43
9- rasm. 2017-yilda G`alla hosili uchun jami taqdim etilgan buyurtmalar
miqdori(ming so‟m)
27
Ma`lumotlar asosida shuni ko`rishimiz mumkinki 2017 yilgi g`alla hosilini
yetishtirish uchun Davlat ehtiyoji uchun harid qilinadigan
boshoqli don va paxta
xom-ashyosini moliyalashtirish jamg`armasiga
g`alla hosili uchun berilgan
buyurtmalar miqdori eng ko`p Qashqadaryo viloyatiga hamda Toshkent viloyatiga
to`g`ri keladi. 2017-yil uchun taqdim qilingan
buyurtmaning jami miqdori
805 124 469 ming so`mni tashkil qiladi.Bu o`z navbatida jamg`armadan talab
qilinayotgan moliyaviy mablag`lar hisoblanadi. Jamg`arma berilgan buyurtmalarni
o`rganib chiqib mablag` ajratadi.
Agrobank iqtisodiyotning agrosanoat sektori korxonalari va qishloq xo‟jalik
Tovar ishlab chiqaruvchilari faoliyatini moliyalashtirish va kreditlash bo‟yicha
kompleks
xizmatlar, shuningdek qishloq tadbirkorlari va aholisiga keng
ko‟lamdagi sifatli bank xizmatlarini qulay sharoitlarda ilg‟or tajribalarga tayangan
holda ko‟rsatadi.
Xulosa
qilib aytganda, qishloq xo`jaligiga tijorat banklari tomonidan
qo`llaniladigan kreditlash amaliyoti va undagi imtiyozlar qishloq xo`jaligini hamda
qishloq xo`jaligi korxonalarini rivojlantirishga
qaratilgan va bu borada ATB
“Agrobank” tijorat banki ham faol ishtirok etib, qishloq xo`jaligi rivojiga o`z
hisssasini qo`shmoqda. Xususan, ushbu bank tomonidan qishloq xo`jaligi sohalari
27
www.agrobank.uz –
ATB ”Agrobank” rasmiy sayti ma`lumotlari asosida muallif tomonidan
tayyorlandi.
44
bo`lgan, chorvachilik, bog‟dorchilik, dehqonchilikka asosiy e`tibor qaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: