadi. Bu kurs yer sharidagi materiklar va okeanlarning tabiatini, uning tarkibiy kismlarini ularda sodir bulayotgan tabiiy jarayonlarni uzaro bir biriga boglik xolda urganadi. Shu bilan birgalikda bu kurs barcha materik va okeanlarning ularga tutash kismlari dengiz va orollar bilar birgalikda urganiladi. Bundan kuruklikka asosiy e'tibor beriladi,okeanlar va dengizlar esa asosan ularning materiklar tabiiy sharoitini shakllanishidagi axamiyati va axolining xayoti va faoliyatiga ta'siri nuktai nazardagi kurib chikiladi. Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi Umumiy yer bilimi, Xaritashunoslik, Geologiya, tuprokshunoslik,Biogeografiya kabi tabiiy fanlardan egallagan bilimlarga Tyanshan va ularga aniklar kiritadi. Bu kurs ma'lumotlari urta maktab geografiyasiga bogliq xolda didaktikaning «Oddiy murakkabga» degan tartibiga asosan Afrika materigini urganishdan boshlanadi va eng yirik xisoblangan Yevrosiyo materigini urganishi bilan tugallanadi. Bu tartib koida keyingi kurslarda Turkiston tabiiy geografiyasini urganish uchun zamin tayyorlaydi. Xar bir materikning ta'rifi ma'lum bir reja asosida olib boriladi. Bundan materikning ulchamlari shakli, geografik urni, tabiati asosiy xususiyatlarning umumiy ta'rifi beriladi. Bu nisbatan kichik kirish kismidan sung mazkur materikni urab turuvchi okeanlarning kirgok buyi kismlari kiskacha ta'riflanadi. Bundan keyin keluvchi «tabiati shakllanishning asosiy boskichlari» deb nomlangan bobda butun materik va uning ayrim regionlari tabiiy sharoitni tarixiy- genetik jixatidan yondoshib urganish nuktai nazardan katta axamiyatga egadir. 4 Shundan sung butun materik tabiatning komponentlari Relyef iklimi va boshkalar taxlil kilinadi. Xar bir materik va okeanga umumiy tabiiy geografik tavsif berilgach,ularni tabiiy geografik rayonlashtiriladi. Sungra rayonlar va tabiiy geografik ulkalari tabiiy sharoiti chukur taxlil kilinadi. Materiklarni rayonlashtirilganda region va ulkalarning geografik urni,tektonik tuzilishi,Relyefi, yer yuzasining asosiy xususiyatlari,iklimiy sharoiti va kaysi tabiat zonasida joylashganligi asos kilib olinadi. Bunda asosan geografik kobikning ajratiladigan regionlari murakkab tabiiy komplekslardan iborat bulib,ular tarkibida umuman geografik kobikni tashkil etuvchi barcha tabiat komponentlar ishtirok etadi, va uzaro bir-biriga ta'sir etib turadi. Mazkur kursda rayonlashtirishning asosiy birligi va geografik ta'riflashning asosiy ob'yekti bir butun,geografik jixatdan aloxida ajralib turuvchi xududlar xisoblanadi. Bu xududlarning asosiy kismi bir iklim mintakasida joylashgan buladi va bir geotektonik oblastga kiritiladi. Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursi oxirida materiklar va okeanlar tabiatidagi umumiy xususiyatlar va konunyatlar xakida xulosa chikariladi. Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursi kuyidagi tuzilishiga egadir: Mukaddima, Afrika,Xind okeani,Avstraliya va Okeaniya, Tinch okeani, Antraktida, Janubiy Afrika, Shimoliy Amerika, Atlantika okeani, Shimoliy Muz okeani, Yevrosiyo va Xotima kismlaridan iborat. Savol: 1. Fanning maksadi va vazifalari nimadan iborat. 2. Materik va okean tabiiy geografiyasi kursi kanday fanlar bilan alokador. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling