O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq va osimliklar
MAVZU: YEVROSIYO ORGANIK DUNYOSI
REJA: 1. Materikda tuproq va o'simlik dunyosining tarqalishi. 2. Materik hayvonot dunyosining o'ziga xosligi. 3. Materik tabiatini muxofaza qilish. Adabiyotlar: 1. T.V.vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1981 y 80-113 betlar. 2. P.P.Vtorov, N.N.Drozdov «Biogeografiya materikov» Moskva Izdatelstvo «Prosvesheniye» 1974 god. 3. O.Mo'minov «Materiklar tabiiy geografiyasi studentlarning mustaqil ishlari» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1977 yil. Tuproq va o'simliklar Yevrosiyoning Golarktika florasi tarkibida qadimiy issiqsevar o'rmonlar florasi elementlari materik territoriyasida kaynazoy erasining birinchi yarmidagi muzlik qoplanish hosil qilgan umumiy sovish davriga qanday tarkib topgan. O'rmon florasi elementlari asosan okean bo'yidagi ikkala sektorda Atlantika bo'yi va Tinch okeani bo'yi sektorida saqlanib qolgan . Materik ichki rayonlari Florasi va tuproq o'simlik qoplamining neotektonik shakllanishida materikning janubdagi tog' sistemalarining keyinchalik quruqlasha borishi katta ahamiyatga ega. Qutbiy arxipalagi Shpisbergenning muzdan xoli joylarida artik tundra zonasi tarqalgan. Uning o'simliklari mox (yo'sin) lishaynik va sidira qoplam hosil qilmaydigan ko'p yillik past o'tlar toshyorar qutb ko'knorisi va ba'zi g'allagulli o't o'simliklardan tarkib topgan. Sust podzollashgan yoki trof gleyli tuproqlarda pakanda qayin va rezavor butalar o'sadigan tipik tundra Skandinaviya yarim oroli va Fillandiyaning shimoldan sharqqa esa Yevropa qismi hamda Sibirning shimolda tarqalgan hududlar hisoblanadi. Xorijiy Yevropa Skandinaviya yarim oroli bilan Fillandiyaning katta qismi igna bargli o'rmonlar bilan qoplangan. Ular tekisliklarni egallab yotadi va Skandinaviya tog'lar yonbag'riga o'tib shimolda 400-500 m janubda 900 m balandlikka chiqib boradi. Igna bargli o'rmonlar 14 Yevropaning shimolida taxminan 670 shimoliy kenglikkacha yoppasiga tarqalgan. Shimolda gleylipodzol tuproqlar eng ko'p tarqalgan ularning hammasi himiyaviy tarkibi va strukturasi sababli uncha unumdor emas. Aralash o'rmonlar g'arbda va janubga tomon bargli o'rmonlarni daraxtlari turiga qarab bir necha tipga bo'lish mumkin. Dub qayin dub eman buk va buk qayin o'rmonlari. Xorijiy Yevropaning chimli podzol va o'rmon qung'ir tuproqlardagi keng bargli va aralash o'rmonli rayonlarda azaldan aholi zich yashaydi bu yerda dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Tuproq qoplami yoppasiga tarqalmagan quruq toshloq ohak toshli yonbag'irlarda birmuncha kserofit o'simlik qoplami bilan harakterlanadi. Bu o'simliklar qoplami dukkakdoshlar labguldoshlar landankdoshlar oilasiga kiruvchi siyrak va pakana butalar hamda yarim butalardan iborat. G'arbda bunday o'simliklar qoplami triga Balqon yarim oroli va kichik Osiyoda frigina deb ataladi. Ularning turli sostavi bir-biridan ancha farq qiladi. Horijiy Osiyodagi mo''tadil mintaqa cho'llari yozi jazirama issiq qishi sovuq yog'inlar miqdori 200 mm dan oshmaydigan biroq asosan 700 mm dan kam yog'inlar yil davomida bir tekis tushadigan va tuprorqni atigi 0,5 m namlaydigan keskin kontinental iqlim sharoitida rivojlanadi. Cho'l o'simliklari va tuproqlari nihoyatda hilma-hildir chunki grunt sharoiti Relyef yoki namlanish sharoitida salgina o'zgarish tuproq hamda o'simliklarning o'zgarishiga olib keladi. Osiyo cho'llarining eng qimmatli o'simligi saksavuldir undan o'tin sifatida foydalaniladi yosh shoh- shabbasi tuya uchun ozuqa hisoblanadi. Oq saksavul qumlarni mustahkamlash uchun ekilsa qora saksavul sho'rxak yerlarda o'stiriladi nihoyatda boy va hilma- hil floraga ega bo'lgan Yevrosiyo kplab madaniy va foydali yovvoyi o'simliklarning vatanidir. Bu o'simliklar javdar bug'doy tariq grekcha sholi ko'pgina dukkakli ekinlar ildiz mevalilar choy butasi shakarqamish dorivor o'simliklar nihoyatda ko'p xushmanzara o'simliklardan iborat. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling