O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim fakulteti
Download 30.28 Kb.
|
1 2
Bog'liqBuxgalteriya hisobi Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Ishlab chiqarish zahiralarning sintetik hisobi. Bajardi: BXA-55-2 guruh talabasi Jo’raqulov Asilbek Rahbar: dots. v.b. Halilov Sherzod
- RO‘YXATGA OLINDI “____” _______2022 y. __________________ RO‘YXATGA OLINDI
- Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana “____” _______2022 y. Kurs ishi himoya qilingan sana
- (imzo) ___________ (imzo) Komissiya a’zolari: __________________ __________________
- 1. Ishlab chiqarish zahiralarining turkumlanishi ularning sintetik hisobini tashkil qilish. 2.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI BO’LIM FAKULTETI “BUXGALTERIYA HISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT” KAFEDRASI “BUXGALTERIYA HISOBI” fanidan KURS ISHI MAVZU: Ishlab chiqarish zahiralarning sintetik hisobi. Bajardi: BXA-55-2 guruh talabasi Jo’raqulov Asilbek Rahbar: dots. v.b. Halilov Sherzod
TOSHKENT – 2022 Reja: Kirish 1. Ishlab chiqarish zahiralarining turkumlanishi ularning sintetik hisobini tashkil qilish. 2. Ishlab chiqarish zahiralarining kelib tushishini hujjatlashtirish. 3. Ishlab chiqarish zahiralari sarfini hujjatlarda rasmiylashtirish. Xulosa Foydalanlan adabiyotlar ro’yxati Kirish Bozor munosаbаtlаri shаroitidа mаvjud moddiy, moliyaviy vа boshqа resurslаrdаn oqilonа vа sаmаrаli foydаlаnish lozim. Rаqobаtgа bаrdosh berish – bu rivojlаnishning muhim omillаridаn sаnаlаdi. Аyniqsа, mulkchilik shakli turlicha bo’lgan korxonalarda xususiy kapital miqdorini ko’paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim аmаliy аhаmiyat kаsb etаdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e‘tibor qaratildi. Xususan, davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.1 Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yurituvchi subyektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali ko'rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga u darajada ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo'ladi. Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo'lish, uni doimiy tarzda ko'paytirib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo'jalik yurituvchi subyektning, shu jumladan aksionerlik jamiyatlarining rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi. Kapital iqtisodiy rcsursdir. U o'z kapitali va chetdan jalb etilgan qarz mablag'lari yig'indisidan iborat bo'lib, korxonaning moliya xo'jalik faoliyatini yuritishning asosini tashkil etadl. Chetdan jalb etilgan mablag'lar qatoriga kredit va qarzlar, jismoniy va yuridik shaxslarga bo'lgan kreditorlik qarzlari kiradi. Bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona moliyaviy ehtiyojlarini o'zi mustaqil ravishda hal etadi. Korxona resurslari olingan foyda, qimmatbaho qog'ozlarni sotishdan kelgan tushum, aksionerlar, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan pay va boshqa to'lovlar, qonunga hilof bo'lmagan holda kirim qilingan mablag'lar evaziga tashkil topadi. Bunday asosda kiritilgan mablag’ korxonaning xususiy kapitali deb ataladi. Korxona kapitali ikki qismdan iborat shaklda tavsiflanadi. ulaming bir qismi xususiy kapital (o'z sarmoyasi) sifatida, ikkinchi qismi qarz kapitali (qarz sarmoyasi) sifatida qaraladi. Lekin shu ikkita birlik va uning tarkibiga kiruvchi birlik qatorlar korxona umumiy moliyaviy holatiga baho berishda, uning ish aktivligini baholashda muhim o'rin tutadi. Xususiy kapital (o'z sarmoyasi) iqtisodiy harakat va faoliyatda alohida o'rin tutadi. Bu kapital o'z ichiga ustav kapitali, qo'shilgan kapital, zaxira kapitali va foydaning taqsimlanmagan qismini oladi. Xususiy kapital qarz kapitalidan farqli ravishda aniq muddatli harakat xususiyatiga ega emas. Ya'ni uning qaytaruvchanligi bclgilanmaydi. Ushbu kapital korxonaning butun faoliyati davomida harakatda bo'ladi va uning maqsadligi ta'sischi sifatida foydadan ulush olishdagi xususiyati bilan izohlanadi. Korxonaning ish aktivligini xususiy kapital bilan bog'liq ko'rsatkichlarini asosiy va aylanma kapital aylanuvchanligidagi holatga qiyosan umumiy va birlik ko'rsatkichlarini belgilash mumkin. Xususiy kapital hisobi hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudrat darajasi qay darajada ekanligini bildiradi. Shu taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6 – sessiyasida qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunida ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16 – moddasiga ko’ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot” deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim. Xususiy kapital tahlilining vazifalari bo'lib, quyidagilar hisoblanadi: xususiy kapitallardan samarali foydalanganlikka baho bcrish; xususiy kapitalda mavjud bo'lgan imkoniyatlarni aniqlash; uning o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash va hakozolar kiradi. Xususiy kapital tahlilini olib borishda axborot manbai bo'lib, «Buxgalteriya balansi»ning passiv 1 - bo'limi va «Xususiy kapital to'g'risida»gi hisobot shakllari kiradi. Bu hujjat shakllaridan foydalangan holda biz tahlil ishlarini olib boramiz. Xulosa Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xususiy kapital korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Chunki uning holatiga qarab jami mablag‘lar tarkibidan kelib chiqqan holda korxonaning iqtisodiy qaramligi yoki mustaqilligiga baho beriladi. Bu biznesni boshqarish, faoliyatni kengaytirish va sheriklik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda o‘ta muhim masala hisoblanadi. Xususiy kapital korxonaning o‘z mablag‘lari manbayining asosini tashkil etuvchi ko‘rsatkich hisoblanib, uning tarkibiga korxona ustav kapitali, zaxira kapitali, qo‘shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) kiradi. Buxgalteriya hisobi fanidan ma’lumki korxona, tashkilot va firmalarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash manbayi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: • o‘z mablag‘lari manbayi; • qarz mablag‘lari. Korxona, tashkilot yoki firma ochilish davrida o‘z mablag‘larini belgilab olishi lozim. Bu ish amalga oshirilgach esa mablag‘larni qaysi manba hisobiga qoplash kerakligi ko‘rib o‘tiladi. Agarda korxonaning o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lsa, o‘z mablag‘lar manbayi hisobiga, aks holda esa qarz mablag‘lari hisobiga, qoplaydi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har bir korxona o‘z moliyaviy ehtiyojlarini o‘zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta’minlash manbayi bo‘lib, uning foydasi, qimmatli qog‘ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to‘lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari hamda qonundan tashqari bo‘lmagan holda kirim qilingan mablag‘lar kiradi. Bunday asosda kiritilgan mablag‘lar korxona, tashkilotlar uchun xususiy kapital deb qaraladi. Hozirgi vaqtda mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalarda ustav fondi miqdori mazkur korxona tashkil bo‘lganda tasdiqlangan ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdor bilan muvofiq kelishi lozim. Uning miqdori yil davomida o‘zining mulkchilik shaklini o‘zgartirmaydigan korxonalarda o‘zgarmaydi. Davlat korxonasi xususiylashtirilganda mazkur korxona mulkining sotib olinish qiymatini aniqlash talab qilinadi, chunki ta’sischilar hujjatida ustav fondi miqdorini ko‘rsatish lozim. Xususiy kapital tarkibiy qismlaridan yana biri bu – rezerv kapitali hisoblanadi. Rezerv kapitali – bu korxona ustaviga asosan ajratma qilish mol-mulk qayta baholanishi, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag‘lar (pul mablag‘laridan tashqari), o‘rtoqlik va aksionerlik jamiyatlar mulkini oshiruvchi boshqa kirimlar hisobini olib borish uchun mo‘ljallangan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida kapitallar (fondlar) va rezervlarning muhim o‘rni mavjud. Chunki bu manbalar asosan, xo‘jalik subyektlarining o‘z manbalarini aks ettiruvchi jihatlari bilan ajralib turadi. Bugungi kunda xo‘jalik subyektlarining o‘z mablag‘lari manbalari qanchalik yuqori salmoqqa ega bo‘lsa, mazkur korxonalarning faoliyati shunchalik ijobiy baholanadi. Bizning fikrimizcha, xo‘jalik subyektlarining xususiy kapitalini o‘rganishda iqtisodiy tahlilni quyidagi bosqichlarda tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi: Xususiy kapital tahlilini o‘tkazishning rejasi va dasturini tuzish bosqichi; Xususiy kapital tahlili uchun kerakli bo‘lgan manbalarni aniqlash, yig‘ish hamda hisoblanadigan ko‘rsatkichlarni belgilash bosqichi; Xususiy kapitalga oid to‘plangan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish va tahlil uchun moslashtirish bosqichi; Bevosita xo‘jalik subyektlarining barcha sohalarini belgilangan tartibda tahlil qilib chiqish bosqichi; Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Tahlil natijasida ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotda qo‘llash shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bosqichi. Hozirgi vaqtda dolzarb hisoblangan xususiy kapital tahlilini rivojlantirish va takomillashtirish bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng asosiy vazifalarimiz qatoriga kiradi. Bunda xususiy kapital tahlilini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi takliflarni keltirib o‘tmoqchimiz: - eng avvalo xususiy kapital tahlili bo‘yicha zarur ma’lumotlarni iqtisodiy adabiyotlardan olish imkoniyatining cheklanganligini inobatga olgan holda, ushbu mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni to‘liq va kengaytirilgan shaklda sistemalashtirish (jamlash) lozim; - xususiy kapital ko‘rsatkichlari tahlili bilan bog‘liq bo‘lgan koeffitsiyentlarni xalqaro hisob hamda tahlil yutuqlarini chuqur o‘rgangan holda mamlakatimiz hisob va tahlil tizimiga joriy etish lozim; - korxona xususiy kapitali tahlilini takomillashtirishda mulkchilik shakli va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda mavzularni farqlash, ya’ni sohalarga yo‘naltirilgan holda mukammallashtirish lozim. Yuqoridagi fikrlarimizning xotimasi sifatida shuni aytib o‘tish kerakki, mamlakatimizda iqtisodiy bilimlar sohasida ilmiy izlanishlarni yanada jonlantirish va ilmiy izlanuvchilarning ushbu yo‘ldagi sayi-harakatlarini rag‘batlantirishning ta’sirchan tizimining joriy etilishi, respublikamiz korxonalarining taraqqiy etishiga, milliy iqtisodiyotimizga to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning kirib kelishiga, xorijiy kapital ishtirokidagi qo‘shma korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatining rivojlanishiga, pirovardida mamlakatimiz iqtisodiyotining yanada yuksalishi va taraqqiy etishiga muhim omil bo‘lishi tabiiydir, albatta. Download 30.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling