Reaksiya quyidagi ikki bosqichda boradi:
8- tajriba. Bromning etilenga birikishi
Kerakli reaktivlar: bromli suv, probirka.
Jihozlar: qaynatar (sopol bo‘laklari), probirka, gaz o‘tkazgich nay, gaz gorelkasi, tiqin.
Ishning borish tartibi: Reaksiyada hosil qilingan etilen, gaz o‘tkazgich nay orqali bromli suv quyilgan probirkaga tushiriladi. Bromli suv rangsizlanadi, chunki brom qo‘shbog‘ hisobiga birikib, dibrometan hosil bo‘ladi:
Reaksiya quyidagicha boradi
1,2-dibrom etan
9- tajriba. Etilenni oksidlash
Kerakli reaktivlar: kaliy permanganatning 10% li eritmasi, 1% li soda eritmasi.
Jihozlar: qaynatar (sopol bo‘laklari), probirka, gaz o‘tkazgich nay, gaz gorelkasi, tiqin.
Ishning borish tartibi: Ajralib chiqayotgan etilenni ozgina soda qo‘shilgan kaliy permanganat eritmasi (2ml) orqali o‘tkazing, natijada eritmaning rangi yo‘qoladi, chunki suvda eruvchan rangsiz etilenglikol hosil bo‘ladi. Hosil bo‘ladigan qo‘ng‘ir rangli ikkilamchi mahsulot marganets (IV) oksid kristallaridir. Bu rang eritmaga ham ta'sir etgan bo‘lishi mumkin:
Reaksiya quyidagicha boradi:
10- tajriba. Etilenning yonishi
Reaktiv va jihozlar: hosil bo‘layotgan etilen, tigel.
Ishning borish tartibi: Nay uchidan chiqayotgan etilen yondiriladi. Etilenni yondirayotganda, uning alangasi metan alangasiga qaraganda ravshan bo‘lishiga ahamiyat bering. Etilen alangasiga kiritilgan tigel qorakuya bilan qoplanadi.
11- tajriba. Atsetilen olish
Kerakli reaktivlar: suv, kalsiy karbid bo‘lakchalari.
Jihozlar: probirka, gaz o‘tkazgich nay, tiqin.
Ishning borish tartibi: Probirkaga 2-3 ml suv quyib, ustiga kalsiy karbidning kichik bo‘lakchasidan 1-2 dona tashlab, tezda probirkaning og‘zini nayli tiqin bilan berkiting. Gaz o‘tkazgich nay ustiga to‘nkarilgan probirkada atsetilen yig‘iladi. Bir ozdan so‘ng probirkaga yig‘ilgan gazni yoqing. Bunda atsetilen dud chiqarib yonadi. Shundan keyin atsetilenni nay uchidan chiqayotgan vaqtida yondiring. Havo yetarli bo‘lganda ajralib chiqayotgan atsetilen juda ravshan alanga berib yonadi. Atsetilenning yonishini metan va etilenning yonishi bilan taqqoslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |