Ish joyida o'tkaziladigan yo'riqnoma ishni xavfsiz olib borish qoidalari asosida sex boshliqlari tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi tasdiqlangan dastur bo'yicha olib boriladi. Bu yo'riqnomalar ro'yxatini korxona bosh muhandisi kasaba uyushmasi bilan birgalikda tasdiqlaydi. Ish joyida o'tkaziladigan dastlabki yo'riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qo'yishdan oldin yoki ish xarakteri o'zgargan hollarda o'tkaziladi. Korxonaga ishga kirayotgan ishchi kasbiy malakasini malakali va tajribali ishchiga, biriktirib qo'yish orqali oshiradi. Bunday biriktirib qo'yish sex boshlig'ining unga javobgar usta ko'rsatilgan yozma farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi. Dastlabki yo'riqnoma o'tkazish yo'riqnomalami rasmiylashtirish jumaliga yozib qo'yish orqali mustahkamlanadi. Barcha ishlar o'ta xavfli ishlarni bajarishga vazifa olishlaridan aw al javobgar rahbar tomonidan yo'riqnoma olishlari va bu haqda jum alga xavfsizlik choralari ko'rsatilgan holda rasmiylashtirilishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |