O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim ikkinchi oliy ta’lim soliqlar va sug`urta fakulteti


Umumiy depozitlar Daromadi, mlrd. tl


Download 111.82 Kb.
bet3/7
Sana22.12.2022
Hajmi111.82 Kb.
#1043603
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2zNobXpys9vNwkzrcCnVT1iGGh-EpI5O

Umumiy depozitlar

Daromadi, mlrd. tl

Filiallari soni

Davlat banklari





Ziroat

21376,2

1030,9

1252

Yemlak

8216,7

113,1

410

Xalq

5290,7

43,0

685

Etibank

1496,8

--

131

Boshqalar

9859,6

246,7

497

Jami

46240,0

1433,7

2975

Xususiy banklar





Ish bankasi

11657,0

181,7

940

Yani kredi

7663,6

293,0

548

Akbank

7351,5

733,4

620

Pamukbank

4511,7

51,1

173

T.Garanti

4209,9

202,2

301

T.Tijaret

3490,8

64,2

412

Boshqalar

7920,6

594,7

461

Jami

46805,1

2120,3

3555

Xorijiy banklar





Osmandi V

918,0

41,5

72

T.Mitsui Bank

231,9

1,8

2

Sati benk

187,2

9,9

3

Boshqalar

935,6

142,9

36

Jami

2272,7

196,1

113

Hammasi

95317,8

3750,0

6543

Manba: http://www.tcmb.tr/ –Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi.
Iqtisodiy siyosatni amalga oshirish paytida har qanday mustaqil davlat hukumatlari oldida odatda ikkita tanlov yo‘nalishi turadi: yoki milliy valyuta barqarorligini saqlash uchun kurashish (ushbu holat ilg‘or rivojlangan mamlakatlar uchun xos) , yoki uning suzuvchi kursini joriy etish. Birinchi holatda pul qadrini ushlab turish va inflyatsiyadan qochish uchun hukumat tarif stavkalari va daromadlar darajasini nazorat qilishi, past foizli kredit berishlarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Ushbu holatda doimiy ravishda jahon bozoridagi o‘zining valyuta kursini nazorat qilib borishi, mamlakatdan oltin, valyuta zahiralarini olib chiqib ketilishini ta’qiqlashi kerak.
Turk lirasini barqarorlashtirishga bo‘lgan bir necha urinishlardan so‘ng 1981 yildan boshlab Turkiya hukumati va Markaziy banki ikkinchi yo‘ldan bordi va milliy valyutani suzuvchi kursini joriy qildi. Hozirgacha ushbu kurs deyarli har kuni ko‘rib chiqilmoqda, doimiy ravishda matbuotda nashr qilinmoqda va turk lirasi boshqa mamlakatlar banklarida erkin almashtirilmoqda. Ushbu holatni quyidagi jadval orqali turk lirasini qator yillardagi o‘zgarish dinamikasida ko‘rib o‘tamiz.
2-jadval.
Turk lirasiga nisbatan AQSh dollarining kursi (ming lira).

yil

11992

11993

11994

11995

11996

11997

11998

11999

22000

22001

22002

22003

1$

6,8

11

29,7

45

81

152

260

420

623

1225

1505

1493

Manba: http://www.tcmb.tr/ –Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi.

Berib o‘tilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, AQSh dollariga nisbatan turk lirasining kursi taxminan 220 barobarga ko‘paygan. Dastlab ushbu kurs dollarga nisbatan pasaytirilib ko‘rsatilib, valyutaning real qiymati oshirilgan va bu mamlakat eksport imkoniyatlarini yaxshilanishini ta’minlagan. Keyinchalik esa milliy valyuta inflyatsiyasi sababli almashuv kursi yuqori darajalarga ko‘tarilib ketgan.


3-jadval.
Turkiyada inflyatsiya darajasi, 1991-2003 yillar ( foizda).

Yil

11991

11993

11995

11996

11997

11998

11999

22000

22001

22002

22003

%

66

66,4

93,1

79,3

85,3

83,6

63,6

53,9

53,9

44,8

25,2

Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi.
Turkiya pul-kredit siyosatida 1984 yili hukumat tomonidan qabul qilingan 30-sonli «Turkiya valyuta kursini himoya qilish haqidagi qaror» muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qarorning 4-moddasida qaror qilindi: «Mamlakatga olib kirilayotgan erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalar cheklovlarsiz amalga oshiriladi». Turkiyadagi shaxslar o‘zlari bilan valyuta olib yurishlariga ruxsat berildi. Ular o‘z xoxishlariga ko‘ra uni bankka, valyuta hisob-kitob raqamiga qo‘yishlari va u yerda saqlashlari mumkin. Turkiyadagi shaxslar zarur operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun Turkiyadan tashqarida bo‘lgan shaxslardan valyuta olishlari mumkin. Turkiyada istiqomat qilayotgan shaxslar xorijga chiqish paytida o‘zlari bilan 3 ming AQSh dollari miqdorida valyuta olib chiqib ketishlari mumkin. Xorijga tovarini sotishi bilan uning egasi rasmiy eksport qilingan kundan uch oy muddat ichida sotilgan tovar qiymatining 80%ini mamlakatga qaytarishga majbur. Qolgan 20%ini o‘zi mustaqil taqsimlaydi. Transport, bank va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq xorijga valyutada pul o‘tkazishlar Markaziy bank va boshqa banklardagi qoida va cheklovlar(limitlar) orqali amalga oshiriladi.
Turkiyada xorijliklarga erkin ravishda kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish, savdo bilan shug‘ulanish, aksioner sifatida ishtirok etish, bo‘limlar ochish, aksiyaga egalik qilish, byuro, vakolatxona, agentlik ochish va shu maqsadda kapital o‘tkazishga ruxsat berilgan. Shu asosda Turkiyaga patent, nou-xau, litsenziya va boshqalar olib kirish erkin.
Bundan ko‘rinib turibdiki, Turkiya hukumati erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaga mamlakatning o‘tishi uchun barcha urinishlarni amalga oshirgan. Chunki undan foydalanish jahon bozoriga, zamonaviy texnika va texnologiyalarga, bilim va informatsiyaga keng yo‘l ochadi. Shunday valyutaning eng ko‘p oqimini turizmni rivojlantirish ta’minlamoqda. Bu o‘rinda xorijda ishlayotganlarning o‘z qarindoshlariga yuborayotgan pul o‘tkazmalari ham valyuta daromadlarida salmoqli ulushga ega. Faqat 1989-91 yilarda shunday o‘tkazmalarning miqdori har yili 3,1-3,3 mlrd. dollardan oshgan. Bularning barchasi 1990 yili valyuta zahirasini 21,4 trillion turk lira darajasiga yetkazish imkoniyatini berdi. Umuman, valyuta nazorat tizimi liberalroq, shu bilan bir vaqtda markazlashgan, ommalashgan holda edi. Ba’zi iqtisodchilar shu paytlarda xazinachilik va tashqi savdo boshqarmalariga favqulodda ko‘proq vakolatlar berib yuborilganligini ta’kidlaydilar. Shuningdek qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish va pul bosishga to‘la huquqqa ega Markaziy bank vakolatlari ham bulardan kam emas edi. Aynan ushbu ikkita organ xalq xo‘jaligini tartibga solishda asosiy iqtisodiy dastaklarni to‘la va mutlaq boshqarishni amalga oshiradi.
Ushbu holatni Turkiya iqtisodiyotining turli tarmoqlarida chiqarilayotgan qimmatbaho qog‘ozlar taxlili misolida ko‘rib chiqamiz.
3-jadval.

Download 111.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling