O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
-rasm. Respublikamizda moliyalashtirishning amaldagi tizimi
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni
14-rasm. Respublikamizda moliyalashtirishning amaldagi tizimi 34 34 www.agrobank.uz – ATB Agrobank rasmiy sayti. Bank metodologiyasi va treningi markazi “Davlat ehtiyoji uchun harid qilinadigan boshoqli don va paxta xom-ashyosini moliyalashtirishni monitoring markazi tomonidan amalga oshirish dasturini o'rganish bo'yicha” uslubiy qo`llanma. 62 Izoh: Fermer xo'jaligiga xizmat “yagona oyna” tizimi orqali barcha xizmatlar Monitoring markazida ko‟rsatiladi. 6. Dasturiy ta'minot bazasiga kiritilgan barcha ma'lumotlar hududiy monitoring markazlari va respublika monitoring markazida onlayn (oflayn) tarzida o'z aksini topadi. Qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan hosilni yetishtirish uchun sarflanayotgan avans mablag'larining ishlatilishi, me'yorlarga amal qilinishi, mahsulotlar hajmlari va ularning narxlari bo'yicha nazorat dasturiy ta'minotasosida olib boriladi hamda ma'lumotlar jamlanadi. 7. Monitoring markazlari xodimlarining zimmasiga dasturiy ta'minot bazasiga kiritilgan kontraktatsiya shartnomalarining haqqoniyligi hamda Jamg'arma tomonidan ajratilgan mablag'larni o'z vaqtida maqsadli yo'naltirish javobgarligi yuklatiladi. Shuningdek, ushbu monitoring markazi xodimlari qishloq xo'jaligi korxonalari va ta'minotchi korxonalar o'rtasidagi barcha hisob-kitoblar nazoratini yuritib boradi. 8. Tayyorlovchi, ta'minotchi, xizmat ko'rsatuvchi va qishloq xo'jalik korxonalari o'rtasida ma'lumotlarni almashinuvchi, mahsulot va xizmatlar ko'rsatilishi dasturiy ta'minot asosida amalga oshirilishi O'zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to'g'risida”gi Qonunini, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida" 2002 yil 30 maydagi PF-3080-sonli Farmoni asosida muvofiqlashtiriladi. Bunda tayyorlov korxonasi avans mablag'lar hisobidan to'lovni amalga oshirish uchun olingan mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yichataqdim etilgan reestrlar to'lov hamda buxgalteriya o'tkazmalari uchun olingan mahsulot to'g'risidagi ma'lumot (chek) asos hisoblanadi. Moliyalashtirish uchun avans mablag'larini ajratish tartibi va yo'nalishlari: 1. Qishloq xo'jalik korxonalari tomonidan paxta xom-ashyosini yetishtirish bilan bog'liq agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag' miqdori tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 63 Tayyorlov korxonalari tomonidan paxta xom-ashyosini yetishtirish xarajatlariga 75% gacha avans tariqasida mablag'lar ajratiladi. 2. Jamg'arma tomonidan ajratilgan mablag'lar quyidagi hisob raqamlar orqali hisob-kitob qilinadi: - 23220 hisob raqamida juft yillar; - 23210 hisob raqamida toq yillar; 3. “O'zpaxtasanoat” AJda tashkil etilgan respublika Monitoring markazi hududiy Monitoring markazlari tomonidan dasturiy ta'minotga kiritilgan ma'lumotlar asosida har oyning 25-sanasiga kelgusi oy uchun buyurtmani shakllantiradi va shu kunning o'zida Jamg'armaga avans mabalag'larini olish uchun hududiy filiallar kesimida buyurtma taqdim etiladi. Jamg'arma olingan buyurtmaga muvofiq, joriy oy me'yorlari uchun har oyning 5-sanasidan kechiktirmagan holda avans mablag'larini “Agrobank”ATBning 29801 sonli hisob raqamiga o'tkazadi, “Agrobank” ATB shu kunning o'zida ushbu mablag'larni buyurtmada kursatilgan “O'zpaxtasanoat” AJ hududiy filiallarining bankdagi 23200 – (Moliya vazirligi fondidan ajratilgan maqsadli mablag'lar) hisob raqamiga o'tkazib beradi. 4. “O'zpaxtasanoat” AJ hududiy filiallari Jamg'armadan olingan avans mablag'larini shu kunning o'zida shakllantirilgan reestr asosida tuman paxta tozalash korxonalarining bankdagi 23200 - (Moliya vazirligi fondidan ajratilgan maqsadli mablag'lar) hisob raqamiga dasturiy ta'minot bazasidagi ma'lumotga asosan o'tkazib beradi. 5.Tuman paxta tozalash korxonalari 23200-hisob raqamiga kelib tushgan mablag'lar ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar tomonidan dastur asosida qishloq xo'jalik korxonalariga mahsulot va xizmatlar ko'rsatilganligi kiritilgandan so'ng, mablag' bevosita ularning hisob raqamiga o'tkaziladi. Qishloq xo'jalik korxonasi rahbari agrotexkartada belgilangan mahsulot va xizmatdan foydalanish uchun o'zining smart kartasi bilan ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonaga murojaat qiladi. 6. Qishloq xo'jaligi korxonasi rahbari o'z smart kartasini ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonadagi mavjud dasturiy ta'minotga bog'langan riderga 64 yaqinlashtirganda o'ziga tegishli bo'lgan ma'lumotlardan foydalanish uchun yacheykasi ochiladi. Ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchining mas'ul xodimi qishloq xo'jalik korxonasiga berilgan mahsulotlari yoki kursatilgan xizmatlarni dasturga kiritadi, ushbu ma'lumotlarni dasturning bazasida saqlanishi faqat smart karta paroli yordamida amalga oshiriladi. Bunda qishloq xo'jalik korxonasi to'g'risidagi ma'lumotlarga uning ishtirokisiz o'zgartirish kiritish dasturiy yo'l bilan cheklanadi. 7. Ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar tomonidan qishloq xo'jalik korxonalariga berilgan mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlar har kuni soat 18:00 gacha kiritilib shu kunning o'zida ma'lumotlar almashinuvi jarayoni amalga oshiriladi (sinxronizatsiya). 8. Ma'lumotlar almashinuvidan so'ng dasturiy ta'minotga kiritilgan ma'lumotlar keyingi kun hisobiga o'tkaziladi. Sinxronizatsiya natijasida kun davomida berilgan mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlar qiymati bo'yicha tayyorlovchi, ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar o'rtasida o'zaro debitorlik va kreditorlik qarzdorlik dasturiy ta'minotda vujudga keladi. 9. Tayyorlov korxonasi sinxronizatsiya natijasida vujudga kelgan o'zaro debitor va kreditor qarzdorliklarni elektron reestrni shakllantiradi. Shakllantirilgan reestrda tayyorlovchi korxonaning har bir ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxona oldidagi qarzdorligi aks ettiriladi. Smart karta yordamida avans mablag'lari faqat quyidagi maqsadlar uchun yo'naltiriladi: - mineral o'g'it va o'simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini xarid qilish uchun; - yoqilg'i-moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun; - “O'zagromashservis” uyushmasi tarkibidagi MTPlar, “Agrotexservis MTP” MCHJlar xizmatlari uchun to'lovlarga; - “O'zqishloqxo'jalikmashlizing” ALK va uning tizimidagi lizing kompaniyalari tomonidan berilgan texnika vositalarining lizing to'lovlariga; - SIUlar (suv iste'molchilari uyushmalari) xizmatlari uchun to'lovlarga; - tarqatilgan urug'lik maxsulotlarini xarajatlariga; 65 - yagona yer solig'i to'lovlariga; - elektr energiyasi to'lovlariga; 1. Moliya Vazirligi huzuridagi Jamg'arma tomonidan har yilgi hosil uchun «Agrobank» ATB, «O'zdonmahsulot» AK va «O'zpaxtasanoat» AJ bilan imzolangan Bosh kelishuvga asosan mablag' ajratiladi. 2. Bosh kelishuvga asosan paxta xom ashyosi va boshoqli don hosilini yetishtirish xarajatlariga avans mablag'lari ajratiladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling