O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim ikkinchi oliy ta”lim


Download 21.14 Kb.
bet1/3
Sana29.12.2022
Hajmi21.14 Kb.
#1071361
  1   2   3
Bog'liq
PLASTIK KARTA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


SIRTQI BO’LIM IKKINCHI OLIY TA”LIM
BANK HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI

PUL VA BANKLAR” FANIDAN




NAZORAT ISHI
MAVZU: Plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblar


Tayorladi M-91-2 guruh talabasi
Turdibayev Islom Serikbay o`g`li
Ilmiy rahbar: k.o’q. M. G’. Kenjayev

TOShKENT – 2022 yil

Plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblar


REJA:

  1. Cheklar bilan xisob-kitoblar

  2. Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar

  3. Plastik kartochkalar bo’yicha banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar




Mamlakatimizda bozor munosabatlarining taboro takomillashib borishi tijorat banklari 
tomonidan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining turlarini ko‘paytirmoqda. Xuddi shunday bank 
xizmatlaridan biri bu plastik kartochkalar bilan amalga oshiriladigan hisob – kitoblar Cheklar va plastik kartochkalar bilan xisob-kitoblar shakli

Cheklar tijorat banklari buyurtmasiga ko’ra ularning faoliyati uchun etarli bo’lgan miqdorda Markaziy bankning "Davlat belgisi" DIB tomonidan tayyorlanadi. Bunda, chekning raqami va seriyasi, bank-emitentning nomi va firma belgisi bosmaxona usulida chop etiladi.

cheklar omonat qo’yuvchi jismoniy shaxsning depozit hisobvarag’ida saqlanayotgan mablag’lar hisobiga yoki topshirilgan naqd pul summasiga beriladi. Bank chek berganda jismoniy shaxsning arizasiga binoan chekning summasiga 20206- «Jismoniy shaxslarning talab qilingunga qadar depozitlari» balans schyotida alohida ikkilamchi shaxsiy schyotni ochadi va to’lovlarni faqat shu schyotdan amalga oshiradi.

Cheklarni berish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:

1) chek berayotganda bankning javobgar xodimi quyidagi rekvizitlarni to’ldirishi shart:

a) chek berilgan sanani;

b) chek bo’yicha beriladigan summani raqamlar va so’z bilan;

v) jismoniy shaxsning (chek beruvchining) familiyasi, ismi va sharifi;

g) pasportning (yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatning) seriyasi va tartib raqamini;

d) chek beruvchining talab qilib olinadigan depozit schyotini;

e) chek bergan bankning xos raqami va nomini;

j) "KK.OO.YYYY" shakli bo’yicha chek amalda bo’ladigan oxirgi sanani, bunda "KK" - kun, "OO" - oy, "YYYY" - yil.

Ko’rsatilgan rekvizitlar to’ldirilgandan keyin bankning javobgar xodimlari chekga imzo qo’yishlari, chekdan milkni nazorat raqamlari joylashgan chiziq bo’yicha shunday qirqib ajratiladiki, bunda kesish chizig’ida qolgan sonlar chek summasiga mos kelishi va muxr bilan tasdiqlashlari kerak. Chek oluvchi chekni olganligi to’g’risida imzo ko’yish uchun chek milkini berishi. alohida daftarga chekning seriyasini va tartib raqamini, chek yozilgan shaxsning ismi, sharifi va familiyasini, shuningdek chek summasi (omonat bo’yicha schyotda saqlanayotgan mablag’lar yoki depozit schyotdan ko’chirilgan naqd pullarda qo’yilgai mablag’lar hisobiga berilganligi aloxida ko’rsatilib) yozib quyiladi;

2) kassir bankning javobgar xodimidan barcha zaruriy hujjatlarni olgach:

a) hujjatlarni to’g’ri rasmiylashtirganligini tekshiradi va ularni imzolaydi;

b) hisob-kitob chekini oluvchi shaxsni chaqiradi, oluvchidan chek uchun pul (qo’yiladigan naqd pul summasiga) va chek uchun to’lovni qabul kiladi;

v) oluvchiga hisob-kitob chekini beradi;

g) chek milkini operastion kunining oxirigacha o’zida qoldiradi;

3) operastion kunning oxirida kassir xisob-kitob cheklarini milklari joylashgan banderolda belgilangan rekvizitlar bilan bir qatorla naqd pullarda olingan summani va omonat daftarchasidan xisobdan chiqarilgan summani (va jismoniy shaxslarning talab qilib olinadigan depozit schyotidan) ko’rsatadi, shundan keyin chekning milklarini bankning javobgar xodimiga topshiradi.

Xisob-kitob chekining milki raqamlari va sanalari bo’yicha to’langan yoki qoplangan chek taqqoslash yoki chek summasi bron qilingan 20206-sonli "Jismoniy shaxslarning talab qilib olingunga qadar depozitlari" schyotidan xisobdan chiqarish uchun bankka kelgunga qadar saqlanadi.

Shundan so’ng hisob-kitob cheklarining milklari bankning kunlik hujjatlar yig’masiga tikib qo’yiladi.


Download 21.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling