O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim ikkinchi oliy ta”lim


Download 21.14 Kb.
bet3/3
Sana29.12.2022
Hajmi21.14 Kb.
#1071361
1   2   3
Bog'liq
PLASTIK KARTA

Qisqa xulosalar

Tijorat banklarining muhim operastiyalaridan biri iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo’jalik sub’ektlarining o’zaro to’lovlarini o’tkazib berish hisoblanadi. Bunday tur operastiyalar bankning hozirgi kunda asosiy daromad keltiruvchi operastiyasi bo’lib hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish Markaziy banki Boshqaruvining 2002 yil 12 yanvardagi 1-4 (60)-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida nizom» ga asoslanadi. To’lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko’rsatuvchi bankka o’z schyotidan oluvchining schyotiga ma’lum bir summani o’tkazish to’g’risidagi topshirig’ini anglatadi. To’lov topshiriqnomalari bilan tovarlar, ishlar, hujjatlar uchun va boshqa to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan biri to’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar bo’lib, unga ko’ra- to’lov talabnomasi o’zida mablag’ oluvchini to’lovchi tomonidan bank orqali ma’lum bir summani to’lash to’g’risidagi talabi aks ettirilgan pul-xisob-kitob hujjatidir.

Talabnoma yuklab jo’natilgan tovarlar uchun, bajarilgan ishlar uchun, ko’rsatilgan xizmatlar uchun, shuningdek tomoniar tomonidan tuzilgan shartnomada ko’zda tutilgan boshqa to’lovlar bo’yicha qo’yilishi mumkin. Hisob-kitoblarning akkreditiya shaklida, (akkredetiya so’zining o’zi lotin tilidan olingan bo’lib, «ishonchli» degan ma’noni bildiradi) mijozning (to’lovchining) topshirig’iga va uning ko’rsatmasiga muvofiq akkreditiya ochgan bank (bank-emitent), o’z zimmasiga uning kontragenti-mablag’ oluvchi foydasiga to’lovni amalga oshirish majburiyatini yoki mablag’ oluvchi tomonidan akkreditiyada ko’zda tutilgan hujjatlarni va boshqa shartlarni bajarish sharti bilan ushbu to’lovlarni amalga oshirish bo’yicha vakolatlarni boshqa bankka taqdim etishni o’z zimmasiga oladi. Akkreditiya bo’yicha hisob-kitoblar qilish tartibi va uning amal qilish muddati to’lovchi va mablag’ oluvchi o’rtasidagi shartnomada belgilanadi. Inkassa topshiriqnomasi mablag’ oluvchining bankka to’lovchining schyotidan so’zsiz tartibda mablag’larni hisobdan chiqarish to’g’risidagi topshirig’ini anglatadi. Cheklar tijorat banklari buyurtmasiga ko’ra ularning faoliyati uchun etarli bo’lgan miqdorda Markaziy bankning "Davlat belgisi" DIB tomonidan tayyorlanadi. Bunda, chekning raqami va seriyasi, bank-emitentning nomi va firma belgisi bosmaxona usulida chop etiladi.

Cheklar omonat qo’yuvchi jismoniy shaxsning depozit hisobvarag’ida saqlanayotgan mablag’lar hisobiga yoki topshirilgan naqd pul summasiga beriladi. Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan personi-fistirlangan to’lov vositasi bo’lib kartochka egasining tegishli bankdagi schyotda mablag’ borligiga guvoxlik beruvchi va naqd pul to’lamasdan tovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish huquqini o’zida aks ettiradi.



Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bir tomondan va mahsulotni realizastiya qiluvchi, ishni bajaruvchi yoki xizmatlarni ko’rsatuvchi (keyinchalik matnda - savdo sotiq yoki servis xizmat korxonalari) yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar ikkinchi tomonda turib o’zaro naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shaxobchalardan va bankomatlardan naqd pul mablag’larini olishda qo’llaniladi.
hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizdagi barcha tijorat banklarining plastik kartochkalari bo‘lib, 
ular orqali naqd pullarni bankomatlardan olish va savdo shaxobchalarida foydalanish mumkin. 
Plastik kartochkalar asosan aholi o‘rtasida qo‘llanilib, naqd pulga bo‘lgan talabni kamaytirish, olib yurishdagi qulayligi, vaqtincha foydalanmasdan turgan mablag‘larni daromad keltirish kabi 
ijobiy jihatlari mavjud.
Plastik kartochka tegishli bankda kartochka egasining hisobvarag‘i mavjudligini 
tasdiqlovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish huquqini beruvchi, shaxsi 
belgilangan, bank tomonidan chiqarilgan to‘lov vositasini o‘zida ifoda etadi. 
Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi 
tadbirkorlar, bir tomondan, hamda mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi 
yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi matnda – savdo yoki xizmat 
ko‘rsatish korxonalari), ikkinchi tomondan, o‘rtasidagi bo‘ladigan naqd pulsiz hisob – 
kitoblarda, shuningdek, naqd pul berish punktlari (NPBP) va bankomatlardan naqd pul olishda 
qo‘llaniladi. 
Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalar chiqarishi va ular bo‘yicha xizmat 
ko‘rsatishi mumkin, bunda ular xalqaro to‘lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga va tegishli 
me’yoriy hujjatlarga muvofiq, bajariladigan operatsiya qoidalariga amal qilishlari shart. 
Bitta elektron kartochkada bir necha “elektron xamyonlar” joylashgan bo‘lishi mumkin. 
Plastik kartochkada, uni shaxs nomiga biriktirishda,quyidagi rekvizitlar yozilgan bo‘lishi 
shart: 
a) identifikatsiya belgilari (kartani raqami, seriyasi va boshqalar);
b) bank – emitent (kartochkalarni chiqaruvchi bank)ning kodi; 
v) hisobvaraq raqami va kartochka egasining familiyasi, ismi, otasining ismi (tashkilot 
nomi); 
g) kartochkaning amal qilish muddati; 
Plastik kartochkada bir necha xamyonlar mavjud bo‘lganda, identifikatsiya belgilari har 
bir hamyonni bir xil ma’noli identifikatsiyalashi lozim. Ko‘rsatilgan rekvizitlardan tashqari
kartochkaga operatsiyalarni amalga oshirish va ular hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan 
qo‘shimcha belgilar kiritilishi mumkin. 
Plastik kartochkalar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar kog‘oz ko‘rinishida (slip, 
elektron terminal kvitantsiyasi) va/yoki elektron shakldagi (elektron terminal jurnalidan yoki 
bankomatdan olingan xujjat) xujjatlarni, shuningdek, hisob – kitoblar qatnashchilari o‘rtasida 
tuzilgan shartnomalarda belgilangan boshqa hujjatlarni (bankomat kvitantsiyasi va boshkalar) 
tuzish lozimligini ko‘zda tutadi.

Elektron hujjatlar bank – ekvayer (savdo yoki xizmat ko‘rsatish korxonalariga xizmat 


ko‘satuvchi bank)ga, bank – emitentga yoki kliring markaziga, shartnomada kelishilgan 
davriylikda jo‘natiladi. 
Bitta bank bo‘limlari o‘rtasida kartochkalar bo‘yicha hisob – kitoblar qilish 
texnologiyasi, Bosh bank tomonidan, o‘z imkoniyatlari va foydalanadigan kartochkalar 
turlaridan kelib chiqqan holda, mustaqil belgilanadi. 
Kartochkalar bo‘yicha banklararo hisob – kitoblar texnologiyasi quyidagi variantlarni 
ko‘zda tutadi: 
a) Hisob – kitoblarni amaldagi elektron to‘lovlar tizimi (ETT) orqali yalpi hisob – kitob 
asosda o‘tkazish; 
b) Hisob – kitoblarni hisob – kitoblar qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan protsessing 
markazlaridan kun davomida o‘tkazilib, yakuniy o‘zaro majburiyatlar hisoblangan holda, tijorat 
banklarining vakillik hisobvaraqlaridan yakuniy hisob – kitoblar summasini o‘tkazish. 
ETT orqali plastik kartochkalardan foydalangan holda, amalga oshirilgan operatsiyalar 
bo‘yicha yalpi hisob – kitoblar qilish, quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

1) bank – emitent tomonidan avtorlashtirilmagan holda amalga oshirilgan hisob – 


kitoblarda: 
a) bank – ekvayer xizmat ko‘rsatilayotgan savdo yoki xizmat ko‘rsatish tashkilotidan 
olingan, kartochkalardan foydalangan holda, tuzilgan elektron hujjatlarga asosan, mablag‘larni 
uning hisobvarag‘iga o‘tkazadi, bunda elektron to‘lovlar tizimi orqali bank – emitentga 
jo‘natiluvchi debetli elektron memorial orderi avtomatik ravishda shakllantiriladi.
b) bank – emitentda olingan debetli elektron memorial orderga asosan mijozning 
kartochkali hisobvarag‘idan dasturiy ravishda mablag‘lar hisobdan chiqariladi. Debetli elektron 
memorial order bosmadan chiqariladi va kunlik hujjatlarga tikiladi. 
2) bank – emitent tomonidan oldindan shart bo‘lgan tartibda avtorizatsiya qilinadigan 
hisob – kitoblarda: 
a) bank – ekvayerda xizmat ko‘rsatilayotgan savdo yoki xizmat ko‘rsatish tashkilotidan 
olingan, kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlarga asosan, ETT orqali 
avtorizatsiyalash va o‘tkazmani amalga oshirish uchun bank – emitentga jo‘natiladigan elektron 
ma’lumot, foydalanilayotgan texnologiya qoidalariga muvofiq, avtomatik ravishda 
shakllantiriladi; 
b) bank – emitent, olingan elektron ma’lumotlarga asosan, tranzaktsiyalar 
avtorizatsiyasini o‘tkazadi, mijozning kartochka hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan 
chiqarish uchun avtomatik ravishda elektron memorial orderni shakllantiradi, savdo va xizmat 
ko‘rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazish 
uchun elektron to‘lovlar tizimi orqali bank – ekvayerga jo‘natadi.
v) bank – ekvayerda, bank – emitentdan olingan elektron memorial orderga asosan, 
mablag‘lar savdo yoki xizmat ko‘rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha depozit 
hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Memorial order bosmadan chiqariladi va bankning kunlik hujjatlariga 
tikiladi. 
Protsessing markazlari orqali hisob – kitoblarni o‘tkazish quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
a) kun davomida kartochkalar bo‘yicha barcha tranzaktsiyalar, xisob – kitoblar uning 
qatnashchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda, protsessing markazi orqali o‘tkaziladi va hisob – 
kitoblarda qatnashuvchi har bir bank uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda aks 
ettiriladi; 
b) hisob – kitoblar qatnashchilari kelishuviga asosan, hisob – kitoblar bo‘yicha yakuniy 
summalar (majburiyatlar) tijorat banklarining Markaziy bankning Xisob – kitoblar markazida 
ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali, shartnomada qayd etilgan davriylikda o‘tkaziladi; 
v) banklar, protsessing markazidan olingan ma’lumotlarga asosan, kartochkalardan 
foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha, mablag‘larni mijozlarning 
hisobvaraqlariga kiritadilar yoki chiqaradilar.
ADABIYOTLAR



  1. http://uz.denemetr.com/docs/768/index-29708.html

  2. https://uz.denemetr.com/docs/768/index-29708-1.html?page=6

  3. https://lex.uz/docs/-717255

Download 21.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling