O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


-rasm. Respublikamizda moliyalashtirishning amaldagi tizimi


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/28
Sana29.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1072029
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni

 
14-rasm. Respublikamizda moliyalashtirishning amaldagi tizimi
34
 
34
 
www.agrobank.uz
 – ATB Agrobank rasmiy sayti. Bank metodologiyasi va treningi markazi 
“Davlat ehtiyoji uchun harid qilinadigan boshoqli don va paxta xom-ashyosini moliyalashtirishni 
monitoring markazi tomonidan amalga oshirish dasturini o'rganish bo'yicha” uslubiy qo`llanma. 


62 
Izoh: Fermer xo'jaligiga xizmat “yagona oyna” tizimi orqali barcha 
xizmatlar Monitoring markazida ko‟rsatiladi.
6. Dasturiy ta'minot bazasiga kiritilgan barcha ma'lumotlar hududiy 
monitoring markazlari va respublika monitoring markazida onlayn (oflayn) tarzida 
o'z aksini topadi. Qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan hosilni yetishtirish 
uchun sarflanayotgan avans mablag'larining ishlatilishi, me'yorlarga amal qilinishi, 
mahsulotlar hajmlari va ularning narxlari bo'yicha nazorat dasturiy ta'minotasosida 
olib boriladi hamda ma'lumotlar jamlanadi. 
7. Monitoring markazlari xodimlarining zimmasiga dasturiy ta'minot 
bazasiga kiritilgan kontraktatsiya shartnomalarining haqqoniyligi hamda 
Jamg'arma tomonidan ajratilgan mablag'larni o'z vaqtida maqsadli yo'naltirish 
javobgarligi yuklatiladi. Shuningdek, ushbu monitoring markazi xodimlari qishloq 
xo'jaligi korxonalari va ta'minotchi korxonalar o'rtasidagi barcha hisob-kitoblar 
nazoratini yuritib boradi. 
8. Tayyorlovchi, ta'minotchi, xizmat ko'rsatuvchi va qishloq xo'jalik 
korxonalari o'rtasida ma'lumotlarni almashinuvchi, mahsulot va xizmatlar 
ko'rsatilishi 
dasturiy 
ta'minot 
asosida 
amalga 
oshirilishi 
O'zbekiston 
Respublikasining “Elektron raqamli imzo to'g'risida”gi Qonunini, O'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida"
2002 yil 30 
maydagi PF-3080-sonli Farmoni asosida muvofiqlashtiriladi. 
Bunda tayyorlov korxonasi avans mablag'lar hisobidan to'lovni amalga 
oshirish uchun olingan mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yichataqdim etilgan 
reestrlar to'lov hamda buxgalteriya o'tkazmalari uchun olingan mahsulot 
to'g'risidagi ma'lumot (chek) asos hisoblanadi. Moliyalashtirish uchun avans 
mablag'larini ajratish tartibi va yo'nalishlari:
1. Qishloq xo'jalik korxonalari tomonidan paxta xom-ashyosini yetishtirish 
bilan bog'liq agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag' 
miqdori tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 


63 
Tayyorlov korxonalari tomonidan paxta xom-ashyosini yetishtirish xarajatlariga 
75% gacha avans tariqasida mablag'lar ajratiladi. 
2. Jamg'arma tomonidan ajratilgan mablag'lar quyidagi hisob raqamlar 
orqali hisob-kitob qilinadi: 
- 23220 hisob raqamida juft yillar; 
- 23210 hisob raqamida toq yillar;
3. “O'zpaxtasanoat” AJda tashkil etilgan respublika Monitoring markazi 
hududiy Monitoring markazlari tomonidan dasturiy ta'minotga kiritilgan 
ma'lumotlar asosida har oyning 25-sanasiga kelgusi oy uchun buyurtmani 
shakllantiradi va shu kunning o'zida Jamg'armaga avans mabalag'larini olish uchun 
hududiy filiallar kesimida buyurtma taqdim etiladi. Jamg'arma olingan buyurtmaga 
muvofiq, joriy oy me'yorlari uchun har oyning 5-sanasidan kechiktirmagan holda 
avans mablag'larini “Agrobank”ATBning 29801 sonli hisob raqamiga o'tkazadi, 
“Agrobank” ATB shu kunning o'zida ushbu mablag'larni buyurtmada kursatilgan 
“O'zpaxtasanoat” AJ hududiy filiallarining bankdagi 23200 – (Moliya vazirligi 
fondidan ajratilgan maqsadli mablag'lar) hisob raqamiga o'tkazib beradi. 
4. “O'zpaxtasanoat” AJ hududiy filiallari Jamg'armadan olingan avans 
mablag'larini shu kunning o'zida shakllantirilgan reestr asosida tuman paxta 
tozalash korxonalarining bankdagi 23200 - (Moliya vazirligi fondidan ajratilgan 
maqsadli mablag'lar) hisob raqamiga dasturiy ta'minot bazasidagi ma'lumotga 
asosan o'tkazib beradi. 
5.Tuman paxta tozalash korxonalari 23200-hisob raqamiga kelib tushgan 
mablag'lar ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar tomonidan dastur asosida 
qishloq xo'jalik korxonalariga mahsulot va xizmatlar ko'rsatilganligi kiritilgandan 
so'ng, mablag' bevosita ularning hisob raqamiga o'tkaziladi. Qishloq xo'jalik 
korxonasi rahbari agrotexkartada belgilangan mahsulot va xizmatdan foydalanish 
uchun o'zining smart kartasi bilan ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonaga 
murojaat qiladi.
6. Qishloq xo'jaligi korxonasi rahbari o'z smart kartasini ta'minotchi va 
xizmat ko'rsatuvchi korxonadagi mavjud dasturiy ta'minotga bog'langan riderga 


64 
yaqinlashtirganda o'ziga tegishli bo'lgan ma'lumotlardan foydalanish uchun 
yacheykasi ochiladi. Ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchining mas'ul xodimi qishloq 
xo'jalik korxonasiga berilgan mahsulotlari yoki kursatilgan xizmatlarni dasturga 
kiritadi, ushbu ma'lumotlarni dasturning bazasida saqlanishi faqat smart karta 
paroli yordamida amalga oshiriladi. Bunda qishloq xo'jalik korxonasi to'g'risidagi 
ma'lumotlarga uning ishtirokisiz o'zgartirish kiritish dasturiy yo'l bilan cheklanadi. 
7. Ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar tomonidan qishloq xo'jalik 
korxonalariga berilgan mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlar har kuni soat 18:00 
gacha kiritilib shu kunning o'zida ma'lumotlar almashinuvi jarayoni amalga 
oshiriladi (sinxronizatsiya).
8. Ma'lumotlar almashinuvidan so'ng dasturiy ta'minotga kiritilgan 
ma'lumotlar keyingi kun hisobiga o'tkaziladi. Sinxronizatsiya natijasida kun 
davomida berilgan mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlar qiymati bo'yicha 
tayyorlovchi, ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar o'rtasida o'zaro 
debitorlik va kreditorlik qarzdorlik dasturiy ta'minotda vujudga keladi. 
9. Tayyorlov korxonasi sinxronizatsiya natijasida vujudga kelgan o'zaro 
debitor va kreditor qarzdorliklarni elektron reestrni shakllantiradi. Shakllantirilgan 
reestrda tayyorlovchi korxonaning har bir ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi 
korxona oldidagi qarzdorligi aks ettiriladi. 
Smart karta yordamida avans mablag'lari faqat quyidagi maqsadlar uchun 
yo'naltiriladi: 
- mineral o'g'it va o'simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish 
vositalarini xarid qilish uchun; 
- yoqilg'i-moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun; 
- “O'zagromashservis” uyushmasi tarkibidagi MTPlar, “Agrotexservis MTP” 
MCHJlar xizmatlari uchun to'lovlarga; 
- “O'zqishloqxo'jalikmashlizing” ALK va uning tizimidagi lizing 
kompaniyalari tomonidan berilgan texnika vositalarining lizing to'lovlariga; 
- SIUlar (suv iste'molchilari uyushmalari) xizmatlari uchun to'lovlarga; 
- tarqatilgan urug'lik maxsulotlarini xarajatlariga;


65 
- yagona yer solig'i to'lovlariga; 
- elektr energiyasi to'lovlariga; 
1. Moliya Vazirligi huzuridagi Jamg'arma tomonidan har yilgi hosil uchun 
«Agrobank» ATB, «O'zdonmahsulot» AK va «O'zpaxtasanoat» AJ bilan 
imzolangan Bosh kelishuvga asosan mablag' ajratiladi. 
2. Bosh kelishuvga asosan paxta xom ashyosi va boshoqli don hosilini 
yetishtirish xarajatlariga avans mablag'lari ajratiladi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling