Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
I. Fan tarkibida quyidagi mavzular kiradi:
1-ma’ruza: The world news
Ushbu mavzu talabalarda dunyo haqidagi fikrlarini mustahkamlashda yordam beradi va bu ma`ruza mashg`uloti orqali talabalar dunyo haqidagi bilimlarini ingliz tilida mustahkamlaydilar.
2-ma’ruza: Organizations and associations
Ushbu ma`ruza mashg`uloti orqali talabalar ingliz va o`zbek tillarida turli xalqaro tashkilotlar faoliyati bilan tanishadilar va o`zlariga kerakli xulosalarni chiqarishadi.
3-ma’ruza: English as an international language
Ingliz tilining jaxon tilshunosligida va o`zbek xalqi madaniyati, o`tmishi, turmush-tarzida tutgan o`rni, badiiy asarlar tahlili borasidagi qarashlar ushbu ma`ruza mashg`uloti orqali talabalar ongiga singdiriladi.
4-ma’ruza: Specialists training
Ushbu ma`ruza mashg`uloti orqali ingliz tili mutaxassislari oldiga qo`yiladigan burch va vazifalar, ularning o`z sohasining yetuk mutaxassisi bo`lishi uchun bajaradigan vazifalari yoritib beriladi.
5-ma’ruza: ESP and EAP classes
Ushbu ma`ruza mashg`uloti Akademik maqsadlarga yo`naltirilgan ingliz tili hamda Muayyan maqsadlarga yo`naltirilgan ingliz tili o`rtasidagi farqlar va umumiylar xususida ma`lumot beradi.
6-ma’ruza: Professional activity of EL teachers
Ingliz tili ustozlarining pedagogik bilimdonligi, konkret tarixiy davrda qabul qilingan me'yorlar (normalar), standartlar va talablarga muvofiq pedagogik vazifani bajarishga layoqati va mashg`ulotlarga tayyorgarligi ularning professional faoliyatiga aloqadorligi ma`ruza mashg`ulotida singdiriladi.
7-ma’ruza: Application and CV writing
Ushbu ma`ruza mashg`ulotida xorijiy mamlakatlar universitetlariga hujjat topshirish yoki ishga kirish maqsadida ariza va tarjimai holni ingliz tilida to`ldirish ususllari borasida keng ma`lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |