O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni
2-bob bo`yicha xulosa
Ikkinchi bob yakuni bo`yicha xulosa qiladigan bo`lsak, qishloq xo`jaligini kreditlashda bugungi kunda Tijorat banklarining imtiyozli hamda tijorat kreditlari asosiy kreditlash turi bo`lib turibdi. Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan paxta hamda boshoqli don mahsulotlarini imtiyozli kreditlashda asosan Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan paxta hamda g`alla hosilini imtiyozli kreditlash jamg`armasi” tomonidan moliyalashtirilmoqda. Bunda bevosita ATB “Agrobank” mablag`larni yo`naltiruvchi bo`lib ishtirok etadi hamda monitoringni amalga oshiradi. Qishloq xo'jaligi korxonalarini kreditlash bank marjasini hisobga olgan holda, imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi. Bu kreditlar bo'yicha imtiyozli foiz stavkasi yillik 3 foiz miqdorida belgilanib, uning 2 foizi bank marjasini tashkil etadi. Dehqon va fermer xo`jaliklariga kredit, kredit berish tamoyillariga asosan beriladi. To`lovga qobil bo`lmagan qishloq xo`jaligi korxonalariga imtiyozli kreditlar berilmaydi. Qishloq xo`jaligi korxonalari tomonidan har yili o`rtacha 8.500.000 tonna miqdoridagi boshoqli don hamda 3.000.000 tonnaga yaqin paxta hom-ashyosi yetishtirilmoqda. Yetishtirilgan mahsulotlar tayyorlov korxonalarida qayta tayyorlanib, bir mahsulotdan bir necha xil miqdordagi sifatli mahsulotlar olishmoqda hamda asosiy qismini eksportga yo`naltirmoqda. Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan qishloq xo`jaligi korxonalariga berilayotgan keng imtiyozlar ushbu sohani rivojlantirishga ulkan hissa qo`shmoqda. 50 Jahon bankining O'zbekiston Respublikasidagi asosiy faoliyati mamlakat aholisining turmush darajasini oshirishga ko'maklashish hisoblanadi. Bank davlatning ijtimoiy xizmatlari samaradorligini oshirish va infratuzilmasini modernizatsiya qilish maqsadida moliyaviy resurslar va tavsiyalar taqdim etadi. Jahon bankining kredit berish dasturi asosan sog'liqni saqlash xizmatlari sifatini yaxshilash, maktab ta'limini rivojlanishi, sug'orish infratuzilmasini qayta tiklash, xususiy fermer xo'jaliklarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tashabbbusi bilan ishlab chiqilgan 2017- 2021-yillarga mo'ljallangan “Harakatlar Strategiyasi”da qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo'yicha qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.Ushbu qilinishi kerak bo‟lgan chora-tadbirlar natijasida qishloq xo‟jaligining barcha tarmoqlarida yangilanishlar va buning hisobiga mamlakatimiz eksport salohiyatining bir necha baravarga oshishini prognoz qilishimiz mumkin.Shu bilan birga qishloq xo‟jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda rivojlangan mamlakatlarning muqobil tajribasidan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo‟ladi deb o‟ylaymiz ATB “Agrobank” xorijiy moliya muassasalarining kredit liniyalari orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga o‟z hissasini qo‟shmoqda. Qishloq xo`jaligi korxonalari jalb qilishi mumkin bo`lgan asosiy manba bank mablag`lari hisoblanadi. Ular banklardan uzoq va qisqa muddatli kreditlash, shu jumladan, lizing va faktoring operatsiyalari orqali mablag`larni jalb qila oladi. Kichik biznesning xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirilgan istiqbolli loyihalari sirasiga keramik panjaralar,gilam mahsulotlari,sut mahsulotlari,tez tayyorlanuvchi makaron mahsulotlari,pishiq g‟isht ishlab chiqarish,tosh maydalash majmuini ishga tushirish loyihalarini kiritish mumkin. Bankning bevosita qo‟llab- quvvatlashi asosida kichik biznes vakillari investitsiyaloyihalarini amalga oshirish natijasida respublika korxonalari zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlandi,yangi ish o‟rinlari yaratildi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling