O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni
12-rasm. Qishloq xo'jalik sohasidagi mavjud kamchiliklar va ularni yechimi, sohani rivojlantirish bo'yicha takliflar 32 Qishloq xo'jalik sohasidagi mavjud kamchiliklar va ularni yechimi, sohasini rivojlantirish bo'yicha takliflar: 31 Abdug`aniyev A.,“Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti“ darslik. TDIU:- Toshkent 2009y. - 76b 32 www.agrobank.uz - ATB “Agrobank”rasmiy sayti. Bank metodologiyasi va trening markazi. “Qishloq xo'jalik sohasidagi mavjud kamchiliklar va ularni yechimi, sohasini rivojlantirish bo'yicha” uslubiy qo`llanma Fermer xo'jaliklari kontraktatsiya shartnomasida belgilangan rejani bajargunga qadar yetishtirilgan paxta xom- ashyosini 1-sortga va bir xil narxda tayyorlov tashkilotlari xarid qilishi, rejadan ortiqcha topshirilgan paxta xom- ashyosi uchun alohida hisob-kitob qilinishi lozim. Bunda paxta xom-ashyosining hosildorligi oshadi, rejani 100-110 foizga bajargan fermer xo'jaligiga 5 foiz, 110-120 foizgacha bajarganga 7 foiz, 120 va undan yuqori foizga bajargan fermer hisob-raqamiga 10 foiz miqdorida sotilgan tola yoki Paxta tozalash korxonasi hisobidan (oldindan) valyuta yoki/ekvivalentda tushirib berish. o'z navbatida fermer xo'jaliklari o'rtasida raqobat paydo bo'lib, ularning moliyaviy barqarorligi ta'minlanadi . Tashkilotlari tomonidan qabul qilib olishda, ularni sortlarga ajratishning yangi mexanizmini ishlab chiqish . Bunda, qabul qilinayotgan paxta xom ashyosi uchun to'lanadigan mablag'lar fermer xo'jaligining urug'lik materiallari uchun tayyorlov korxonasidan va bank kreditlaridan mavjud qarzdorlikni so'ndirishini ta'minlanadi. 55 1. Fermer xo'jaliklari kontraktatsiya shartnomasida belgilangan rejani bajargunga qadar yetishtirilgan paxta xom-ashyosini 1-sortga va bir xil narxda tayyorlov tashkilotlari xarid qilishi, rejadan ortiqcha topshirilgan paxta xom- ashyosi uchun alohida hisob-kitob qilinishi lozim; 2. Davlat ehtiyojlari uchun xarid kilinadigan paxta va g'alla xarajatlarini moliyalashtirishni fermer xujaliklariga emas, balki buyurtmachi korxonalarni (O'zpaxtasanoat va O'zdonmahsulot) moliyalashtirish 3. Hududlardagi mavjud paxta va g'alla yetishtirish ekin maydonlarining hosildorlik darajasi turlicha bo'lib, lekin moliyalashtirish me'yori barcha xududlarga bir xil qilib belgilangan. Bu esa xosildorligi kam bo'lgan xududlarda ajratilgan imtiyozli kreditlarning yillar davomida so'ndirilmasdan qolishiga asosiy sabab bo'lmoqda. Paxta va g'alla yetishtirish xarajatlarini xududlardagi ekin maydonlarining xosildorlik darajasi yoki ball bonitetidan kelib chiqqan holda moliyalashtirishni belgilash. Bunda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi hamda Yer resurslari va davlat kadastri ma'sul ekanligini ko'rsatish. 4 . Paxta hosili uchun ajratilayotgan kreditlar kontraktatsiya shartnomasining 60 foizi tashkil qilsa, qo'l terimi uchun ajratilayotgan mablag'lar bilan ushbu ko'rsatkich qariyib 80-82 foizdan iborat bo'lmoqda. Ushbu holat birinchi navbatda fermer xo'jaliklarining bank oldidagi kreditlarini so'ndirilmasligiga sabab bo'lmoqda. Har bir fermer xo'jaligining yer banitetiga va rejani bajarishiga qarab, kreditlar paxta qiymatining 50 foizigacha (urug'likni hisobga olgan holda) ajratilishi taklif etiladi. 5. Paxta tozalash korxonalarini faoliyat doirasini kengaytirish: - yarim tayyor va tayyor (kalava ip va trikataj) maxsulot ishlab chiqarishni tashkil etish. - kamida 70 foizi eksport o'rnini bosuvchi mahsulotlar bo'lishini belgilash. Yuqoridagi takliflar ijrosi amalga oshirilsa qishloq xo`jaligi sohasida rivojlanish jarayoni ortadi. Ularni samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur huquqiy va me`yoriy asoslar to'lig`icha yaratildi, desak mubolag`a bo'lmaydi. Lekin shunga qaramay fermer 56 xo'jaliklari faoliyatida yuzaga kelgan bir qator muammolarni aniqlab olish va jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi dasturlar ishlab chiqishda ushbu muammolarni keltirib chiqargan sabablarni hisobga olish maqsadga muvofiq bo'ladi, deb hisoblaymiz. Jumladan, ushbu muammolar quyidagilardan iborat: 1. Bugungi kunga kelib mamlakatda yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotining qariyb 39 foizini, chorvachilik mahsulotlarining 3,7 foizini yetkazib beradigan, qishloq aholisini qo'shimcha daromad va ish o'rinlari bilan ta'minlayotgan fermer xo'jaliklar faoliyatini muvofiqlashtirish masalasi yetarlicha hal etilmagan. Ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, zarur moddiy texnika resurslari bilan doimiy ravishda ta`minlash kerak. Fermer xo'jaliklariga chorva ozuqasi va boshqa zaruriy resurslarni yetkazib berish muammosini va boshqa masalalarni hal etuvchi muvofiqlashtiruvchi tuzilma tashkil etish zarur bo'ladi. 2. Fermer xo'jaliklarni barqaror rivojlantirishga ta'sir qiluvchi ayrim tashkiliy masalalarni o'zaro kooperatsiya asosida ish yuritish orqali hal qilish mumkin. Bunda fermer xo'jaliklarni turli xil kooperativlarga birlashishi ixtiyoriylik asosida xo'jalik a`zolari kooperativga birlashishning afzalliklarini ongli ravishda qis qilgan holda amalga oshirilishi lozim. Chunki har qanday xo'jalikni majburiy ravishda muayyan birlashsa, uyushma yoki kooperativlarga birlashtirish qech qanday samara bermasligini amaliyot tajribalari ko'rsatmoqda. Kooperativlar asosan ko'p yo'nalishli yoki ixtisoslashgan holda tashkil qilinishi mumkin. 3. Fermer xo'jaliklarida mahsulot yetishtirish, daromad olish darajasi respublika mintaqalari, shuningdek alohida viloyatlarning ichida ham bir-biridan farq qiladi. Bunga, birinchidan tuproq iqlim sharoitlarning turlichaligi sabab bo'lsa, ikkinchi asosiy sabab fermer xo'jaligi egalarining mavjud imkoniyatdan foydalanib ko'proq daromad olishga bo'lgan intilishning yo'qligidir. Fermer va dehqon xo`jaliklari faoliyatini kreditlashni takomillashtirishning obyektiv zarurligi ifodalovchi omillar: - Fermer va dehqon xo`jaliklari faoliyatini samarali yo`lga qoyishga yetarli shart-sharoitlarni yaratish; 57 - Agrotexnologik tadbirlarni o`z muddatida sifatli o`tkazilishiga iqtisodiy yordam ko`rsatish; -Yetishtirilayotgan mahsulotni sifatli va raqobatbardosh bo`lishini ta`minlash; - Fermer va dehqon xo`jaliklarida qo`shimcha faoliyatni tashkil etish imkoniyatini yaratish ; - Yangi ish joylarini tashkil etishni iqtisodiy qo`llab-quvvatlash; Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling