O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
–rasm. ХТТB va ХRА tomonidan аjratilgan mablag'larning sohalar
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni
11–rasm. ХТТB va ХRА tomonidan аjratilgan mablag'larning sohalar bo'yicha taqsimlanishi 30 2016 yil 1 yanvar holatiga XTTB va XRA tomonidan ajratilgan mablag‟larning 19 foizi yoki 7,9 mlrd. AQSh dollari dalat boshqaruvi ,qonunchilik va yurispuridensiya sohalarini rivojlantirishga yo‟naltirilgan.Bu esa sohalar ichida 30 www.worldbank.org – Jahon Bankining rasmiy ma‟lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi 48 eng yirigidir.Keyingi o‟rinda esa saomatlik va boshqa ijtimoiy xizmatlar sohasiga 16 foiz yoki 6,72 mlrd AQSh dollari,transport sohasiga 12 foiz yoki 5,04 mlrd. AQSh dollari ,Suv va sog‟lomlashtirish hamda energetika va konchilik sohalariga 11 foiz yoki 4,62 mlrd. AQSh dollari ajratilganligi bilanajralib turadi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 1966 yilda tashkil etilgan bo'lib, yirik mintaqaviy rivojlanish banklaridan biri hisoblanadi . OTBning maqsadi Osiyo qit'asidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy taraqqiyotda yordam berish, hududiy hamkorlikni rag'batlantirish, a'zo mamlakatlarga texnik yordam ko'rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat. OTB transport va kommunikatsiya, energetik loyihalar, qishloq xo'jaligi va tabiiy resurslar, moliya, ijtimoiy infratuzilma sohalarini moliyalashtiradi. OTB tarkibida Osiyo rivojlanish fondi va Maxsus texnik yordam fondi mavjud. OTB rivojlanayotgan mamlakatlarga: - oddiy fond hisobidan tijorat shartlari asosida 25 yil muddatga; - Osiyo rivojlanish fondi hisobidan imtiyozli 1-3% stavkalar bo'yicha kam rivojlangan mamlakatlarga 40 yilgacha bo'lgan muddatga kreditlar ajratadi. O'zbekiston OTBga 1995yilda a'zo bo'lgan hamda bankning mintaqaviy a'zolari ro'yxatida 15-o'rinni, yirik aktsiyadorlar ro'yxatida esa 22-o'rinni egallaydi. O'zbekiston bankning 23 834 ta aktsiyasiga (0,67%) va 37 066 ta ovozga (0,84%) ega. O'zbekiston Osiyo taraqqiyot bankining yirik mijozlaridan biri hisoblanib, qarz olish miqdori bo'yicha 14-o'rinda turadi. Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan O'zbekistonga hozirgi kunga qadar 40 dan ortiq loyihalarni moliyalashtirish maqsadida kreditlar va moliyaviy yordam yo'naltirilgan. Berilgan moliyaviy yordamlarning sezilarli qismi ijtimoiy sohalarni isloh etishni moliyalashtirishga yo'naltirilgan. OTB kredit liniyasi bo'yicha ajratiladigan kreditlar qaytmaslik xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez sotiladigan, ya'ni likvid ta'minot turlaridan birini taqdim etishi lozim. Kredit ta'minoti quyidagilar bo'lishi mumkin: - mol-mulk yoki qimmatli qog'ozlar garovi; - bank yoki sug'urta tashkilotining kafolati; - uchinchi shaxslarning kafilligi; 49 - qarz oluvchining kreditni qaytmaslik xatarini sug'urtalashi to'g'risida sug'urta kompaniyasining polisi. Ilovadagi jadvaldan ko'rishimiz mumkinki, XSRIK kredit liniyasi hisobidan kreditlar mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan qulay shartlar asosida, shuningdek, qarz oluvchining loyihani moliyalshtirishda majburiy ishtiroki bilan ajratiladi. Boshqa kredit liniyalaridan asosiy farq shundaki, YETTB kredit liniyasi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarda qarz oluvchilar nisbatan yuqori ulushda o'z mablag'i hisobidan ishtirok etishlari talab qilinadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling