O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
-rasm. ATB “Agrobank” tomonidan taklif etilayotgan moliyalashtirish
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni
13-rasm. ATB “Agrobank” tomonidan taklif etilayotgan moliyalashtirish tartibi 33 4. Kontraktatsiya shartnomalari belgilangan tartibda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining tumandagi bo'linmasida ro'yxatga olinadi. 5. Imzolangan kontraktatsiya shartnomasi belgilangan tartibda viloyat Adliya boshqarmasida ro'yxatga olinadi 6. Tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo'jalik korxonalari tomonidan har bir ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar bilan moddiy qimmatliklarni yetkazib berish va xizmat ko'rsatish bo'yicha belgilangan tartibda shartnomalar tuziladi 7. Tuman paxta tozalash korxonalari qishloq xo'jalik korxonalariga paxta xom-ashyosini yetishtirishga ajratilgan mablag'larini qaytarilishi yuzasidan sug'urta kompaniyasi bilan sug'urta shartnomasini tuzadi. 8. Monitoring markazi ishchi xodimlari buxgalteriya bo'limi va axborot texnologiyalar bo'yicha mas'ul xodimlardan iborat bo'ladi. Monitoring markazlarining faoliyati va ularning dasturiy ta'minot bilan ishlash mexanizmlari 33 www.agrobank.uz – ATB Agrobank rasmiy sayti. Bank metodologiyasi va treningi markazi “Davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan boshoqli don va paxta xom-ashyosini moliyalashtirishni monitoring markazi tomonidan amalga oshirish dasturini o'rganish bo'yicha” uslubiy qo`llanma. 60 1. Respublika monitoring markazining mas'ul xodimlari qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan paxta xom-ashyosi yetishtirish xarajatlarini har bir turini moliyalashtirish miqdorlari yuzasidan tavsiyalaridagi ma'lumotlarni dasturiy ta'minot bazasiga kiritadi. 2. Tuman monitoring markazi xodimlari tomonidan qishloq xo'jaligi korxonalarining faqat Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining tuman bo'limlari va Adliya boshqarmasidan ro'yxatdan o'tkazilgan kontraktatsiya shartnomasidagi ma'lumotlar (qishloq xo'jaligi korxonasining joylashgan hududi, nomi, yetishtiriladigan mahsulot hajmi va navi, ekiladigan yer maydoni, urug'lik qiymati) dasturiy ta'minot bazasiga kiritiladi. 3.Tuman markazi tomonidan kiritilgan ma'lumotlar onlayn (offlayn) tizimida Hududiy monitoring markazida o'z aksini topadi. Tuman monitoring markazi tomonidan kiritilgan ma'lumotlarga qayta o'zgartirish kiritish faqat viloyat markazi ruxsati bilan amalga oshiriladi. Qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan ajratilgan mablag'lardan foydalanish davrida kontraktatsiya shartnomalaridagi o'zgarishlar bo'yicha dasturga faqatgina viloyat hokimi o'rinbosarining asoslantirilgan rasmiy xati bilan o'zgartirish kiritish mumkin. 4. Hududiy monitoring markazi xatlovdan o'tkazgandan so'ng, qishloq xo'jalik korxonalari to'g'risidagi ma'lumotlar ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalardagi dasturiy ta'minot bazasida o'z aksini topadi. Ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar qishloq xo'jalik korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarni va tegishli ma'lumotlarni (shartnoma raqami va sanasi, yetkazib beriladigan mahsulotlar va xizmatlarning turlari) dasturiy ta'minotlar bazasiga kiritadi. Mazkur jarayonda ushbu tizimning navbatdagi nazorat vazifasi namoyon bo'ladi. Bunda ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar qishloq xo'jalik korxonalari bilan mahsulot yetkazib berish va xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnomalarni faqat agrotexkartalardagi hajmlarda tuzadilar. Dastur faqat agrotexkartalarda belgilangan hajmdagi ma'lumotlarni qabul qiladi. Shartnomalar hajmiga o'zboshimchalik bilan o'zgartirish kiritish ta'qiqlanadi. Amaldagi tizimga sharh: 61 1.Fermer xo'jaligi imtiyozli kredit olish uchun tijorat bankiga murojaat etadi, bunda kredit hujjatlarini rasmiylashtirish uchun kredit buyurtmasi, biznes- reja kredit ta'minoti, kontraktatsiya shartnomasi, sug'urta polisi taqdim etiladi. 2.Agrotexkarta bo'yicha har oyda ajratiladigan kredit uchun bankka to'lov topshiriqnomasi berib boriladi hamda kredit shartnomaga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritiladi. 3. Fermer xo'jaligi rahbari kredit mablag'larini olish uchun bank filialiga muntazam kelishi natijasida g'o'za parvarishidagi agrotexnik tadbirlarning o'z vaqtida o'tkazilmaslik xolati yuzaga keladi. 4. Fermer xo'jaliklarida 5 tadan (23210, 23220, 23222, 23204, 23218) ikkilamchi hisobvaraqlar mavjudligi; 5. Mablag'lar aylanishi va uning belgilangan maqsadlarda ishlatilishi juda ko'p vaqtni talab etadi, ko'p hollarda tartibda belgilangan muddatlardan o'tib ketadi hamda ishlatilmagan mablag'larni Jamg'armaga qaytarishga majbur bo'linadi; Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling