O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim ikkinchi oliy ta”lim


Download 21.14 Kb.
bet2/3
Sana29.12.2022
Hajmi21.14 Kb.
#1071361
1   2   3
Bog'liq
PLASTIK KARTA

Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan personi-fistirlangan to’lov vositasi bo’lib kartochka egasining tegishli bankdagi schyotda mablag’ borligiga guvoxlik beruvchi va naqd pul to’lamasdan tovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish huquqini o’zida aks ettiradi.

Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bir tomondan va mahsulotni realizastiya qiluvchi, ishni bajaruvchi yoki xizmatlarni ko’rsatuvchi (keyinchalik matnda - savdo sotiq yoki servis xizmat korxonalari) yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar ikkinchi tomonda turib o’zaro naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shaxobchalardan va bankomatlardan naqd pul mablag’larini olishda qo’llaniladi.

Tegishligiga ko’ra plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporatiya xillarga bo’linadi:

a) shaxsiy kartochka - bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka;

b) oilaviy kartochka - bu foydalanuvchiga shaxsiy kartochka ushlovchining ishonchnomasiga asosan berilgan plastik kartochka;

v) korporatiya kartochka - bu yuridik shaxslar va yuridik shaxsni tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko’rsatishga belgilangan plastik kartochka. Korporatiya kartochkalardan ish haqi va boshqa ijtimoiy tusdagi to’lovlarni to’lash, shuningdek naqd pul mablag’larini to’lashda foydalanish man qilinadi.

Plastik kartochkalar bo’yicha banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar quyidagi variantlarni ko’zda tutadi:

a) hisob-kitoblarni amaldagi elektron to’lovlar tizimi (ETT) orqali umumiy asosda o’tkaziladi;

b) kun davomida o’zaro majburiyatlarni yakuniy majburiy hisob-kitobi va yakuniy hisob-kitoblar summasini tijorat banklarining korrespondent schyotlari orqali hisobga o’tkazish yordamida hisob-kitoblar ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan prostessing markazlar orqali hisob-kitoblarni o’tkazish.

ETT orqali plastik kartochkalardan foydalangan holda o’tkazilgan operastiyalar bo’yicha umumiy xisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1) bank-emitent tomonidan o’tkazilgan ayatorizastiya hisob-kitoblarda:

a) plastik kartochkalarni ishlatish orqali tuzilgan xizmat ko’rsatilayotgan savdo yoki servis xizmati korxonalaridan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayer uning schyotiga mablag’larni o’tkazadi, bunda ayatomatik tarzda debetli elektron memorial order shakllanadi va elektron to’lovlar tizimi orqali bank-emitentga jo’natiladi;

b) bank-emitentda debetli elektron memorial order asosida dasturiy tarzda mijozning kartochka schyotida mablag’lar xisobdan chiqariladi. Debetli elektron memorial order kog’ozga chiqariladi va kunlik xujjatlar yig’masiga tikiladi;

2) bank-emitent tomonidan majburiy ravishda oldindan ayatorizastiya qilingan hisob-kitoblarda:

a) texnologiyalardan foydalanish qoidalariga muvofiq plastik kartochkalarni ishlatish orqali tuzilgan xizmat ko’rsatilayotgan savdo yoki servis xizmati korxonalaridan olingan elektron xujjatlar asosida bank-ekvayerda ayatomatik tarzda elektron xabarnoma shakllanadi va provodkalarni ayatorizastiya qilish va amalga oshirish uchun ETT orqali bank-emitentga jo’natiladi;

b) bank-emitent olingan elektron xabarnoma asosida tranzaktsiyani ayatorizastiya qiladi, elektron to’lovlar tizimi bo’yicha savdo va servis xizmati korxonalarining talab qilib olinuvchi depozit schyotiga mablag’larni o’tkazish uchun bank-ekvayerga elektron to’lovlar tizimi buyicha yuboriladigan, mijozning kartochka schyotidan mablag’larni hisobdan chiqarish uchun elektron memorial orderni ayatomatlashgan holda shakllantiradi;

v) bank-emitentdan olingan elektron memorial order asosida bank-ekvayerda savdo va servis xizmati korxonalarining talab qilib olinuvchi depozit schyotiga mablag’larni o’tkazish amalga oshiriladi. Memorial order kog’ozga chiqariladi va bankning kunlik hujjatlari yig’masiga tikiladi.

Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni amalga oshirish bir qator vazifalarni bajarishni talab etadi. Bulardan eng dolzarbi naqd pulsiz hisob-kitoblar ustidan nazorat o’rnatish va uni to’g’ri tashkil etish masalasidir. Bu esa o’z navbatida iqtisodiyotda to’lov tizimining yaxshilanishiga yordam beradi.





Download 21.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling