O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
Yevrosiyoning tektonikasi va Relyefi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
Yevrosiyoning tektonikasi va Relyefi. Yevrosiyo materigi tarkib topishning murakkab tarixi tabiatning barcha komponentlarida aks etgan lekin u yer yuzasining tuzilishi hususiyatlarida ayniqsa yaqqol namayon bo'lgan. Yevrosiyoning yer yuzasi murakkabligi hilma-hilligi va yer sharida takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Yevrosiyo uchun yer sharida ma'lum bo'lgan tektonik strukturalarning barcha tipi va barcha hil Relyef tipining tarqalganligi harakterlidir. Materik tarkibiga kiruvchi platforma oblastlari materikning vujudga kelishi va rivojlanishda turlicha rol o'ynagan yer sharidagi eng katta quruqlik bo'lishi Yevrosiyoning asosan Yevropa va Sibir platformalari tashkil etadi. Yevrosiyo quruqligi mana shu platformalar atrofidan kengaya borgan va bu platformalarning yaxlitligi va platforma tipida rivojlanish hozirga vaqtda saqlanib qolgan. Yevrosiyo materigining katta-katta maydonlari paleozoy erasida hosil bo'lgan burmali tog'lardan iborat bo'lib, ular strukturalarining nihoyatda hilma-hil hamda mezo-kaynazoydagi rivojlanish tafovutlari bilan ajralib turadi. Xorijiy Yevropa ilk (kaledon) va so'ngi palezoy burmalanishida hosil bo'lgan tog'lar Yevropaning shimoli va o'rta qismida shuningdek markaziy hamda harqiy Osiyoda tarqalgan Osiyoning sharqi uchun palezoy zaminiga ega bo'lgan va hatto past burmali palaxsali tog'lar harakterlidir. Bular katta Xingan va kichik Xingan hamda janubiy Xitoy tog'lardir. Sharqiy Osiyo Sinlin tizmasi eng balandir u Kunlining orografik va tektonik davomidan iborat bo'lib balandligi 4000 m dan ortadi. Gersen burmali strukturalardagi past tekisliklarda akkumliyativ tekislik Relyefiga ega bo'lgan botiqlar joylashgan. Gobi Xitoy va Mangoliya doirasida bo'r va kaynazay cho'kindilari bilan qoplangan past tog'lar hamda qatlamli baland tekisliklardan iboratdir. Poleazoy burmali strukturalari tarqalgan oblastlari ayniqsa xorijiy yevropa teritoriyasida rangdor va metal (rux qo'rg'oshin kamob, simom uran) rudalariga boydir Gersin bosqichida paydo bo'lgan tog' oldi bukilmalarida juda katta to ko'mir konlari bor. Osiyoning orollaridan iborat janubiy sharqiy va chekka qismlari Tinch okeani tektonik mintaqasi tarkibiga kiradi. Xindixitoyning birma daryosidagi g'arbiy qismi kaynazoy erasining oxirida paydo bo'lgan o'rtacha balandlikdagi burmali palasxali tog'lardan iborat. Bu tog'lar Sumatra kalimantan Tayvan Xokkaydo saxalin orollari va Kamchatkada ham davom etgan. Tinch okean tomonidan ularga xozirgi giasinklinal mintaqa kelib tutashgan bu mintaqa Osiyoning Tinch okeanning markaziy qismidan ajratib turadi. So'ngan va ko'pdan-ko'p xarakatdagi vulkanlar Yapon orollari Filipin Yava va boshqa materik orollaridagi tog' tizmalarining eng baland tog' tepalarini hosil qilgan. Vulkanik yo'l bilan paydo bo'lgan rangdor metal rudalarning tarqalganligi harakterlidir. Bular Karpat tog'laridagi va Bolqon yarim orolidagi mis qo'rg'oshin rux zapaslari janubiy 8 Xitoydan Xindixitoy yarim oroli orqali malaka hamda indoneziyagacha cho'zilib ketgan mashhur qalay-va qalay valfram mintaqasi Yaponiya orollaridagi rangli metal konlari va boshqalardir. Karpatoldi va Mesopotamiya chekka bukilmalari hamda o'rta Dunay botig'i bu jixatdan alohida ajralib turadi. Ko'p botiqlarda shuningdek qo'g'ir ko'mir va tuz konlari tarqalgan. Savol: 1. Materik rivojlanishi bosqichlarini ajratib bering? 2. Asosiy orografik hususiyatlarni ko'rsating? Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling