O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA VA TAKLIFLAR
3 – bob bo`yicha xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki qishloq xo`jaligini transh usuli orqali kreditlash mamlakatda mavjud qishloq xo`jaligining yaxlit moliyalashtirish tizimi sifatida aks etadi. Banklar tomonidan kreditlar qishloq xo'jaligi korxonalariga muddatlilik, to'lovlilik, ta'minlanganlik hamda maqsadli foydalanish shartlarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g'alla va paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida berilmoqda. Qishloq xo'jaligi korxonalarini moliyaviy qo'llab quvvatlash sifatini tubdan yaxshilash, qishloq xo'jaligi sohasini moliyalashtirish jarayoniga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kreditlashni amalga oshirilishini bugungi kun taqazo etmoqda. Shu maqsadda qishloq xo'jaligi korxonalarini moliyalashtirish tizimi butunlay qayta tashkil etilmoqda, jumladan "O'zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi tuzildi, soha korxonalari modernizatsiya qilinib, zamonaviy eksportbop paxta tolasini hamda undan mahsulotlar ishlab chiqish joriy qilindi.Qishloq xo`jaligini kreditlashdagi bir qator takliflar shuki, fermer xo'jaliklari kontraktatsiya shartnomasida belgilangan rejani bajargunga qadar yetishtirilgan paxta xom-ashyosini 1-sortga va bir xil narxda tayyorlov tashkilotlari xarid qilishi, rejadan ortiqcha topshirilgan paxta xom- ashyosi uchun alohida hisob-kitob qilinishi lozim. Fermer xo'jaligini tugatish yoki qayta tashkil etish qarorlarida tugatilayotgan fermer ho'jaliklarining imtiyozli kreditlar va hisoblangan foizlarni yer maydoni yiriklashgan fermer xo'jaligi tomonidan majburiy to'lashini 1675-sonli Nizomga maxsus band qilib kiritish zarur. 69 XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa qilib aytadigan bo`lsak qishloq xo`jaligini moliyaviy barqarorlashtirishda banklarning o`rni yuqoridir. Qishloq xo`jaligini kreditlashni isloh qilishning ustuvor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar sohaning tutgan o`rni, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlash, shu bilan birga xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib boorish va rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi. Respublikamiz qishloq xo`jaligi korxonalari tavakkalchiliklari, shuningdek, mahsulotlarni bozorga chiqarish va sotish tizimlari samaradorligining pastligi hamda savdo hamkorlarining ishonchsizligi bilan ham bog`liq. Shu sababli bizningcha, ishlab chiqarishda mahsulotni yetishtirish va birlamchi qayta ishlash, yakuniy mahsulot ishlab chiqarish, ulgurji savdogarlar faoliyati va ulgurji savdo kabi asosiy bosqichlarni qamrab oluvchi zanjirini shakllantirish zarur. Moliyaviy institutlar texnologik jarayonning bugungi kunda vertikal boshqaruv (ma`muriy) munosabatlar bilan bog`lanib turgan yoki institutsional jihatdan yetuk bo`lmagan bozor munosabatlari doirasida harakat qiluvchi barcha qatnashchilarini pul munosabatlari bilan bog`lab turishi lozim. Bu jarayonga qishloq xo`jaligi quyi majmualari korxonalari aksiyalarining banklar tomonidan sotib olinishi ham ijobiy ta`sir ko`rsatgan, bunda banklar agrar ishlab chiqarish subyektlarining boshqa investorlar uchun jalb etuvchanligini oshirgan bo`lar edi. Tijorat banklari tomonidan qishloq xo‟jaligi korxonalariga berilgan investitsion kreditlarning ta‟minoti sifatida ijara huquqidan foydalanish mexanizmini yaratish lozim. Qishloq xo‟jaliklari va qishloq xo‟jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning xorijiy investitsiyalar va kreditlar bo‟yicha to‟lov yukining og‟irlashib ketishiga yo‟l qo‟ymaslik maqsadida: - birinchidan, milliy valyutaning jarayonini kamaytirish lozim; - ikkinchidan, jalb etilayotgan xalqaro kreditlarning imkon qadar katta qismini belgilangan foiz stavkalarida olinishi ta‟minlash lozim. 70 Qishloq xo‟jaligini moliyalashtirish maqsadiga yo‟naltiradigan mablag‟larni to‟g‟ri taqsimlash bo‟yicha 2 xil ilmiy yondashuv tavsiya qilindi: 1–yondashuv. Barcha sub‟ektlar uchun ishlab chiqarish sharoitlariga bog‟liq bo‟lmagan holda qishloq xo‟jalik ekin maydonining har gektariga bir xil yagona so‟mmada moliyalashtirish. 2–yondashuvda ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashib borayotgan jihatlari hisobga olinadi. Mazkur yondashuv qishloq xo‟jalik sub‟ektlari uchun afzal hisoblanadi. Chunki bunda qo‟shimcha xarajatlar bilan bog‟liq bo‟lgan muammolarni bartaraf etish imkoniyati tug‟iladi. Qishloq xo`jaligini barqarorlashtirishda bank sarmoyalarini oshirish va ularga jaxon andozalariga mos ravishda foliyat olib borilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Bizga ma`lumki bizning qishloq xo`jaligi mahsulotlarini export qilishdan tushadigan asosiy foyda paxta hom ashyosiga to`gri keladi. Lekin oxirgi 3 yil mobaynida jahon Liverpool bozorida savdo qilish bo`yicha taqiq mavjud. Paxta tolasini o`zimizda 70 % dan ortig`ini qayta ishlasak bu mamlakatimiz uchun iqtisodiy ko`tarilish bo`ladi. Tijorat banklar tomonidan qishloq xo`jaligiga investitsion kreditlarni hajmini oshirish asosiy e`tiborni asalarichilik, pillachilik, mineral o`gitlarga, issiqxona, baliqchilik, chorvachilik, sut va go`sht mahsulotlari qayta ishlash, intensive bog` hamda yerning meliorativ holatini yaxshilash uchun suv nasos drenajlarni qurish uchun yo`naltirish kerak. Qishloq xo'jalik sohasidagi mavjud kamchiliklar va ularni yechimi, sohasini rivojlantirish bo'yicha takliflar: 1. Fermer xo'jaliklari kontraktatsiya shartnomasida belgilangan rejani bajargunga qadar yetishtirilgan paxta xom-ashyosini 1-sortga va bir xil narxda tayyorlov tashkilotlari xarid qilishi, rejadan ortiqcha topshirilgan paxta xom- ashyosi uchun alohida hisob-kitob qilinishi lozim; 2. Davlat ehtiyojlari uchun xarid kilinadigan paxta va g'alla xarajatlarini moliyalashtirishni fermer xujaliklariga emas, balki buyurtmachi korxonalarni (O'zpaxtasanoat va O'zdonmahsulot) moliyalashtirish 71 3. Hududlardagi mavjud paxta va g'alla yetishtirish ekin maydonlarining hosildorlik darajasi turlicha bo'lib, lekin moliyalashtirish me'yori barcha xududlarga bir xil qilib belgilangan. Bu esa xosildorligi kam bo'lgan xududlarda ajratilgan imtiyozli kreditlarning yillar davomida so'ndirilmasdan qolishiga asosiy sabab bo'lmoqda. Paxta va g'alla yetishtirish xarajatlarini xududlardagi ekin maydonlarining xosildorlik darajasi yoki ball bonitetidan kelib chiqqan holda moliyalashtirishni belgilash.. 4 . Paxta hosili uchun ajratilayotgan kreditlar kontraktatsiya shartnomasining 60 foizi tashkil qilsa, qo'l terimi uchun ajratilayotgan mablag'lar bilan ushbu ko'rsatkich qariyib 80-82 foizdan iborat bo'lmoqda. Ushbu holat birinchi navbatda fermer xo'jaliklarining bank oldidagi kreditlarini so'ndirilmasligiga sabab bo'lmoqda. Har bir fermer xo'jaligining yer banitetiga va rejani bajarishiga qarab, kreditlar paxta qiymatining 50 foizigacha (urug'likni hisobga olgan holda) ajratilishi taklif etiladi. 5. Paxta tozalash korxonalarini faoliyat doirasini kengaytirish: Yuqoridagi takliflar ijrosi amalga oshirilsa qishloq xo`jaligi sohasida rivojlanish jarayoni ortadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling