O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


-BOB. O‟ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/28
Sana29.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1072029
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni

3-BOB. O‟ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ 
XO‟JALIGINI KREDITLASHNI RIVOJLANTIRISH YO‟LLARI 


51 
3.1. Qishloq xo‟jaligini kreditlashni rivojlantirish bilan bog‟liq bo‟lgan 
muammolar 
Qishloq xo'jaligi sohasida o'tkazilgan moliyaviy iqtisodiy tahlillar qishloq 
tumanlari hayotida kuzatilayotgan bir qator kamchiliklarning mavjudligi bu hol 
quyidagi holatlar, ya'ni qishloq xo'jaligida shartnomaviy majburiyatlarni 
bajarmaslik holatlari yoki tuzilayotgan shartnomalar bir tomonning manfaati 
asosida tuzilganligi qishloq iqtisodiy islohotlarning ayrim yo'nalishlari, ya'ni 
qishloqda mini sanoatni rivojlantirish sust ketayotganligi, qishloq xo'jalik 
sub'ektlarida moliyaviy quvvatlardan foydalanish darajasi qoniqarsiz tashkil 
qilinganligi natijasida korxonalar o'rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari 
hajmining oshib borayotganligi; qishloq xo'jalik sohasida aylanma mablag`larning 
aylanishi talab darajasidan ancha past ekanligi,yangi tashkil etilayotgan kichik va 
o'rta biznes sub'ektlari, dehqon fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish 
munosabatlarini tashkil qilish uchun boshlang`ich sarmoyaga bo'lgan ehtiyoj 
yuqori darajada ekanligi, qishloq xo'jaligi iqtisodiyotiga ichki va tashqi 
investitsiyalarni jalb qilishning yagona dasturi ishlab chiqilmaganligi, qishloq 
xo'jalik sub'ektlarida ishlab chiqarishni bevosita harakatga keltiruvchi asosiy 
vositalar eskirganligi, ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun imtiyozli kreditga 
bo'lgan talab tijorat banklari tomonidan qisman qanoatlantirilayotganligi ,tijorat 
banklarining kredit-moliya muassasalariga hos bo'lmagan vazifalarni bajarishi 
bilan izohlanadi. 
Rivojlangan mamlakatlar qishloq xo'jalik sohasiga xorijiy investitsiyani jalb 
qilishda investorlarga imtiyozlar berish usulidan foydalanadilar. Bizning 
mamlakatimizda ham turli xil imtiyozlar mavjud ammo investorlar kiritgan 
investitsiyalarini olib chiqib ketishda turli xil konvertatsion muammolarga duch 
kelmoqda. Investitsion jarayonlarni huquqiy jihatdan tartibga solish jarayonida 
chet el investitsiyalari to'g`risidagi qonun bilan birgalikda fuqarolik va bank 
huquqlari bir-birini to'ldirgan holatda qatnashadi. Bunda fuqarolik huquqi mulkiy 
masalalar olingan hom ashyo, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmat uchun 


52 
to'lanadigan to'lovni mulkchilik, iqtisodiy hamda shartnomaviy munosabatlar 
asosida huquqiy jihatdan tartibga solsa, bank huquqi va bevosita hisob-kitoblarni 
amalga oshirishda bank operatsiyalariga taaluqli bo'lgan huquqiy munosabatlarni 
tartibga soladi.. 
Qishloq xo'jalik iqtisodiyotini sog`lomlashtirishda asosiy muammolar 
quyidagilar bo`lib hisoblanadi: 
- o'zaro qarzlar muammosini hal etish;
- mahsulot sifati va uning rentabelligini oshirish;
- ichki va tashqi investitsiyani qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga jalb qilish; 
- kichik va o'rta biznes sub'ektlarida, shu jumladan qishloq xo'jalik 
sub'ektlarida boshlang`ich sarmoyalarning mavjudligini ta'minlash masalasini hal 
etish;
- mamlakatimiz qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilagan mahsulotlarni 
eksportga yo'naltirish asosida qishloq xo'jaligi sohasini yangi texnika va ilg`or 
texnologiya bilan ta'minlash; 
- MDH mamlakatlariga qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotish to'g`risidagi 
shartnomalar asosida ular bilan tegishli to'lovlarni o'tkazish to'grisida davlatlararo 
bitimlarni tuzish va ularning ijrosini nazorat qilish;
- qishloq xo'jalik sub'ektlari mablag`larini konvertatsiyalash masalasini hal 
etish;
- qishloq xo'jalik sohasidagi xo'jalik sub'ektlarida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning davlat rejasidan ortig‟ini erkin narxlarda sotish mexanizmini 
yaratishdan iboratdir. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyotiga xorij investitsiyasini joriy 
qilishda ichki investitsiya imkoniyatlardan foydalanishning samarali mexanizmini 
ishlab chiqish orqali qishloq xo'jalik korxonalari to'lov qobiliyatini mustahkamlash 
asosida natijalarga erishish mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib iqtisodiyotni 
erkinlashtirish sharoitida amaldagi fermer va dehqon xo'jaliklarini kreditlash 
tizimini yanada takomillashtirish uchun quyidagilarni ta`minlash zarur hisoblanadi. 
Mahsulot yetishtirish xarajatlarini qoplash va aylanma mablag`larni to'ldirishni 
moliyalashtirish va kreditlash yo'nalishi bo'yicha: 


53 
- fermer va dehqon xo'jaliklarida dehqonchilik va chorvachilik 
mahsulotlarini ishlab chiqarish va aylanma mablag`larni to'ldirish uchun kreditlar 
asosan yetishtirilayotgan mahsulotni garovga qo'ygan holda 12-18 oy muddatga
imtiyozli foiz stavkalari asosida, qayta moliyalashtirish stavkalaridan yuqori 
bo'lmagan holda berilishini ta'minlash; 
- fermer va dehqon xo'jaliklarini o'z mablag`lari bilan bank mablag`larini 
sherikchilik asosida mahsulot ishlab chiqarishga yo'naltirish hamda kreditlarning 
ustama foizlarini mahsulot bilan olish orqali fermer xo'jaliklarini kreditga bo'lgan 
talabini qondirish uchun qishloq joylarda kredit uyushmalarini tashkil etishni 
rag`batlantirish; 
- davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari 
uchun to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirilishini va ushbu mablag`lardan 
fermerlarni erkin foydalanishini ta'minlash asosida qishloq xo'jalik korxonalari va 
ularga xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlarni moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilashni 
rag‟batlantirish. Asosiy vositalarni tiklash, texnika va asbob-uskunalar xarid qilish, 
qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirishni kreditlar bilan ta'minlash yo'nalishi 
bo'yicha: 
- xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, fermer va dehqon xo'jaliklarini 
uzoq muddatga ijaraga va umrbod foydalanishga yer maydoniga bo'lgan ijara va 
egalik huquqini hamda mol-mulkini garovga qo'ygan holda uzoq muddatli maxsus 
kafolatlangan yillik foizlari pasaytirilgan (9-10 foiz) kreditlash mexanizmini joriy 
qilish zarur. Kafolatlangan kreditlar muddatlari - resurslar sotib olish uchun 8 yil, 
mashina-uskunalar, texnika sotib olish, ilg`or texnologiyalarni joriy qilish, asosiy 
vositalarni tiklash uchun 15 yil va ko'chmas mulk sotib olish yoki qurishga 30 yil 
qilib belgilanishi maqsadga muvofiq.
Yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash va irrigatsiya-melioratsiya 
tizimlarini ta'mirlash uchun kredit resurslari ajratish yo'nalishi bo'yicha,: 
- fermer va dehqon xo'jaliklari yerlarini meliorativ holatini yaxshilashga va 
irrigatsiya-melioratsiya tizimlarini ta'mirlashga uzoq muddatli (12-15 yil), 
imtiyozli (8-10%) kreditlar ajratishni ta'minlash lozim. Kreditni qaytarish 


54 
muddatlarini yangi o'zlashtirilgan yerlar uchun 5-yildan, meliorativ holati 
yaxshilangan va irrigatsiya-melioratsiya tizimlari ta'mirlangan yerlar uchun 3-
yildan boshlab belgilanishi maqsadga muvofiq;
31

yerlarning 
unumdorligini 
oshirishga 
yo'naltirilayotgan 
xorijiy 
investitsiyalar va uzoq muddatli kredit resurslarini fermer xo'jaliklariga to'g`ridan-
to'g`ri jalb etish tizimini samarali tashkil etish lozim.
Fermer xo'jaliklarni barqaror rivojlantirishga respublikamiz hukumati 
tomonidan alohida e`tibor berib kelindi va bir qator muhim qaror va farmonlar 
qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. 


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling