O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

MAVZU: YEVROSIYO ORGANIK DUNYOSI 
REJA: 
1. 
Materikda tuproq va o'simlik dunyosining tarqalishi. 
2. 
Materik hayvonot dunyosining o'ziga xosligi. 
3. 
Materik tabiatini muxofaza qilish. 
Adabiyotlar: 
1. 
T.V.vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» 
nashriyoti 1981 y 80-113 betlar. 
2. 
P.P.Vtorov, N.N.Drozdov «Biogeografiya materikov» Moskva Izdatelstvo 
«Prosvesheniye» 1974 god. 
3. 
O.Mo'minov «Materiklar tabiiy geografiyasi studentlarning mustaqil ishlari» 
Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1977 yil.
Tuproq va o'simliklar 
Yevrosiyoning Golarktika florasi tarkibida qadimiy issiqsevar o'rmonlar 
florasi elementlari materik territoriyasida kaynazoy erasining birinchi yarmidagi
muzlik qoplanish hosil qilgan umumiy sovish davriga qanday tarkib topgan.
O'rmon florasi elementlari asosan okean bo'yidagi ikkala sektorda Atlantika
bo'yi va Tinch okeani bo'yi sektorida saqlanib qolgan . Materik ichki rayonlari 
Florasi va tuproq o'simlik qoplamining neotektonik shakllanishida materikning
janubdagi tog' sistemalarining keyinchalik quruqlasha borishi katta ahamiyatga 
ega. Qutbiy arxipalagi Shpisbergenning muzdan xoli joylarida artik tundra zonasi
tarqalgan. Uning o'simliklari mox (yo'sin) lishaynik va sidira qoplam hosil
qilmaydigan ko'p yillik past o'tlar toshyorar qutb ko'knorisi va ba'zi g'allagulli o't
o'simliklardan tarkib topgan. Sust podzollashgan yoki trof gleyli tuproqlarda
pakanda qayin va rezavor butalar o'sadigan tipik tundra Skandinaviya yarim oroli
va Fillandiyaning shimoldan sharqqa esa Yevropa qismi hamda Sibirning shimolda 
tarqalgan hududlar hisoblanadi. Xorijiy Yevropa Skandinaviya yarim oroli bilan
Fillandiyaning katta qismi igna bargli o'rmonlar bilan qoplangan. Ular 
tekisliklarni egallab yotadi va Skandinaviya tog'lar yonbag'riga o'tib shimolda
400-500 m janubda 900 m balandlikka chiqib boradi. Igna bargli o'rmonlar


14 
Yevropaning shimolida taxminan 670 shimoliy kenglikkacha yoppasiga tarqalgan. 
Shimolda gleylipodzol tuproqlar eng ko'p tarqalgan ularning hammasi himiyaviy 
tarkibi va strukturasi sababli uncha unumdor emas. 
Aralash o'rmonlar g'arbda va janubga tomon bargli o'rmonlarni
daraxtlari turiga qarab bir necha tipga bo'lish mumkin. Dub qayin dub eman 
buk va buk qayin o'rmonlari. Xorijiy Yevropaning chimli podzol va o'rmon qung'ir 
tuproqlardagi keng bargli va aralash o'rmonli rayonlarda azaldan aholi zich yashaydi 
bu yerda dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Tuproq qoplami yoppasiga
tarqalmagan quruq toshloq ohak toshli yonbag'irlarda birmuncha kserofit o'simlik 
qoplami bilan harakterlanadi. Bu o'simliklar qoplami dukkakdoshlar labguldoshlar 
landankdoshlar oilasiga kiruvchi siyrak va pakana butalar hamda yarim butalardan 
iborat. G'arbda bunday o'simliklar qoplami triga Balqon yarim oroli va kichik 
Osiyoda frigina deb ataladi. Ularning turli sostavi bir-biridan ancha farq qiladi. 
Horijiy Osiyodagi mo''tadil mintaqa cho'llari yozi jazirama issiq qishi sovuq 
yog'inlar miqdori 200 mm dan oshmaydigan biroq asosan 700 mm dan kam yog'inlar
yil davomida bir tekis tushadigan va tuprorqni atigi 0,5 m namlaydigan keskin 
kontinental iqlim sharoitida rivojlanadi. Cho'l o'simliklari va tuproqlari nihoyatda
hilma-hildir chunki grunt sharoiti Relyef yoki namlanish sharoitida salgina 
o'zgarish tuproq hamda o'simliklarning o'zgarishiga olib keladi. Osiyo cho'llarining
eng qimmatli o'simligi saksavuldir undan o'tin sifatida foydalaniladi yosh shoh-
shabbasi tuya uchun ozuqa hisoblanadi. Oq saksavul qumlarni mustahkamlash 
uchun ekilsa qora saksavul sho'rxak yerlarda o'stiriladi nihoyatda boy va hilma-
hil floraga ega bo'lgan Yevrosiyo kplab madaniy va foydali yovvoyi o'simliklarning 
vatanidir. Bu o'simliklar javdar bug'doy tariq grekcha sholi ko'pgina dukkakli 
ekinlar ildiz mevalilar choy butasi shakarqamish dorivor o'simliklar nihoyatda ko'p 
xushmanzara o'simliklardan iborat. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling