O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/28
Sana29.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1072029
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni

2.3

Chet el kredit liniyalari hisobidan qishloq xo‟jaligini kreditlashning tahlili 
Bizga ma‟lumki, rivojlanayotgan mamlakatlar o‟zidagi mavjud kichik biznes 
va qishloq xo‟jaligi korxonalarini kreditlashni rivojlantirish va ularning moliyaviy 
holatini yanada mustahkamlash uchun imtiyozli foizlardagi chet el kredit liniyalari 
tomonidan ajratilgan kreditlarni jalb qilishga alohida e‟tibor qaratadi. 
Xalqaro moliya tashkilotlari kredit liniyalari hisobidan kreditlash amaliyoti 
xalqaro tashkilot va mamlakat hukumati o'rtasida imzolanadigan hamkorlik bitimi 
va bu bitim asosida chiqariladigan hukumat qarorlari asoslangan holda amalga 
oshiriladi. So'ng kreditlash jarayoni bank va uning filiallarida davom etadi. 
Kreditlash shartlari xalqaro tashkilot talablari doirasida belgilanadi va kreditlar 
monitoringi bo'yicha hisobot muntazam ravishda xalqaro moliya institutining 
O'zbekistondagi vakolatxonasiga va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
hamda uning hududiy bo'limlariga taqdim etib boriladi. Iqtisodiyotga xalqaro 
kredit liniyalarini yo'naltirish yuqorida aytib o'tilganidek hukumat qarori doirasida 
amalga oshiriladi. Bunday amaliyot O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tish 
islohotlarini bosqichma-bosqich amalga oshira boshlagan davrdanoq yo'lga 
qo'yilgan. Hozirgi kunda mamlakatimiz tijorat banklari orqali quyidagi xalqaro 
moliya 
tashkilotlarining 
kredit 
liniyalaridan 
kreditlash 
maqsadlarida 
foydalanilmoqda: 
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyasi
- Osiyo taraqqiyot bankining “Kichik biznes va mikromoliyalashni 
rivojlantirish” loyihasi; 
- Jahon Bankining “Qoraqalpog'istonda pillachilikni rivojlantirish” kredit 
liniyasi; 
- Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining “Qishloq xo'jaligi korxonalarini 
qo'llab-quvvatlash loyihasi” II bosqichi kredit liniyasi
- Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi kredit liniyasi; 
- Landesbank Berlin (Germaniya) kredit liniyasi; 


45 
- Xitoy taraqqiyot banki kredit liniyasi; 
- Germaniya taraqqiyot banki (KFW) kredit liniyasi; 
O'zbekiston Jahon bankiga a'zo bo'lgan davrdan boshlab Jahon banki 
mamlakatimiz bilan rivojlanish va bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lida hamkorlik 
qilib kelmoqda.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling