O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi “tiqxmmi” milliy tadqiqot universiteti “buhgalteriya hisobi va audit” kafedrasi


Lizing mohiyati va lizing operatsiyalari turlari


Download 112.19 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi112.19 Kb.
#1525863
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Mavzu lizing korxonalarida lizinga berish muomalalari hisobi

Lizing mohiyati va lizing operatsiyalari turlari
Lizing mohiyatini quyidagi ibora orqali ifoda etsak boladi: “Boylik, mol mulkka egalik qillishdan emas, balki undan foydalanishdan iborat boladi”. Mazkur jumla lizingning asosiy g’oyasini to’liq nomoyon etadi. korhona yoki tabirkorga ishlash va daromad toplash uchun mol-mulkka egalik qilish shart emas, balki muayyan muddat davomida undan foydalanish ozi kifoyadir. Lizing atamasi ingilizcha so’zdan olingan bo’lib, lese “ijara” degan ma’noni anglatadi, ingiliz tilida operativ va moliyaviy lizing tushunchalari mavjud. Bizning qonunchilikka ko’ra operativ lizing “ijara” degan ma’noni anglatadi, moliyaviy lizing esa moliyaviy ijara yoki lizing ma’nosini anglatadi. Shuning uchun “lizing” atamasi bizning bizning sharoitda moliyaviy lizingni anglatadi.
Lizing operatsiyalari turlari va shakillari - Lizing operatsiyalari, qo’shma lizing, moliyaviy lizing, bo’linma lizing, guruhli lizing, operativ lizing kabi turlarga ajratilinadi.
Qo’shma lizing-lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bo’lib qolgan tarzda, lizing shartnomasi bo’yicha olgan obyektini lizing beruvchining yozma roziligidir.
Moliyaviy lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:

  • Shartnomaning muddati tugagach lizing obyekti lizing oluvchining mulkiga o’tadi;

  • Shartnoma muddati lizing obyekti xizmat muddatining 80%dan ortiq bo’ladi yoki shartnoma muddati tugagach, lizing obyektining qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kamini tashkil etadi;

  • Lizing oluvchi obyektni qat’iy belgilangan narxda yoki shartnoma muddati tugaganda aniqlanadigan narxda sotib olish huquqiga ega;

  • Lizing shartnomasi davridagi to’lovlarning umumiy o’rtasidagi ishtirokchilari summasi lizing obyekti qiymatining 90% dan ortiq. Lizing obyekti lizing oluvchi balansida hisobga olinadi.

Operativ lizing shartnoma muddati mulkning xizmat qilish muddatidan kam ekanligi bilan ajralib turadi. Shartnoma amal qilish muddati davomida lizing beruvchi faqat mulk qiymatining bir qisminigina to’laydi. Bu holda mulkning qoldiq qiymati yuqori boladi va lizing beruvchi ushbu qiymatni qoplash uchun bir necha bor foydalanishga topshieishga to’g’ri keladi. Agar lizing shartnomasida ko’rsatilgan talablardan birortasi nazarda tutilmagan bo’lsa, lizingning bunday turi operativ lizing hisoblanadi. Operativ lizingni amalga osirish tartibi va shartlari qonun jihatlari bilan tartibga solinadi. Lizing obyekti lizing beruvchi balansida hisoblanadi.
Bevosit – lizing beruvchi sifatida mulkni ishlab chiqaruvchi korxona ishtirok etadi va o’z mulkini mustaqil ravishda lizing oluvchiga topshiradi.


Download 112.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling