O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana29.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1072029
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni

2-bob bo`yicha xulosa 
Ikkinchi bob yakuni bo`yicha xulosa qiladigan bo`lsak, qishloq xo`jaligini 
kreditlashda bugungi kunda Tijorat banklarining imtiyozli hamda tijorat kreditlari 
asosiy kreditlash turi bo`lib turibdi. Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan paxta 
hamda boshoqli don mahsulotlarini imtiyozli kreditlashda asosan Moliya vazirligi 
huzuridagi “Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan paxta hamda g`alla hosilini 
imtiyozli kreditlash jamg`armasi” tomonidan moliyalashtirilmoqda. Bunda 
bevosita ATB “Agrobank” mablag`larni yo`naltiruvchi bo`lib ishtirok etadi hamda 
monitoringni amalga oshiradi. Qishloq xo'jaligi korxonalarini kreditlash bank 
marjasini hisobga olgan holda, imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi. Bu 
kreditlar bo'yicha imtiyozli foiz stavkasi yillik 3 foiz miqdorida belgilanib, uning 2 
foizi bank marjasini tashkil etadi. Dehqon va fermer xo`jaliklariga kredit, kredit 
berish tamoyillariga asosan beriladi. To`lovga qobil bo`lmagan qishloq xo`jaligi 
korxonalariga imtiyozli kreditlar berilmaydi. Qishloq xo`jaligi korxonalari 
tomonidan har yili o`rtacha 8.500.000 tonna miqdoridagi boshoqli don hamda 
3.000.000 tonnaga yaqin paxta hom-ashyosi yetishtirilmoqda. Yetishtirilgan 
mahsulotlar tayyorlov korxonalarida qayta tayyorlanib, bir mahsulotdan bir necha 
xil miqdordagi sifatli mahsulotlar olishmoqda hamda asosiy qismini eksportga 
yo`naltirmoqda. Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan qishloq xo`jaligi 
korxonalariga berilayotgan keng imtiyozlar ushbu sohani rivojlantirishga ulkan 
hissa qo`shmoqda.


50 
Jahon bankining O'zbekiston Respublikasidagi asosiy faoliyati mamlakat 
aholisining turmush darajasini oshirishga ko'maklashish hisoblanadi. Bank 
davlatning ijtimoiy xizmatlari samaradorligini oshirish va infratuzilmasini 
modernizatsiya qilish maqsadida moliyaviy resurslar va tavsiyalar taqdim etadi.
Jahon bankining kredit berish dasturi asosan sog'liqni saqlash xizmatlari sifatini 
yaxshilash, maktab ta'limini rivojlanishi, sug'orish infratuzilmasini qayta tiklash, 
xususiy fermer xo'jaliklarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. 
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tashabbbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-
2021-yillarga mo'ljallangan “Harakatlar Strategiyasi”da qishloq xo'jaligini 
modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo'yicha qator chora-tadbirlar ishlab 
chiqilgan.Ushbu qilinishi kerak bo‟lgan chora-tadbirlar natijasida qishloq 
xo‟jaligining barcha tarmoqlarida yangilanishlar va buning hisobiga mamlakatimiz 
eksport salohiyatining bir necha baravarga oshishini prognoz qilishimiz 
mumkin.Shu bilan birga qishloq xo‟jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda rivojlangan 
mamlakatlarning muqobil tajribasidan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq 
bo‟ladi deb o‟ylaymiz 
ATB “Agrobank” xorijiy moliya muassasalarining kredit liniyalari orqali 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga o‟z hissasini qo‟shmoqda. Qishloq 
xo`jaligi korxonalari jalb qilishi mumkin bo`lgan asosiy manba bank mablag`lari 
hisoblanadi. Ular banklardan uzoq va qisqa muddatli kreditlash, shu jumladan
lizing va faktoring operatsiyalari orqali mablag`larni jalb qila oladi. Kichik 
biznesning xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirilgan istiqbolli 
loyihalari sirasiga keramik panjaralar,gilam mahsulotlari,sut mahsulotlari,tez 
tayyorlanuvchi makaron mahsulotlari,pishiq g‟isht ishlab chiqarish,tosh maydalash 
majmuini ishga tushirish loyihalarini kiritish mumkin. Bankning bevosita qo‟llab-
quvvatlashi asosida kichik biznes vakillari investitsiyaloyihalarini amalga oshirish 
natijasida respublika korxonalari zamonaviy texnologik uskunalar bilan 
jihozlandi,yangi ish o‟rinlari yaratildi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling