O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Download 154.61 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi154.61 Kb.
#1502129
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAMARAJABOVA TURSUNOY

Birinchi guruh mashqlarga har xil so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan hosil bo’lgan bir xil o’zakli so’zlarning ma’no jihatdan farqini qiyoslashga oid vazifalar kiradi. Masalan, gul so’zidan -chi, -zor so’z yasovchi qo’shimchalari bilan yangi so’z yasang. Hosil bo’lgan so’zlarni ma’nosi va tarkibiga ko’ra qiyoslang. Ularda nima o’xshash? So’zning qaysi qismi ularni ma’nosiga ko’ra farqlayapti? Yangi so’zlarni qatnashtirib gap tuzing.
Ikkinchi guruh mashqlarga bir so’z yasovchi qo’shimchani har xil so’zlarga qo’shishdan hosil bo’lgan so’zlarda so’z yasovchi qo’shimchaning ma’nosini qiyoslashga oid vazifalar kiradi. Bunday mashqlarning maqsadi so’z yasovchi qo’shimchaning ma’nosi haqidagi bilimni elementar tarzda umumlashtirish hisoblanadi. Masalan, ishchi, suvchi, gulchi so’zlarini taqqoslash, ma’nosiga ko’ra o’xshash tomonini belgilash (biror ishni, vazifani bajaradigan kishini – shaxsni bildiradi), so’zning qaysi qismi bajaruvchi shaxs ma’nosini bildirayotganligini aniqlash (so’z yasovchi qo’shimcha -chi).
Uchinchi guruh mashqlarga matnni leksik-grammatik va leksik-stilistik tahlil qilishga oid vazifalar kiradi. Masalan, matndan o’zakdosh so’zlarni topish, ularning ma’nosidagi farqni aytish, bu farq so’zning qaysi qismi yordamida berilayotganini aniqlash; berilgan so’zlardan namunadagidek gap tuzish (masalan, Soatsoz soatni tuzatdi. Traktorchi yerni traktor bilan haydaydi); o’zakdosh so’zlarni aniqlash va tarkibiga ko’ra tahlil qilish va h.k.
Shakl yasovchi qo’shimchalarni o’rganish xususiyatlari. Har bir morfemaning lingvistik mohiyatida o’ziga xoslik bo’lib, uni o’rganish metodikasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Shakl yasovchi qo’shimchada grammatik vazifa yetakchi hisoblanadi, bu bilan u so’z yasovchi qo’shimchadan farqlanadi.
2.3 Klaster metodini o’tkazish tartibi

Shakl yasovchi qo’shimcha so’zning grammatik ma’nosini ifodalovchi vosita hisoblanadi. O’quvchilar so’zning grammatik ma’nosini bilmay turib shakl yasovchi qo’shimchaning vazifasini ham anglab yetmaydilar. Bundan tashqari, shakl yasovchi qo’shimcha bir necha ma’no ifodalaydi (masalan, kitobni o’qidim so’z birikmasidagi -m I shaxs birlik ma’nosini bildiradi).


Shakl yasovchi qo’shimchani o’rgatishda uning mana shu xususiyatlari hisobga olinadi, boshlang’ich sinf o’quvchilari uning ikki belgisi bilan (so’z shaklini o’zgartirishi va gapda so’zlarni bir-biriga bog’lashi bilan) amaliy tanishtiriladi. O’quvchilar otlarda birlik va ko’plik, bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar, otlarning egalik va kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi, kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi, fe’llarda shaxs-son, zamonni (IV sinf) o’rganishlari bilan bog’liq holda ularning shakl yasovchi qo’shimcha haqidagi bilimlari asta-sekin chuqurlashtirila boriladi.
O’quvchilarda gapda so’zlar shakl yasovchi qo’shimcha yordamida bog’lanishi haqidagi dastlabki tasavvur mashqlarni bajarish jarayonida hosil qilinadi. Masalan, gapning mazmuniga mos ravishda ajratib berilgan so’zning shaklini so’roqlardan foydalanib o’zgartirish va u so’z gapdagi qaysi so’z bilan bog’langanini aniqlash so’raladi: O’quvchi (nimani?) kitob... sevadi. U (nimadan?) kitob... yaxshi foydalanadi? O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida “So’zning shaklini nima uchun o’zgartirishga to’g’ri keldi? So’z shaklini o’zgartirish bilan nimaga erishildi?” savollariga javob beradilar.
O’quvchilar shakl yasovchi qo’shimchalarning sintaktik vazifasini gapda so’zlarning bog’lanishi va so’z birikmasini o’zlashtirish jarayonida o’zlashtiradilar. O’quvchilarning so’zlarning bog’lanishi haqidagi bilimi elementar xarakterda bo’lsa ham, ularning so’z birikmasidagi so’zlar ma’no va grammatik jihatdan shakl yasovchi qo’shimchalar yordamida bog’lanishini tushunishiga erishiladi. O’quvchilar ot va kishilik olmoshlarining kelishik qo’shimchalari bilan turlanishini o’rganganlaridan so’ng gapda ma’no va grammatik jihatdan o’zaro bog’langan so’zlarni ajrata olish va nimalar yordamida bog’langanini tushuntirish ko’nikmalariga ega bo’lishlari mumkin, so’ngra shakl yasovchi qo’shimchalarning sintaktik vazifasini o’zlashtira boshlaydilar.
O’quvchilar har bir morfemaning vazifasini boshqa morfemalar bilan qiyoslab ko’rsatish talab qilingan vazifani bajarish jarayonida shakl yasovchi qo’shimchaning o’ziga xos xususiyatini yaxshi o’zlashtiradilar. Masalan, o’zakdosh so’zlar tanlash vazifasini bajarish davomida so’z yasash uchun qanday morfemalardan foydalanilgani, so’z yasovchi qo’shimcha tufayli so’zning ma’nosi qanday o’zgargani aniqlanadi. Shundan so’ng o’quvchilarga “Otni shunday o’zgartiringki, u birlikni emas, ko’plikni bildirsin” topshirig’i beriladi. Bolalar bu vazifani bajarib, otga shakl yasovchi ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda, so’zning leksik ma’nosi o’zgarmaganini, faqat shakli o’zgarganini, ko’plik bildirganini aytadilar. So’z yasovchi qo’shimcha bilan shakl yasovchi qo’shimchalarni taqqoslash orqali o’quvchilar shakl yasovchi qo’shimchaning so’z shaklini o’zgartirishdagi o’rnini yaqqol ko’radilar.
To’rtinchi bosqich – so’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq holda so’zning tarkibi ustida ishlash (III-IVsinflar). So’zning morfemik tarkibini o’rganish tizimida bu bosqichning maqsadi so’z yasovchi qo’shimchaning so’z yasashdagi ahamiyati va shakl yasovchi qo’shimchaning so’z shaklini o’zgartirishdagi ahamiyati haqidagi bilimni chuqurlashtirish; o’quvchilarni ot, sifat, fe’llarning yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash hisoblanadi.
So’z turkumlarini o’rganish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga so’z yasalishi asoslarini, so’z yasovchi qo’shimcha yordamida bir so’z turkumidan boshqasini yoki shu so’z turkumining o’zini yasash mumkinligini tushuntiradi. Masalan, ot ko’proq boshqa bir otdan (ishchi, baliqchi; sinfdosh, sirdosh; bog’bon, oshpaz, kitobxon, zargar), shuningdek, fe’ldan (elak, kurak, yutuq, o’roq, yotoq, terim, bilim); sifat ko’proq otdan (suvli, suvsiz; yozgi, qishki, ishchan, ishli, ishsiz), shuningdek, fe’ldan (maqtanchoq, o’tkir, sezgir); fe’llar otdan (ishla, gulla, gapir), sifatdan (oqla, yaxshila, oqar, qoray) yasaladi.
O’quvchilarni so’z yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash uchun o’qituvchi ularga muayyan bir yangi so’z qaysi so’zdan va qaysi morfema yordamida yasalganini aniqlashga qaratilgan topshiriq beradi. Masalan, o’qituvchi chegara otini aytadi va chegarani qo’riqlaydigan kishini bildiradigan o’zakdosh ot tanlashni topshiradi (chegarachi). Vazifani boshqacharoq berish ham mumkin: o’qituvchi so’zni va so’z yasovchi morfemani beradi. O’quvchining vazifasi yangi so’zni to’g’ri yasash va leksik ma’nosini tushuntirish hisoblanadi. Masalan, baliq so’zidan –chi qo’shimchasi yordamida yangi so’z yasash (baliqchi), uning leksik ma’nosini tushuntirish, qaysi so’z turkumi ekanini aytish topshiriladi. Ikkala topshiriqda ham o’quvchilar so’zni morfemik tahlil qiladilar. Bunda o’qituvchi o’quvchilar e’tiborini hosil bo’lgan so’z qaysi morfema yordamida, qaysi so’z turkumidan yasalganiga, qanday ma’no anglatishi va qaysi so’z turkumi ekaniga qaratadi. Bunday mashqlarda tilda mavjud bo’lgan so’zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibining o’zaro bog’liqigiga va biror so’z turkumiga xarakterli bo’lgan so’z yasalishi usuliga asoslaniladi.
O‘qitishdan ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o‘quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o‘quvchi malaka oshirish uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina, o‘qitish muvaffaqiyatli kechdi, deb hisoblasa bo‘ladi.
Ma’lumki, ta’lim olish (ma’lumot olish) jarayoni – bu ma’naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta’lim oluvchining o‘zi orqali yoki boshqa birov- ta’lim beruvchining ko‘magida amalga oshirilishi mumkin. Ta’lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi.
Metod – grekcha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, izlanish yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatadi.
Ta’lim metodini(usulini) - ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga va tartibga solingan yo‘l-yo‘rig‘i sifatida ta’riflash mumkin.
Ta’lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta’lim metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin.
Ta’lim metodi -bu ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo‘l-yo‘rig‘i.
“Metod” yunoncha so`z bo`lib “ yo`l” ma`nosini anglatadi. Ta`lim metodi ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usulidir.
Ta`lim metodlari o`qitishning o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishish usullari hamda o`quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo`naltirish yo`llarini anglatadi.
O`qitish metodlari ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchi faoliyatining qanday bo`lishi, o`qitish jarayonini qanday tashkiletish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o`quvchilar qanday ish-harakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi.
Ta`lim metodlarini tasniflashni ko`plab olimlar turlicha bayon etib, o`z tasniflarini bayon etishgan. Quyida bu tasniflarni ko`rib chiqamiz.
I.Y.Lerner va M.N.Skatkin o`qitish metodlarini quyidagilarga ajratadilar:
- tushuntirish;
- reproduktiv metod;
- muammoli bayon qilish metodi;
- qisman izlanish metodi;
- tadqiqot metodi.
S.I.Perovskiy vaY.Y.Golant tasnifi:
- faol;
- passiv.
Y.K.Babanskiyning tasnifi:
- o`quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
- nazorat va o`zini-o`zi nazorat qilish metodlari;
- bilishga doir o`yinlar, o`quv munozaralari, qiziq vaziyatlarni vujudga
keltirish, rag`batlantirish, tanbeh berish va nazorat metodlari.
M.A.Danilov va B.P.Yesipning tasnifi ma`lum turdagidarslarda qo`yiladigan vazifalarga bog`liqdir:
1. Bilimlarni bayon qilishda: hikoya tushuntirish, ma`ruza, suhbatlar, ko`rsatmali qo`llanmalarni namoyish etish.
2. O`quvchilarda ko`nikma va malakalarni shakllantirish: mashqlarni shakllantirish va amaliy ishlar.
3. Bilim, ko`nikma va malakalarni tekshirish – joriy kuzatishlar, og`zaki so`rash, yozma va amaliy nazorat ishlari.(26,37)
Yuqoridagi olimlarning tasniflashlarini o`rganib chiqib, umumlashtirgan holda quyidagicha tasniflashni taklif etamiz.
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo`lib, ularning har biri o`z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo`linadi. O`quv bilish faoliyatining tashkil etilishi, o`quv axborotlarining uzatilishi, qabul qilinishi, anglab olinishi, yodda saqlanishi, o`zlashtirilgan bilimlarning amaliyotda qo`llanilishini ta`minlash, amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishiga ko`ra ta`lim metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Verbal (o`quv axborotlarni so`z orqali uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari yoki og`zaki metodlar – hikoya, ma`ruza, suhbat va boshqalar); O`quv axborotini ko`rgazmali uzatish va ko`rish orqali qabul qilish metodlari (ko`rgazmali metodlar – tasviriy, namoyish qilish vaboshqalar);
O`quv amaliyotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar- mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar).(30,36) Yuqorida bayon etilgan fikrlarga tayangan holda amaliyotda keng qo`llanilayotga uch guruh metodlarini tasvirda shunday ifodalalash mumkin:
Umumiy holda metodning tanlanishi ta’lim va tarbiyaning didaktik maqsadlari bilan aniqlanadi. Biroq turli xil pedagogik vaziyatlarda o’qituvchi va talabalar o’rtasida faoliyat turlari o’zgarib, o’zaro almashinib turadi. Tabiiyki, bu faoliyat turlariga mos holda o’qitish metodlari ham o’zaro chog’ishtiriladi.
O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlash – bu ularning o’zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida o`quvchilar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi. To’g’ri qo’llanilgan metodlar obyektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg’ulotning ilmiy-nazariy darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan o’qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga, mustaqil amaliy faoliyatni faollashtirishga olib keladi. (31,32) Pedagogikada an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda ishlab chiqilgan, keyingi yillarda didaktik olimlarning ishlarida ularning yigirmadan ortig’i keltiriladi. Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta’lim va tarbiyani rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo’nalganligidir . Bu mezon turli xil metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo’li bilan joriy etiladi , chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o’zlashtirishda ularning imkoniyatlari turlichadir .
Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos kelishdir. Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi. Shu bousdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz. Bir metod yordamida mavzu mazmuni to’laroq ochib berilsa, boshqasi uni ijobiy o’zlashtirishga imkon tug’diradi.
Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning talabalar o’quv imkoniyatlariga to’liq mos kelishi , ya’ni samaralio’quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir .
Interfaol o’qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Bu pedagogning o’qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlaribilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi.
Tarmoqlar metodi (Klaster) texnologiyasi.
Ushbu metod mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan. Biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishdan oldin o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi.
1.Katta o‘lchamdagi qog‘oz yoki doskaning o‘rtasiga mavzuga doir so‘z yoziladi.
2.O‘quvchilar ushbu so‘z bilan bog‘liq xayolga kelgan so‘z va jumlalarni uni atrofiga yoza boshlaydilar.
3.Yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi bilan xayolga kelgan so‘zlar ham darhol yozib qo‘yiladi.
4.So‘zlarni yozish jarayoni o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so‘z va g‘oyalar tugaguncha davom etadi. Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur.
1.Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e‘tibor bermasdan yozib borish.
2.Orfografiya va boshqa omillarga e‘tibor bermaslik.
3.Vaqt tugaguncha, iloji boricha to‘xtalmasdan yozish.
4.Iloji boricha ko‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga harakat qilish.
5. G‘oyalar va so‘zlar sonini cheklab qo‘ymaslik.

ILOVALAR











Xulosa:
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’shimchalarni o’rgatishda klaster usuli orqali o’rgatish deganda shuni tushunishimiz mumkinki bunda so’zni yasalishida qo’shimchalar asosiy o’rinni egallaydi.
Qo‘shimchalar ikki turga bo`linadi: 

  1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar. So‘zning leksik ma’nosini shakllantirishuchun xizmatqiladigan. 

  2. Forma yasovchi qo‘shimchalar so‘zlarning grammatik formalarini shakllantirib, turli grammatikma’nolarini ifodalaydi. So‘zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosini aniqlashning asosiy usullarini bilib oladilar. Bunda o‘qituvchining vazifasi bolalar so‘zlarining leksik ma’nosi va morfemik tarkibi bir-biriga bog‘liqligini bilib olish uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning lug‘atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi. So‘z morfemani rolini anglash, shuningdek qo‘shimchalarning semantik ma’nosini bilish o‘quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosini tushunibgina qolmay, matnda aniq affiksli so‘zlardan ongli foydalanishlarni oshirish hisoblanadi. 
    So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish orfografik malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Morfologik tamoyil o‘zbek orfografiyasining yetakchi tamoyili bo‘lib, bunga binoan so‘zlar va ularning tarkibiy qismi, (o‘zak va qo‘shimchalar) asliga muvofiq yoziladi. O‘zak va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik so‘z yasalishiga oid, grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiqetishni talab qiladi. 

Shuning uchun so‘zning morfemik tarkibini o‘rganishning muhim vazifalaridan biri o‘zak va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar asosini yaratish hisoblanadi. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini 
o‘stirishda, xususan, til birligi sifatida so‘zni umumiy bilib olish uchun zarur bo‘lgan maxsus aqliy ko‘nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli.
O‘qituvchining vazifasi ta’lim jarayonida bilimni o‘zlashtirish bilan o‘quvchilarni aqliy faoliyatini o‘stiradigan mavxumlashtirish, analiz, taqqoslash ko‘nikmalarni shakllantiradigan sharoit yaratish hisoblanadi.

Download 154.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling