O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


Yevrosiyoning tektonikasi va Relyefi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

 
Yevrosiyoning tektonikasi va Relyefi. 
Yevrosiyo materigi tarkib topishning murakkab tarixi tabiatning barcha 
komponentlarida aks etgan lekin u yer yuzasining tuzilishi hususiyatlarida ayniqsa 
yaqqol namayon bo'lgan. Yevrosiyoning yer yuzasi murakkabligi hilma-hilligi va yer 
sharida takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Yevrosiyo uchun yer sharida ma'lum
bo'lgan tektonik strukturalarning barcha tipi va barcha hil Relyef tipining 
tarqalganligi harakterlidir. Materik tarkibiga kiruvchi platforma oblastlari 
materikning vujudga kelishi va rivojlanishda turlicha rol o'ynagan yer sharidagi eng 
katta quruqlik bo'lishi Yevrosiyoning asosan Yevropa va Sibir platformalari tashkil 
etadi. Yevrosiyo quruqligi mana shu platformalar atrofidan kengaya borgan va bu
platformalarning yaxlitligi va platforma tipida rivojlanish hozirga vaqtda saqlanib 
qolgan.
Yevrosiyo materigining katta-katta maydonlari paleozoy erasida hosil bo'lgan 
burmali tog'lardan iborat bo'lib, ular strukturalarining nihoyatda hilma-hil hamda
mezo-kaynazoydagi rivojlanish tafovutlari bilan ajralib turadi. Xorijiy Yevropa ilk 
(kaledon) va so'ngi palezoy burmalanishida hosil bo'lgan tog'lar Yevropaning
shimoli va o'rta qismida shuningdek markaziy hamda harqiy Osiyoda tarqalgan 
Osiyoning sharqi uchun palezoy zaminiga ega bo'lgan va hatto past burmali 
palaxsali tog'lar harakterlidir. Bular katta Xingan va kichik Xingan hamda janubiy
Xitoy tog'lardir. Sharqiy Osiyo Sinlin tizmasi eng balandir u Kunlining orografik va 
tektonik davomidan iborat bo'lib balandligi 4000 m dan ortadi. Gersen burmali 
strukturalardagi past tekisliklarda akkumliyativ tekislik Relyefiga ega bo'lgan 
botiqlar joylashgan. Gobi Xitoy va Mangoliya doirasida bo'r va kaynazay
cho'kindilari bilan qoplangan past tog'lar hamda qatlamli baland tekisliklardan
iboratdir. Poleazoy burmali strukturalari tarqalgan oblastlari ayniqsa xorijiy 
yevropa teritoriyasida rangdor va metal (rux qo'rg'oshin kamob, simom uran) 
rudalariga boydir Gersin bosqichida paydo bo'lgan tog' oldi bukilmalarida juda katta
to ko'mir konlari bor.
Osiyoning orollaridan iborat janubiy sharqiy va chekka qismlari Tinch
okeani tektonik mintaqasi tarkibiga kiradi. Xindixitoyning birma daryosidagi 
g'arbiy qismi kaynazoy erasining oxirida paydo bo'lgan o'rtacha balandlikdagi 
burmali palasxali tog'lardan iborat. Bu tog'lar Sumatra kalimantan Tayvan 
Xokkaydo saxalin orollari va Kamchatkada ham davom etgan. Tinch okean 
tomonidan ularga xozirgi giasinklinal mintaqa kelib tutashgan bu mintaqa Osiyoning 
Tinch okeanning markaziy qismidan ajratib turadi. So'ngan va ko'pdan-ko'p 
xarakatdagi vulkanlar Yapon orollari Filipin Yava va boshqa materik orollaridagi 
tog' tizmalarining eng baland tog' tepalarini hosil qilgan. Vulkanik yo'l bilan paydo 
bo'lgan rangdor metal rudalarning tarqalganligi harakterlidir. Bular Karpat 
tog'laridagi va Bolqon yarim orolidagi mis qo'rg'oshin rux zapaslari janubiy 



Xitoydan Xindixitoy yarim oroli orqali malaka hamda indoneziyagacha cho'zilib 
ketgan mashhur qalay-va qalay valfram mintaqasi Yaponiya orollaridagi rangli 
metal konlari va boshqalardir. Karpatoldi va Mesopotamiya chekka bukilmalari
hamda o'rta Dunay botig'i bu jixatdan alohida ajralib turadi. Ko'p botiqlarda
shuningdek qo'g'ir ko'mir va tuz konlari tarqalgan. 
Savol: 
1. 
Materik rivojlanishi bosqichlarini ajratib bering? 
2. 
Asosiy orografik hususiyatlarni ko'rsating? 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling