O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


-rasm.  Yangi tizimda ma`lumotlar almashinuvi


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/28
Sana29.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1072029
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni

15-rasm. 
Yangi tizimda ma`lumotlar almashinuvi
35
 
3. Moliyalashtirish yaratilgan dasturiy ta'minoti asosida amalga oshiriladi 
hamda parol` bilan himoyalangan smart kartalar va ularni o'qish uchun 
mo'ljallangan uskunalardan (rider) foydalaniladi. 
4.Agrotexkartalarda belgilangan me'yorlar mintaqalar va hosildorlikni 
inobatga olgan holda tayyorlanadi, bunda fermer xo'jaliklariga avans mablag'larini 
ajratilishi dasturiy ta'minot asosida boshqariladi. 
Qishloq xo'jaligi korxonalar tomonidan hisob-kitoblar tizimini tashkil 
qilinishining shartlari: 
35
 
www.agrobank.uz
 – ATB Agrobank rasmiy sayti. Bank metodologiyasi va treningi markazi 
“Davlat ehtiyoji uchun harid qilinadigan boshoqli don va paxta xom-ashyosini moliyalashtirishni 
monitoring markazi tomonidan amalga oshirish dasturini o'rganish bo'yicha” uslubiy qo`llanma. 



66 
1. Agrotexkartalarda belgilangan me'yorlar doirasida qishloq xo'jalik 
korxonalarining 23200 raqamiga kelib tushgan avans mablag'lar mustaqil ravishda 
tassaruf etiladi. Qishloq xo'jaligi korxonalarining paxta xom-ashyosini yetishtirish 
bilan bog'liq bo'lgan boshqa ehtiyojlari uchun ajratilayotgan mablag'lar oylik 
me'yorining 3 foiz miqdorida tayyorlov korxonalari tomonidan mablag'lar 
ajratiladi. 
16-rasm 
.
ATB “Agrobank” tomonidan moliyalashtirishda taklif etilayotgan 
yangi tizim
36
 
2. Tayyorlov korxonalari tomonidan topshirilgan paxta xom-ashyosi 
qiymatiga asosan qabul qilish dalolatnomalaridan kelib-chiqib yakuniy hisob-
kitoblar amalga oshiriladi. 
3. Ajratilgan yakuniy hisob - kitob mablag'laridan tayyorlov korxonalari 
tomonidan qishloq xo'jalik korxonalariga hosilni yetishtirish uchun agrotexnik 
tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflangan avans mablag'lari qoplanadi. 
4. Sarflangan avans mablag'lari to'liq qoplangandan so'ng qishloq xo'jalik 
korxonalariga topshirilgan hosil hisobidan mablag'lar ularning asosiy talab qilib 
olinguncha hisob raqamlariga o'tkazib beriladi.
37
36
 
www.agrobank.uz
 – ATB Agrobank rasmiy sayti. Bank metodologiyasi va treningi markazi 
“Davlat ehtiyoji uchun harid qilinadigan boshoqli don va paxta xom-ashyosini moliyalashtirishni 
monitoring markazi tomonidan amalga oshirish dasturini o'rganish bo'yicha” uslubiy qo`llanma. 
37
 
www.agrobank.uz
 – ATB Agrobank rasmiy sayti. Bank metodologiyasi va treningi markazi 
“Davlat ehtiyoji uchun harid qilinadigan boshoqli don va paxta xom-ashyosini moliyalashtirishni 
monitoring markazi tomonidan amalga oshirish dasturini o'rganish bo'yicha” uslubiy qo`llanma.


67 
5. Jamg'arma tomonidan qishloq xo'jaligi korxonalarini avanslash uchun 
paxta tozalash korxonalariga ajratilgan mablag'lar korxonalarning sotilgan paxta 
xom-ashyosini sotishdan tushgan mablag'lar hisobidan qaytariladi 
6. Dasturiy ta'minot bazasiga ma'lumotlarni to'g'ri kiritilishi, Jamg'arma 
tomonidan ajratilgan mablag'larning maqsadli ishlatilishi bo'yicha Jamg'armaning 
viloyatlardagi mintaqaviy inspektorlari hamda nazorat-taftish bosh boshqarmasi 
tomonidan nazorat qilib boriladi. 
7. Ajratilgan mablag'larni maqsadga muvofiq ishlatilishi, qishloq xo'jalik 
korxonalari tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar uchun, moddiy qimmatliklar 
uchun to'lovlarga, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun to'liq hisob - kitob qilishni 
o'z vaqtida amalga oshirish javobgarligi tizimda ishtirok etuvchi tayyorlov, 
ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar rahbarlariga yuklatiladi. 
Moliyalashtirishda taklif etilayotgan yangi tizimning tahlili: 
1. Fermer xo'jaliklari agrotexkarta bo'yicha zarur bo'lgan mahsulot va 
xizmatlardan ehtiyojdan kelib chiqib foydalanadi; 
2. Yetkazib berilgan mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lovlarning 
o'z vaqtida amalga oshirilishi natijasida debitor va kreditor qarzdorliklar 
kamaytiriladi; 
3. Ajratilgan mablag'larning maqsadli va qisqa muddatlarda o'zlashtirilishiga 
erishiladi hamda samaradorlik oshadi; 
4. Fermer xo'jaliklarining kredit rasmiylashtirish, buyurtma berish, to'lov 
topshiriqnomalari va taqqoslash dalolatnomalarini rasmiylashtirish kabi ortiqcha 
harakatlari bartaraf qilinadi; 
5. Agrotexnik tadbirlarni moliyalashtirish jarayoniga inson omilining 
aralashuvlari keskin kamayadi; 
6. Tayyorlov korxonalari agrotexnik tadbirlarda ishtirok etadi. Fermer 
xo'jaliklari tomonidan olinadigan mahsulot va ko'rsatiladigan xizmatlarni maqsadli 
yo'naltirish bo'yicha amalda mavjud bo'lgan 500/1000 boshilar tizimidan samarali 
foydalaniladiadi; 
Salbiy jihatlari : 


68 
1. Jamg'arma tomonidan ajratilgan bo'nak mablag'lari bo'yicha o'rnatilgan 
foiz (marja) to'lovlarining bevosita tayyorlov korxonalaridan undirilishi; 
2. Smart kartalar va kartalarni o'qish qurilmalarini sotib olish hamda yagona 
elektron tizim uchun maxsus dastur ishlab chiqish xarajatlari vujudga kelishi; 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling