O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent texnika universiteti mavzu: Sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik. Sanoat obyektlarini xavfsizlik darajasiga ko’ra tasniflash
Download 296.84 Kb.
|
xumo
Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar mehnat xavfsizligi standanlariga muvofiq, ta’sir ko'rsatish tabiatga ko'ra fizik, kimyoviy, biologik, psihologik omillarga ajratiladi. To‘qim achilik sanoati sexlarida tolali materiallarni litish, savash, bo* у ash, bo'yoqlar tayyorlash, oxorlash,a tuklami kuydirish jarayonlanda kimyoviy zararli gazlar ajralib chiqadi. Bu zararli moddalar ishchilar fiziologiyasiga ta’sir qilib, organizmning zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Paxtani dastlabki ishlash va to'qimachilik sanoatida, ayniqsa, uning boshlang'ich jarayonlarida eng ko'p tarqalgan zararli modda - changdir. U hamma ishlab chiqarish sexlarida hamda korxona hududidagi atmosferada uzoq vaqt qo'nmay, uchib yurishi mumkin. Chang zarrachalari tarkibiga ko'ra organik va mineral qismlardan iborat. Bunda uning asosiy qismini organik modda bo'lmish tola va uning bo'lakchalari (paxta changida 96-98%) tashkil qiladi. U murakkab tarkibli bo'lib, turli shakl va kattaliklarda uchraydiChangga gigiyenik baho berilganda uning tarkibi asosiy rol o'ynaydi. Uning organik qismi sellulozadan tashkil topgan bo'lib, u organizmga zaharli ta’sir qilmaydi, lekin ularda m og'or zamburug'lari va sporalari mavjud bo'lishi mumkin, bu esa organizm haroratini oshiradi, bosh og'rig'i hamda titroq tutish holatlariga olib keladi. Paxta tolasi changidan paydo bo'ladigan bunday kasallik bissinoz deb ataladi. Bundan tashqari paxta changida, paxtaga ishlov berish natijasida qolgan zaharli moddalar (pestitsid, gerbitsid va defoliantlar) bo'lishi mumkin. Changning tarkibidagi mineral qismida kremniy ikki oksidi SiO, bo'lib, uning nafas yo'llari orqali o'pkaga ma’lum konsentratsiyada kirih borishi pnevmokonioz kasalligi xavfini tug'diradi. Chang tarkibida bu modda qancha ko‘p bo'lsa. kasallik xavfi shuncha ortadiBarcha ishchilar kirish yo‘riqnomasidan tashqari ish joyida o'tkaziladigan yo‘riqnomalar ham olishi kerak. Ish joyida o'tkaziladigan yo'riqnomadan maqsad - har bir ishchini to'g'ri va xavfsiz ish usullariga o'rgatishdir. Yo'riqnoma jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik jarayon, uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv xususiyatlari. paydo bo'lishi mumkin bo'lgan xavflar. ishni xavfsiz bajarish usullari, ish joyini to'g'ri tashkil qilish va sh.o'. masalalar tushuntiriladi. Yo'riqnoma o'tkazish ishchining bevosita rahbari bo'lgan ustaga yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo'riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik. energetik, texnolog, inslruktorlik vaxta xodimlari va h.k.) ishtirokida o'tkaziladi. Noelektrotexnik xodimlarga elektr xavfsizligi bo'yicha yo'riqnoma o'tkazish va malaka guruhi berish korxona bosh energetik xizmati xodimlari zimmasiga yuklatiladi.Download 296.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling