O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana29.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1072029
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni

3 – bob bo`yicha xulosa 
Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki qishloq xo`jaligini transh usuli 
orqali kreditlash mamlakatda mavjud qishloq xo`jaligining yaxlit moliyalashtirish 
tizimi sifatida aks etadi. Banklar tomonidan kreditlar qishloq xo'jaligi 
korxonalariga muddatlilik, to'lovlilik, ta'minlanganlik hamda maqsadli foydalanish 
shartlarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g'alla va paxta xom ashyosi 
yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida berilmoqda. Qishloq 
xo'jaligi korxonalarini moliyaviy qo'llab quvvatlash sifatini tubdan yaxshilash, 
qishloq xo'jaligi sohasini moliyalashtirish jarayoniga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kreditlashni amalga 
oshirilishini bugungi kun taqazo etmoqda. Shu maqsadda qishloq xo'jaligi 
korxonalarini moliyalashtirish tizimi butunlay qayta tashkil etilmoqda, jumladan 
"O'zpaxtasanoateksport" 
xolding 
kompaniyasi 
tuzildi, 
soha 
korxonalari 
modernizatsiya qilinib, zamonaviy eksportbop paxta tolasini hamda undan 
mahsulotlar ishlab chiqish joriy qilindi.Qishloq xo`jaligini kreditlashdagi bir qator 
takliflar shuki, fermer xo'jaliklari kontraktatsiya shartnomasida belgilangan rejani 
bajargunga qadar yetishtirilgan paxta xom-ashyosini 1-sortga va bir xil narxda 
tayyorlov tashkilotlari xarid qilishi, rejadan ortiqcha topshirilgan paxta xom-
ashyosi uchun alohida hisob-kitob qilinishi lozim. Fermer xo'jaligini tugatish yoki 
qayta tashkil etish qarorlarida tugatilayotgan fermer ho'jaliklarining imtiyozli 
kreditlar va hisoblangan foizlarni yer maydoni yiriklashgan fermer xo'jaligi 
tomonidan majburiy to'lashini 1675-sonli Nizomga maxsus band qilib kiritish 
zarur. 


69 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
Xulosa 
qilib 
aytadigan 
bo`lsak 
qishloq 
xo`jaligini 
moliyaviy 
barqarorlashtirishda banklarning o`rni yuqoridir. Qishloq xo`jaligini kreditlashni 
isloh qilishning ustuvor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar 
sohaning tutgan o`rni, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlash, shu bilan 
birga xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida islohotlarni bosqichma-bosqich 
amalga oshirib boorish va rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligidan 
kelib chiqadi.
Respublikamiz qishloq xo`jaligi korxonalari tavakkalchiliklari, shuningdek, 
mahsulotlarni bozorga chiqarish va sotish tizimlari samaradorligining pastligi 
hamda savdo hamkorlarining ishonchsizligi bilan ham bog`liq. Shu sababli 
bizningcha, ishlab chiqarishda mahsulotni yetishtirish va birlamchi qayta ishlash, 
yakuniy mahsulot ishlab chiqarish, ulgurji savdogarlar faoliyati va ulgurji savdo 
kabi asosiy bosqichlarni qamrab oluvchi zanjirini shakllantirish zarur. Moliyaviy 
institutlar texnologik jarayonning bugungi kunda vertikal boshqaruv (ma`muriy) 
munosabatlar bilan bog`lanib turgan yoki institutsional jihatdan yetuk bo`lmagan 
bozor munosabatlari doirasida harakat qiluvchi barcha qatnashchilarini pul 
munosabatlari bilan bog`lab turishi lozim. Bu jarayonga qishloq xo`jaligi quyi 
majmualari korxonalari aksiyalarining banklar tomonidan sotib olinishi ham ijobiy 
ta`sir ko`rsatgan, bunda banklar agrar ishlab chiqarish subyektlarining boshqa 
investorlar uchun jalb etuvchanligini oshirgan bo`lar edi. Tijorat banklari 
tomonidan qishloq xo‟jaligi korxonalariga berilgan investitsion kreditlarning 
ta‟minoti sifatida ijara huquqidan foydalanish mexanizmini yaratish lozim.
Qishloq xo‟jaliklari va qishloq xo‟jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi 
korxonalarning xorijiy investitsiyalar va kreditlar bo‟yicha to‟lov yukining 
og‟irlashib ketishiga yo‟l qo‟ymaslik maqsadida:
- birinchidan, milliy valyutaning jarayonini kamaytirish lozim;
- ikkinchidan, jalb etilayotgan xalqaro kreditlarning imkon qadar katta 
qismini belgilangan foiz stavkalarida olinishi ta‟minlash lozim. 


70 
Qishloq xo‟jaligini moliyalashtirish maqsadiga yo‟naltiradigan mablag‟larni 
to‟g‟ri taqsimlash bo‟yicha 2 xil ilmiy yondashuv tavsiya qilindi:
1–yondashuv. Barcha sub‟ektlar uchun ishlab chiqarish sharoitlariga bog‟liq 
bo‟lmagan holda qishloq xo‟jalik ekin maydonining har gektariga bir xil yagona 
so‟mmada moliyalashtirish.
2–yondashuvda ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashib borayotgan 
jihatlari hisobga olinadi. Mazkur yondashuv qishloq xo‟jalik sub‟ektlari uchun 
afzal hisoblanadi. Chunki bunda qo‟shimcha xarajatlar bilan bog‟liq bo‟lgan 
muammolarni 
bartaraf 
etish 
imkoniyati 
tug‟iladi. Qishloq xo`jaligini 
barqarorlashtirishda bank sarmoyalarini oshirish va ularga jaxon andozalariga mos 
ravishda foliyat olib borilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Bizga ma`lumki bizning 
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini export qilishdan tushadigan asosiy foyda paxta 
hom ashyosiga to`gri keladi. Lekin oxirgi 3 yil mobaynida jahon Liverpool 
bozorida savdo qilish bo`yicha taqiq mavjud. Paxta tolasini o`zimizda 70 % dan 
ortig`ini qayta ishlasak bu mamlakatimiz uchun iqtisodiy ko`tarilish bo`ladi. 
Tijorat banklar tomonidan qishloq xo`jaligiga investitsion kreditlarni hajmini 
oshirish asosiy e`tiborni asalarichilik, pillachilik, mineral o`gitlarga, issiqxona, 
baliqchilik, chorvachilik, sut va go`sht mahsulotlari qayta ishlash, intensive bog` 
hamda yerning meliorativ holatini yaxshilash uchun suv nasos drenajlarni qurish 
uchun yo`naltirish kerak. 
Qishloq xo'jalik sohasidagi mavjud kamchiliklar va ularni yechimi, sohasini 
rivojlantirish bo'yicha takliflar: 
1. 
Fermer xo'jaliklari kontraktatsiya shartnomasida belgilangan rejani 
bajargunga qadar yetishtirilgan paxta xom-ashyosini 1-sortga va bir xil narxda 
tayyorlov tashkilotlari xarid qilishi, rejadan ortiqcha topshirilgan paxta xom-
ashyosi uchun alohida hisob-kitob qilinishi lozim; 
2. Davlat ehtiyojlari uchun xarid kilinadigan paxta va g'alla xarajatlarini 
moliyalashtirishni fermer xujaliklariga emas, balki buyurtmachi korxonalarni 
(O'zpaxtasanoat va O'zdonmahsulot) moliyalashtirish 


71 
3. Hududlardagi mavjud paxta va g'alla yetishtirish ekin maydonlarining 
hosildorlik darajasi turlicha bo'lib, lekin moliyalashtirish me'yori barcha 
xududlarga bir xil qilib belgilangan. Bu esa xosildorligi kam bo'lgan xududlarda 
ajratilgan imtiyozli kreditlarning yillar davomida so'ndirilmasdan qolishiga asosiy 
sabab bo'lmoqda. Paxta va g'alla yetishtirish xarajatlarini xududlardagi ekin 
maydonlarining xosildorlik darajasi yoki ball bonitetidan kelib chiqqan holda 
moliyalashtirishni belgilash..
4
. Paxta hosili uchun ajratilayotgan kreditlar kontraktatsiya shartnomasining 
60 foizi tashkil qilsa, qo'l terimi uchun ajratilayotgan mablag'lar bilan ushbu 
ko'rsatkich qariyib 80-82 foizdan iborat bo'lmoqda. Ushbu holat birinchi navbatda 
fermer xo'jaliklarining bank oldidagi kreditlarini so'ndirilmasligiga sabab 
bo'lmoqda. Har bir fermer xo'jaligining yer banitetiga va rejani bajarishiga qarab, 
kreditlar paxta qiymatining 50 foizigacha (urug'likni hisobga olgan holda) 
ajratilishi taklif etiladi. 
5. Paxta tozalash korxonalarini faoliyat doirasini kengaytirish: 
Yuqoridagi takliflar ijrosi amalga oshirilsa qishloq xo`jaligi sohasida 
rivojlanish jarayoni ortadi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling