O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


–rasm. ХТТB va ХRА tomonidan аjratilgan mablag'larning sohalar


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana29.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1072029
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni

 
11–rasm. ХТТB va ХRА tomonidan аjratilgan mablag'larning sohalar 
bo'yicha taqsimlanishi
30
 
2016 yil 1 yanvar holatiga XTTB va XRA tomonidan ajratilgan 
mablag‟larning 19 foizi yoki 7,9 mlrd. AQSh dollari dalat boshqaruvi ,qonunchilik 
va yurispuridensiya sohalarini rivojlantirishga yo‟naltirilgan.Bu esa sohalar ichida 
30
www.worldbank.org
– Jahon Bankining rasmiy ma‟lumotlari asosida muallif tomonidan 
tayyorlandi


48 
eng yirigidir.Keyingi o‟rinda esa saomatlik va boshqa ijtimoiy xizmatlar sohasiga 
16 foiz yoki 6,72 mlrd AQSh dollari,transport sohasiga 12 foiz yoki 5,04 mlrd. 
AQSh dollari ,Suv va sog‟lomlashtirish hamda energetika va konchilik sohalariga 
11 foiz yoki 4,62 mlrd. AQSh dollari ajratilganligi bilanajralib turadi 
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 1966 yilda tashkil etilgan bo'lib, yirik 
mintaqaviy rivojlanish banklaridan biri hisoblanadi
.
OTBning maqsadi Osiyo 
qit'asidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy taraqqiyotda yordam berish
hududiy hamkorlikni rag'batlantirish, a'zo mamlakatlarga texnik yordam ko'rsatish 
va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat. OTB transport va 
kommunikatsiya, energetik loyihalar, qishloq xo'jaligi va tabiiy resurslar, moliya, 
ijtimoiy infratuzilma sohalarini moliyalashtiradi. OTB tarkibida Osiyo rivojlanish 
fondi va Maxsus texnik yordam fondi mavjud. OTB rivojlanayotgan 
mamlakatlarga: 

oddiy fond hisobidan tijorat shartlari asosida 25 yil muddatga; 
- Osiyo rivojlanish fondi hisobidan imtiyozli 1-3% stavkalar bo'yicha kam 
rivojlangan mamlakatlarga 40 yilgacha bo'lgan muddatga kreditlar ajratadi.
O'zbekiston OTBga 1995yilda a'zo bo'lgan hamda bankning mintaqaviy 
a'zolari ro'yxatida 15-o'rinni, yirik aktsiyadorlar ro'yxatida esa 22-o'rinni egallaydi. 
O'zbekiston bankning 23 834 ta aktsiyasiga (0,67%) va 37 066 ta ovozga (0,84%) 
ega. O'zbekiston Osiyo taraqqiyot bankining yirik mijozlaridan biri hisoblanib, 
qarz olish miqdori bo'yicha 14-o'rinda turadi. Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan 
O'zbekistonga hozirgi kunga qadar 40 dan ortiq loyihalarni moliyalashtirish 
maqsadida kreditlar va moliyaviy yordam yo'naltirilgan. Berilgan moliyaviy 
yordamlarning sezilarli qismi ijtimoiy sohalarni isloh etishni moliyalashtirishga 
yo'naltirilgan. OTB kredit liniyasi bo'yicha ajratiladigan kreditlar qaytmaslik 
xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez sotiladigan, ya'ni likvid ta'minot 
turlaridan birini taqdim etishi lozim. Kredit ta'minoti quyidagilar bo'lishi mumkin: 
- mol-mulk yoki qimmatli qog'ozlar garovi; 
- bank yoki sug'urta tashkilotining kafolati; 
- uchinchi shaxslarning kafilligi; 


49 
- qarz oluvchining kreditni qaytmaslik xatarini sug'urtalashi to'g'risida 
sug'urta kompaniyasining polisi. 
Ilovadagi jadvaldan ko'rishimiz mumkinki, XSRIK kredit liniyasi hisobidan 
kreditlar mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan qulay shartlar asosida, 
shuningdek, qarz oluvchining loyihani moliyalshtirishda majburiy ishtiroki bilan 
ajratiladi. Boshqa kredit liniyalaridan asosiy farq shundaki, YETTB kredit liniyasi 
hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarda qarz oluvchilar nisbatan yuqori 
ulushda o'z mablag'i hisobidan ishtirok etishlari talab qilinadi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling